Turk dunyosiga bag‘ishlangan umr - 5

Dasturining bugungi sonida O‘rta asr turk davlatlarida til va adabiyotdan foydalanish, muhim shaxslar va ularning asarlari haqida so‘z qilamiz.

2095881
Turk dunyosiga bag‘ishlangan umr - 5

Shu paytgacha olib borilgan izlanishlar natijasida turkiy tili eski, o‘rta va yangi deya uch davrda qo‘lga olindi. O‘rta asr deb ataluvchi davr, boshqacha qilib aytganda Qoraxoniylar davridagi turk tili X - XV asrlarga to‘g‘ri keladi. Tarixiy nuqtai nazardan qaralganida, o‘rta asr davrining eng muhim jihati turklarning islom dinini davlat dini sifatida rasmiy ravishda qabul qilishidir. X asrda islom dini paydo boʻlar ekan undan 300 - 350 yil oʻtib u Suriya, Misr, Shimoliy Afrika, Ispaniya, Mesopotamiya, Eron, qisman Ozarbayjon va G‘arbiy Turkistonda keng tus oldi. Natijada 300 yil ichida islom dini tamoyillariga asoslangan yangi sivilizatsiya vujudga keldi. Bu sivilizatsiyani birinchi bo‘lib qabul qilgan musulmon turk davlati Dunay Bulg‘or davlati edi. Ammo, Dunay bulg‘orlarining islom dinini qabul qilishi turklar ustida unchalik ham ahamiyat kasb etmadi. Oʻsha davrdagi turk dunyosining markaziy davlati qoraxoniylar davlati edi. Tarixiy maʼlumotlarga koʻra X asr oʻrtalarida qoraxoniylar hukmdori Satuq Bugʻroxon musulmon boʻldi. Bu Turk dunyosi uchun katta inqilob edi desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Satuq Bugʻraxon xalqining yirik qismi bu yangi dinni qabul qildilar. X asr oʻrtalarida Sayhun qirgʻogʻida yashovchi yuz minglab oʻgʻuzlar ham islom dinini qabul qildilar. Eng koʻp aholi soniga ega boʻlgan turk qabilalaridan oʻgʻuzlarning yirik qismi, qoraxoniylar tarkibidagi qorluq, yagʻmo, chigʻil, toʻxsi qabilalari, shimoli - gʻarbiy qismida Dunay bulgʻorlari islomni qabul qilgandilar. Tarim havzasidagi uyg‘urlar, Irtish sohilidagi kimaklar, Yenisey sohilidagi qirg‘izlar hali hanuz musulmon bo‘lmagan edi. Uyg‘urlar burxonchi va manixey edilar, boshqalari esa eski turk dinini davom ettirdilar.

Din bilan birga buyuk tamaddunni qabul qilgan Turk dunyosining yozma tili asosan arabcha va forscha edi. Ilmiy asarlarda arab tili, adabiy asarlarda esa fors tili ustunlik qilayotgan edi. Davlat ishlarida esa arab va fors tillaridan foydalanish mumkin edi. Darhaqiqat, o‘sha davrning buyuk shoir va allomalari o‘z asarlarining ko‘pchiligini arab va fors tillarida qalamga olganlar. Qolaversa, qoraxoniylar davriga oid turk tilida qalamga olingan va bugungi kungacha yetib kelgan noyob asarlar ham bor. Ular islomiy davr turk adabiyotining eng buyuk namunalaridan biri sifatida tanilgan va Yusuf Xos Hojib tomonidan XI asrda qalamga olingan «Qutadgu bilig» yoki «Baxtga eltuvchi, qut beruvchi bilim» asari; Turk tilida qalamga olingan ilk lug‘at sifatida qabul qilingan Mahmud Qoshg‘ariyning «Devonu lug‘otit turk» yoki «Turkiy so‘zlar devoni»; ilk Qur’on tarjimalari; nasihat va axloq kitobi bo‘lgan Adib Ahmad Yugnakiyning «Haqiqatlar eshigi» degan ma’noni anglatuvchi «Hibat - ul haqoyiq» asari; Xo‘ja Ahmat Yassaviy va shogirdlari qalamga olgan «Devoni Hikmat» asaridir. Asarlardan ham ko‘rinib turganidek, arab va fors tillarining ta’siri yaqqol ko‘rinib turipdi. Mahmud Qashqariy o‘zining lug‘atini arablarga turk tilini o‘rgatish maqsadida yozganligini ta’kidlaydi.

Yusuf Xos Hojibning «Qutadgu bilig» asari turk tilining XI asrda ilmiy til sifatida qoʻllanilganidan dalolat beruvchi eng musim namunalardan biridir. Adib Ahmadning «Hibat - ul haqoyiq» asari o‘z maqsadiga muvofiq butunlay nasihat uslubida yozilgan. Ahmad Yassaviyning eng muhim jihati, oʻzi asos solgan Yassaviy tariqati, ko‘rsatgan yoʻl - yoʻriqlari va yozgan sheʼrlari orqali koʻchmanchi turk xalqiga islom dinini sodda tilda tushuntirib bergani edi. Turklarning islom dinini sodda tarzda idrok etishlarida va amal qilishlarida Ahmad Yassaviy va shogirdlari juda muhim rol o‘ynagan. XI asrda Yarkandda uyg‘ur va arab harflarida qalamga olingan sud hujjatlari, adabiyotga emas, til va huquq tarixiga bag‘ishlangan. Oʻsha asrdagi Qurʼon tarjimalariga kelsak, biri Istanbuldagi Turk islom sanʼati muzeyida, ikkinchisi esa Londonda, uchinchisi esa Sankt – Peterburgdagi turk tili va din tarixi fanlari qatoriga kiritilgan. Ular til tadqiqotida morfologiya, leksikologiya va semantika nuqtai nazaridan muhim va boy materiallardir.

XI – XII asrlarda qalamga olingan bu asarlarning barchasi hisobga olinganida, islom dinini qabul qilgan turklarning turk tilidagi ilk din, huquq, siyosatshunoslik, sotsiologiya, lug‘at, grammatika va adabiyot matnlarining qoraxoniylar davrida qalamga olinganiga guvoh bo‘lamiz. O‘rta asr davrida turk tilidagi asarlari bilan turk tiliga xizmat qilgan va yuqorida nomlari tilga olingan va biz boxabar bo‘lgan ko‘plab allomalar tufayli turk tili bugungi kundagi qudratiga erishishga muvaffaq bo‘ldi.

***

«Turk dunyosiga bag‘ishlangan umr» dasturining bugungi sonida O‘rta asr turk davlatlarida til va adabiyotdan foydalanish, muhim shaxslar va ularning asarlari haqida so‘z qildik. Ushbu dasturni Turkiya ovozi radiosi uchun Nazgul Qadirova tayyorladi.

 



Aloqador xabarlar