Energiya kun tartibi – 04

Bugungi dasturimizda Turkiyaning tabiiy gaz markazi bo'lish yo'lidagi qadamlari haqida gaplashamiz.

2091647
Energiya kun tartibi – 04

 

Energiyada markaziy davlat – Turkiya

Energiya sohasida markaziy davlatga aylanish yo’lida shaxdam qadam tashlayotgan Turkiya, xalqaro tabiiy gaz quvur tarmoq loyihalari orqali Rossiya, Ozarbayjon va Erondan tabiiy gaz yetkazib bermoqda.

Turkiya xalqaro tabiiy gaz loyihalari bilan mintaqadagi energiya ta’minoti xavfsizligiga hissa qo’shgan holda, tabiiy gaz savdosi amalga oshiriladigan va narxi belgilanadigan markaz bo’lish uchun sa’y-harakatlarini davom ettirmoqda.

Rossiyaning o'z tabiiy gazini tashqi bozorlarga eksport qilish uchun Turkiyada gaz markazi tashkil etish haqidagi taklifi ortidan, bu ishlar bo’yicha yo'l xaritasi uchun tayyorgarliklar davom etmoqda.

Turkiya, Trakya mintaqasida qurilishi rejalashtirilgan tabiiy gaz markazi bilan Yevropaning eng katta gaz yetkazib beruvchisi va ishlab chiqaruvchi mamlakatlarning energiya eksportini oshirish markazi bo'lishga tayyorlanmoqda.

Frakiyada bunga maxsus joy ajratish ishlari yakunlanar ekan, maqsad bu yil ichida markazni tashkil etishdir.

Delegatsiyalar doimiy ravishda Moskva-Anqara yo'nalishi bo'yicha kelib-ketayotgan bir paytda, loyihani yakunlash bo'yicha ishlar jadallik bilan olib borilmoqda.

Turkiya hozirda jami 7 ta xalqaro tabiiy gaz quvur liniyasi, 4 ta suyultirilgan tabiiy gaz (LNG) inshooti, ​​2 tasi suzuvchi saqlash va gazlashtirish qurilmasi va 2 ta yer osti tabiiy gaz ombori bilan kuchli infratuzilmaga ega.

Xalqaro loyihalardan biri bo'lgan “Turk oqimi” Rossiyaning Anapa shahridan Qirklarelining Kiyiko'y hududigacha cho'zilgan har biri 930 kilometr uzunlikdagi ikkita liviyadan iborat. Liniyalardan biri Turkiyaning milliy tarmog'iga ulansa, ikkinchisi Turkiyadan tranzit gazning Yevropaga o'tkazilishini ta'minlaydi. Har bir liniya yiliga 15,75 milliard kub metr gazni tashish quvvatiga ega..

Rossiyadan Qora dengiz orqali Turkiyaga yetib kelgan “Moviy oqim” tabiiy gaz liniyasi yiliga 16 milliard kub metr gaz yetkazib beradi..

Ozarbayjon gazini Turkiya orqali Yevropaga olib boradigan “Trans-Anadolu” tabiiy gaz quvur liniyasi (TANAP) hozirda yiliga 16 milliard kub metr, Turkiyaga 6 milliard kub metr va Yevropaga 10 milliard kub metr gaz yetkazib beradi.

Hozirda ushbu liniyaning quvvatini 32 milliard kub metrgacha oshirish bo'yicha faoliyatlar davom etmoqda.

TANAP liniyasi, Gretsiya chegarasidagi Yevropa davlatlariga gaz uzatuvchi “Trans-Adriatik” quvur liniyasiga ulangan.

Turkiya, shuningdek, Baku-Tbilisi-Erzurum tabiiy gaz quvuri orqali Ozarbayjondan gaz yetkazib berishi mumkin.

Sharqiy Anadolu tabiiy gaz magistral uzatish liniyasi har yili Erondan Turkiya bozoriga 10 milliard kub metrgacha tabiiy gaz yetkazib beradi.

Turkiya, kelgusida Sharqiy O'rta yer dengizi, Turkmaniston va Iroq gazini Yevropa bozorlariga yetkazib berish nuqtai nazaridan ham juda muhim ahamiyatga ega.

Turkiya, kunimizda Markaziy Osiyo davlatlari bilan shartnomalar imzolab, tabiiy gaz xilma-xilligini kengaytirmoqchi. Bu borada “Zangezur” yo’lagining ochilishi bilan Turkmaniston tabiiy gazini Kaspiy dengizi orqali Turkiyaga yetkazish maqsad qilingan.

Bu liniyaning Turkiya milliy tizimiga ulanishi bilan Yevropaning energiya ta'minoti xavfsizligida Turkiyaning o'ta muhim bo’lgan rolini yanada oshirish maqsad qilingan.

Turkiyaning ilk suzuvchi suyultirilgan tabiiy gaz saqlash va gazlashtirish qurilmasi bo'lgan va Izmirda faoliyat ko’rsatayotgan ob'yekt kuniga 20 million kub metr gazni tarmoqqa yetkazib berish quvvatiga ega.

Dörtyol hududidagi bu terminal va Turkiya tomonidan topshirilgan so'nggi loyihalardan biri  “Ertug'rul Gazi” kemasi dunyoda taxminan 40 ta mavjud bo'lgan suzuvchi suyultirilgan tabiiy gaz saqlash va gazlashtirish qurilmalarining so'nggi namunalaridandir.

Yiliga taxminan 2,5 milliard kub metr gazlashtirish qobiliyatiga ega “Ertug'rul Gazi” kemasi 170 ming kub metr suyultirilgan tabiiy gaz saqlashi mumkin. Tabiiy gazning zichlashtirilgan shakli bo'lgan suyultirilgan tabiiy gaz, taxminan 600 marta siqilishi va suyuqlik shaklida tashilishi mumkin.

“Ertug'rul Gazi” kemasi saqlashi mumkin bo'lgan suyultirilgan gaz taxminan 110 million kub metrni tashkil qiladi va kemaning maksimal kunlik gazlashtirish quvvati 28 million kub metrni tashkil qiladi.

Izmirdagi “EgeGaz” suyultirilgan tabiiy gaz terminali ham 170 million kub metr gaz saqlash sig'imi va kuniga 40 million kub metr yuk tashish quvvati bilan Turkiyaning suyultirilgan tabiiy gaz infratuzilmasiga hissa qo'shmoqda..

BOTAŞ tomonidan boshqariladigan “Marmara Ereğlisi” suyultirilgan tabiiy gaz terminali kuniga 37 million kub metr gazlashtirish quvvati va har biri 85 ming kubometr sig'imga ega uchta saqlash tanki bilan energiya ta'minoti xavfsizligini ta'minlashda muhim rol o'ynaydi..

2022 yil oxirida ochilgan “Saros” suzuvchi suyultirilgan tabiiy gaz saqlash va gazlashtirish qurilmasi ham Marmara mintaqasining ta'minot xavfsizligiga katta hissa qo'shmoqda.

 


Tanlangan kalimalar: #energetika , #Turkiya

Aloqador xabarlar