Turk davlatlari oʻrtasida integratsiya jarayoni davom etadi

Yevrosiyo kun tartibi - 6 (2024)

2099777
Turk davlatlari oʻrtasida integratsiya jarayoni davom etadi

Joriy yilning 19 - yanvari kuni Istanbul shahrida Turk hamkorlik tashkilotlari muvofiqlashtirish qo‘mitasining toʻrtinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Turkiy Davlatlar Tashkiloti Bosh kotibi Kubanichbek Oʻmuraliyev raisligida o‘tkazilgan mazkur yig‘ilishda TurkPa va TURKSOY Bosh kotiblari, Xalqaro Turk akademiyasi va Xalqaro Turk madaniyati va merosi jamg‘armasi rahbarlari ishtirok etdi. Yig‘ilishda 2024 - yili amalga oshiriluvchi ishlar, Turkiy davlatlarining prezidentlari tomonidan qabul qilingan qaror va berilgan koʻrsatmalarning yoʻlga qoʻyilishi kabi mavzular muhokama qilindi. Turkiy davlatlarning xalqaro tashkilotlari o‘z faoliyatini yanada muvofiqlashtirishni davom etadi.

Turkiy davlatlari oʻrtasida 2023 - yili jadal tus olgan birgalikda faoliyat yuritish jarayoni uzluksiz davom etmoqda. Masalan, 2024 - yilning 18 - yanvari kuni Bokuda Turk dunyosi kinorejisserlari yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda Ozarbayjon, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, O‘zbekiston va Turkiya nomidan kinorejisserlar ishtirok etdi. Yig‘ilishda Nasriddin Xo‘ja qo‘shma film loyihasining tafsilotlari muhokama qilindi.

Turk davlatlarining kasbiy uyushmalarini tashkil etish ishlari ham davom etmoqda. 2024 - yilning 23 - yanvari kuni Istanbulda Turkiy Davlatlari Raqobat boshqarmasining ta’sis marosimi uyushtirildi. Buning ortidan Turk Davlatlari Raqobat boshqarmasining birinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Turk Davlatlari raqobat boshqarmasining navbatdagi yig‘ilishi Ozarbayjonda bo‘lib o‘tadi.

2024 - yilning 1 - fevrali kuni Turk dunyosi vositachilar uyushmasi rahbari Yakup Erikel Ozarbayjonda bo‘lib qaytdi. Erikel, Ozarbayjon vositachilar kengashi rahbari Nadir Adilov va Ozarbayjon Sud akademiyasi rahbari Shahin Aliyev bilan uchrashdi. Turk dunyosi vositachilar uyushmasi rahbari Erikel, kelasi oylarda boshqa Turkiy davlatlariga tashrif uyushtirib, unda, vakolatli shaxslar bilan uchrashishni rejalashtirmoqda. Avgust oyida O‘zbekistonda Turk dunyosi vositachilar uyushmasining birinchi qurultoyi bo‘lib o‘tishi ma’lum qilindi.

2024 - yilning 1 - fevrali kuni Turkiy Davlatlar Tashkilotiga aʼzo va kuzatuvchi davlatlar temir yoʻl maʼmuriyatlari vakillari birinchi marotaba onlayn tarzda uchrashuv oʻtkazdilar. Yig‘ilishning yakuniy maqsadi Turk Davlatlari Temir yo‘l ma’muriyatlari kengashini tashkil etishdir.

***

Yanvar oyida Shimoliy Kipr Turk Respublikasi Prezidenti Turkiyaga, Qozog‘iston Savdo va integratsiya vaziri O‘zbekistonga, Turkiya Tashqi Ishlar vaziri Qirg‘izistonga, Turkiya vitse - prezidenti Shimoliy Kipr Turk Respublikasiga, Turkiya Milliy Mudofaa vaziri o‘rinbosari Ozarbayjonga, Turkiya Ta’lim vaziri Ozarbayjonga tashrif uyushtirdilar. Bundan tashqari Qirg‘iziston va O‘zbekiston Ichki Ishlar vazirlari Qozog‘istonga, O‘zbekiston Majlis raisi o‘rinbosari Ozarbayjonga, Turkiya Energetika va tabiiy manbalar vaziri Ozarbayjonga, Qozog‘iston Tashqi Ishlar vaziri Qirg‘izistonga, Qirg‘iziston va O‘zbekiston Bosh vazirlari Qozog‘istonga tashrif uyushtirdi. Tashriflarga nazar tashlaydigan bo‘lsak, o‘tgan yanvar oyida Turkiya va Ozarbayjon o‘rtasidagi tashriflarning qizg‘in kechganini aytish mumkin.

Turkiy Davlatlar Tashkilotiga a’zo davlatlar o‘rtasidagi integratsiya tashabbuslari o‘z samarasini bera boshladi. Tashkilotga a’zo davlatlar o‘rtasidagi savdo aylanmasi 2022 - yili 33 milliard dollarni tashkil etsa, bu ko‘rsatkich 2023 - yili 42 milliard dollarga yetdi. Turkiya sarmoya fondining faol faoliyat yurita boshlashi bu raqamning bir necha barobar ortishiga yo‘l ochadi.

 



Aloqador xabarlar