Yevroosiyo kun tartibi - 61

“Yevroosiyo kun tartibi” dasturining bugungi sonida Yevroosiyo davlatlari kun tartibidagi muhim voqealar haqida so‘z qilamiz.

2056133
Yevroosiyo kun tartibi - 61

2023 - yilning 17 – 18 oktabri kunlari Xitoy Xalq Respublikasi poytaxti Pekin shahrida, “Bir makon, bir yo‘l” uchinchi xalqaro forumi bo‘lib o‘tdi. Forumda dunyoning 130 davlati bilan 30 ga yaqin xalqaro tashkilot nomidan yuqori darajadagi vakillar ishtirok etdi. Unda Yevroosiyo geografiyasidan Rossiya Davlat rahbari Vladimir Putin, Qozogʻiston Prezidenti Qasim - Jo‘mart Toqayev, Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev, Moʻgʻuliston Prezidenti Uhnaagiyn Hurelsuh, Turkman xalqining milliy yetakchisi, Turkmaniston Xalq Maslahati Raisi Gurbanguli Berdimuhamedov, Vengriya Bosh vaziri Viktor Orban ishtirok etdi. Forum yakunida bir qator shartnomalar imzolandi.

Forum doirasida Rossiya Davlat rahbari Vladimir Putin Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin, Vetnam Prezidenti Vo Van Txuong, Mo‘g‘uliston Prezidenti Uhnaagiyn Hurelsuh, Pokiston Bosh vaziri Anvarul Hak Kakar va Vengriya Bosh vaziri Viktor Orban bilan; O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin va Vetnam Prezidenti Vo Van Txuong bilan uchrashdi. Turkmaniston Xalq Maslahati Raisi Gurbanguli Berdimuhamedov Qozog‘iston va O‘zbekiston Prezidentlari, Xitoy kompaniyalarining yuqori lavozimli rahbarlari hamda byurokratlari bilan uchrashuvlar o‘tkazdi.

Pekinda boʻlib oʻtgan forum doirasida Rossiya bilan Xitoy, harbiy boʻlmagan aviatsiya sanoatini rivojlantirish jamgʻarmasini tuzish haqida qaror qabul qildi. Qozog‘iston bilan Xitoy o‘rtasida 30 ta shartnoma imzolandi.

Qozog‘iston Prezidenti Qasim Jo‘mart Toqayev Pekindan so‘ng Shinjon avtonom hududiga tashrif buyurdi. Prezident Toqayev Shinjonda mahalliy yetakchilar bilan uchrashar ekan, qo‘shnichilik aloqalarini yanada rivojlantirish zarurligini ta’kidladi.

2023 - yil 16 - oktabri kuni Samarqand shahrida Jahon sayyohlik tashkilotining 25 - Bosh assambleyasi bo‘lib o‘tdi. Bosh Assambleyada dunyoning 130 davlati nomidan vakillar ishtirok etdilar. Bosh assambleyaning ochilishida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ham ishtirok etib, nutq so‘zladi.

2023 - yilning 19 - oktabr kuni Rossiya Federatsiyasi Tashqi Ishlar vaziri Sergey Lavrov, rasmiy tashrif bilan Shimoliy Koreyada bo‘ldi. Sergey Lavrov Pxenyanda Shimoliy Koreya Prezidenti Kim Chen In bilan uchrashdi. Rossiya Tashqi ishlar va mudofaa vazirlari Shimoliy Koreyaga tez - tez tashrif uyushtirmoqdalar. Bu galgi tashrif Sergey Lavrovning Pxenyanga bo‘lgan to‘rtinchi tashrifi deb qayd etildi.

***

Shusha shahrida bo‘lib o‘tgan TURKSOY tarkibidagi davlatlarning Madaniyat vazirlarining qirqinchi yig‘ilishida qabul qilingan qarorga muvofiq, Qozog‘istonning Aktau shahri “2025 - yil Turk dunyosi madaniyat poytaxti” deb e’lon qilindi. Boshqa bir qaror bilan Nobel mukofoti sovrindori, olim, Aziz Sanjarga TURKSOY madaniyat elchisi unvoni taqdim etildi.

2023 - yilning 17 - oktabri kuni Bishkek shahrida Turk Davlatlari Tashkilotining Ommaviy axborot vositalari va axborot masalalaridan mas’ul vazirlarning beshinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Turk Davlatlari Tashkiloti Bosh kotibi Kubanichbek O‘muraliyev 2023-yil 5-7-noyabr kunlari Istanbulda bo‘lib o‘tadigan Turk dunyosi media sammitida, Turk axborot agentliklari ittifoqini tashkil etish rejalashtirilganligini ma’lum qildi.

2023-yilning 18-oktabr kuni Samarqand shahrida Turk Davlatlari Tashkilotining Oqsoqollar kengashi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda Turk dunyosi vakillari 3 - noyabr kuni Ostonada bo‘lib o‘tadigan Turk Davlatlari Tashkiloti sammitida imzolanishi kerak bo‘lgan kelishuvlar bilan bog‘liq takliflari ustidan fikr almashdilar.

 

 


Tanlangan kalimalar: #Xitoy , #Shinjon , #Qasim - Jo‘mart Toqayev

Aloqador xabarlar