Qayta tiklanadigan energiya manbalarining global salohiyatini uch barobarga oshirilishi kutilmoqda

Qiziqarli ma’lumotlar dasturining bugungi sonida, qayta tiklanadigan energiya manbalarining global salohiyatini uch barobarga oshirilishi holatining yaqin yillarda amalga oshish ehtimoli haqida so‘z qilamiz.

2072258
Qayta tiklanadigan energiya manbalarining global salohiyatini uch barobarga oshirilishi kutilmoqda

Qayta tiklanadigan energiya manbalarining global salohiyatini uch barobarga oshirilishi kutilmoqda

Qayta tiklanadigan energiya manbalarining global salohiyatini 2030 – yilga qadar ikki barobarga chiqarilishini qo‘llab – quvvatlagan rejalar jadal tus olar ekan, dunyoning bir necha davlatining bugungi kunning o‘zida milliy maqsadlaridan ham yuqori muvaffaqiyatlarga erishgani kuzatildi.

***

Londonda joylashgan Ember energetika tahlil markazi tomonidan global energiya tarmog‘i emissiyalarining 90 foizini tashkil etuvchi 57 mamlakat bilan Yevropa ittifoqining qayta tiklanadigan energiya maqsadlariga asoslangan tahliliga ko‘ra, 2022 - yili 3,4 teravatt deb qayd etilgan qayta tiklanadigan energiyaning global quvvati, 2030 - yilga borib 7,3 teravattga yetishi kutilmoqda.

Ushbu quvvatning to‘rtdan uch bo‘lagidan ko‘pining quyosh va shamol energiyasidan iborat bo‘lishi kutilmoqda.

Ayni paytda ko‘plab davlat o‘zining milliy maqsadlari doirasida 2030 - yilga qadar qayta tiklanadigan energiya quvvatini ikki barobarga oshirishni rejalashtirmoqda.

Bu yil Birlashgan Arab Amirliklari raisligida bo‘lib o‘tadigan Birlashgan Millatlar Tashkilotining Iqlim o‘zgarishi bo‘yicha doiraviy konventsiyasi ishtirokchilarining 28 -konferentsiyasi oldidan qayta tiklanadigan energiyaning global salohiyatini uch barobarga oshirish takliflari ortib bormoqda.

Emberning tahliliga ko‘ra, qayta tiklanadigan global energiya quvvatini jamoaviy milliy maqsadlar bilan 3 barobarga oshirish, boshqacha qilib aytganda 2030 – yildan e’tiboran 11 teravattga chiqarilishi uchun 3,7 teravatt quvvatga ehtiyoj bor.

***

Braziliya, Niderlandiya, Birlashgan Arab Amirliklari, Avstraliya, Janubiy Koreya, Yaponiya, Xitoy va Ispaniya kabi o‘n ikki mamlakat 2030 - yilga mo‘ljallangan maqsadlarga erisha olish uchun qayta tiklanadigan energiya quvvatini yana – da tezroq barpo etish yo‘lida faoliyat yuritmoqda.

Hindiston, Indoneziya, Saudiya Arabistoni va Vengriya kabi oʻnta davlat 2030 - yilgacha qayta tiklanadigan energiya quvvatini uch barobar oshirishni rejalashtirmoqda.

Dunyoning 12 mamlakati jumladan AQSh 2030 - yilga borib shamol va quyosh energiyasi ulushini, oʻrnatilgan quvvatlarida 40 foizdan oshirishni maqsad qilar ekan 20 ta davlat, jumladan Janubiy Afrika ham 2030 – yilga qadar elektr energiyasining 20 foizdan ortigʻini qazib olinadigan yiqilgʻi manbalaridan emas qayta tiklanadigan energiyadan olishni rejalashtirmoqda.

Mamlakatlarning ulkan maqsadlari va rejalashtirilganidan ham tez ortgan qayta tiklanadigan energiya salohiyatlari bilan dunyoning qayta tiklanadigan energiya quvvatlarini 3 barobarga chiqarish mumkinligi tahmin qilinmoqda.



Aloqador xabarlar