Yevrosiyo kun tartibi - 14 (2024)

Dasturimizning bugungi sonida Turk Respublikalarining xalqaro tashkilotlarining oxirgi oylardagi faoliyatlari haqida so‘z qilamiz.

2124761
Yevrosiyo kun tartibi - 14 (2024)

2023 - yili Turk dunyosi kuchining o‘sishi va Turk Respublikalarining integratsiyasi uchun muhim oʻzgarishlar yuz berdi. Bu jarayon 2024 - yilning birinchi uch oyida ham davom etdi. Shunday ekan keling, Turk Davlatlari Tashkiloti va TurkPAning oxirgi ikki oydagi muhim faoliyatlariga nazar tashlaylik.

Joriy 2024 - yilning 15 – 23 fevrali kunlari Turk Davlatlari Tashkiloti Bosh kotibi Kubanichbek O‘muraliev Amerika Qo‘shma Shtatlarida bo‘lib qaytdi. Unda, Birlashgan Millatlar Tashkiloti va Amerika Qo‘shma Shtatlari hukumatining oliy darajali vakillari bilan uchrashuvlar o‘tkazgan Bosh kotib O‘muraliyev, Amerika Qo‘shma Shtatlaridagi yetakchi tahlil markazlari rahbarlari bilan ham uchrashdi.

Yana xuddi shu yilning 22 – fevrali kuni TurkPA Bosh kotibi Mehmet Sureyya Er boshchiligidagi TurkPA hay’ati, Boku shahrida uyushtirilgan Osiyo Parlament Assambleyasining 14 – yalpi majlisida ishtirok etdi. Unda dunyoning 40 davlatidan parlament hay’atlari ishtirok etdilar. Osiyo Parlamentlar Assambleyasining navbatdagi raisligi Turkiyadan Ozarbayjonga topshirildi. Osiyo Parlament Assambleyasining yalpi majlisida ishtirok etish uchun Bokuga borgan Turkiya Buyuk Millat Majlisi raisi Numan Kurtulmush, TurkPA Bosh kotibligiga uchradi.

Antaliya Diplomatik Forumi doirasida 2024 - yilning 1 - marti kuni Turk dunyosida institutsionalizatsiya: 21 - asrda Turk Davlatlari Tashkiloti mavzusida panel sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda, xalqaro turk tashkilotlari rahbarlari bilan Turk Respublikalarining Tashqi Ishlar vazirlari ishtirok etdi. Panelda Turk dunyosining kelajagi muhokama qilindi.

2024 - yilning 6 - marti kuni Istanbul shahrida Turk Davlatlari Tashkilotiga aʼzo va kuzatuvchi davlatlarning milliy transport uyushmalari rahbarlarining birinchi yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Yig‘ilish yakunida Turk Davlatlari Tashkiloti Milliy transport uyushmalari ittifoqi tuzildi.

Turk Davlatlari Tashkiloti Musulmon Diniy idoralar rahbarlari kengashi Fatvo koordinatsiyasi guruhi birinchi marotaba Ramazon oyining boshlanish kunini 2024 - yilning 11 - mart kuni deb belgiladi.

Turk Davlatlari Tashkiloti Oqsoqollar kengashining 15 - yig‘ilishi, 2024 - yilning 11- 12 mart kunlari Ashxobod shahrida uyushtirildi. Oq soqollar kengashining 16 - yig‘ilishi Budapeshtda bo‘lib o‘tadi.

***

2024 - yilning 20 - marti kuni Qozogʻistonning Taraz shahrida Turk Davlatlari Tashkiloti tarkibidagi davlatlarning qishloq xoʻjaligi tarmog‘idan masʼul vazirlarning uchinchi yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Ushbu yig‘ilish doirasida Turk Davlatlari Tashkilotining 3 - Turk qishloq xo‘jaligi biznes forumi ham oʻtkazildi. Qishloq xoʻjaligi vazirlari qarori bilan Taraz shahri 2024 - yil sentabr oyidan boshlab Turk Davlatlari Tashkilotining Qishloq xoʻjaligi poytaxti deb eʼlon qilindi.

TurkPA Bosh kotibi Mehmet Sureyya Er, 2024 - yilning 23 – 27 marti kunlari Jenevada boʻlib oʻtgan 148 - Parlamentlararo ittifoq assambleyasida ishtirok etdi. Unda, Ozarbayjon bilan Qozog‘iston parlament raislari ham qatnashdilar.

Voqealardan koʻrinib turganidek, Turk Davlatlari Tashkiloti xalqaro turk tashkilotlarining yuqori soyaboni sifatida muhim ishlarga yetakchilik qilmoqda. Turk Davlatlari Tashkilotining Birlashgan Millatlar Tashkilotiga kuzatuvchi maqomida boʻlishi masalasi kun tartibida. TurkPA Turk Respublikalari oʻrtasida mustahkam hamkorlik infratuzilmasini ta’minlashga intilmoqda.

 



Aloqador xabarlar