Bir qutbli dunyo tartibi o‘z nihoyasiga yetmoqda

Qiziqarli ma’lumotlar dasturining 56 - sonida, bir qutbli dunyo tartibi nihoyasiga yetgudek bo‘lsa unda, dunyoning qaysi davlati foydaliroq bo‘lishi haqida so‘z qilamiz.

2041757
Bir qutbli dunyo tartibi o‘z nihoyasiga yetmoqda

Bir qutbli dunyo tartibi nihoyasiga yetmoqda: xo‘sh dunyoning qaysi davlatlari foydaliroq bo‘ladi?

Saudiya Arabistoni, Birlashgan Arap Amirliklari, Efiopiya, Eron, Misr va Argentina BRIKS tarkibiga kiruvchi yangi davlatlardir. Bu holat, Xitoy o‘qida shakllangan bir kuchning mavjud tartibga qarshi chiqishidan dalolat beradi. Ammo Turkiyadek na Vashington, na Pekin o‘qi tomon yo‘l olmagan va milliy manfaatlarini kuzatgan davlatlarning bu tartibda eng foydali davlatlardan bo‘lishi taxmin qilinmoqda.

***

Amerika Qo‘shma Shtatlari yetakchiligida bir qutbli dunyo tartibidan bahramand bo‘layotgan G‘arbga qarshi kurash olib borilmoqda.

Garchi ko‘plab ekspertlar AQSh va Xitoyning ikki qutbni tashkil etuvchi yangi dunyo tartibi haqida gapirsa - da, o‘zini bu ikki davlat yonida tutmaydigan va milliy manfaatlarini birinchi o‘ringa qo‘yuvchi kuchlar bor.

Turkiya, Saudiya Arabistoni, Hindiston va Indoneziya kabi davlatlar bu kuchlarga misol qilib keltirilmoqda.

Turkiya, sharqdan bu qutbga doxil bo‘lmagan davlatlardan biri sifatida ko‘rsatilmoqda.

Turkiya uzoq yillar davomida o‘z manfaatlariga mos siyosat olib borish orqali G‘arb yonida ham, boshqa davlatlar yonida ham shartsiz o‘rin olmayapdi.

Rossiya - Ukraina urushi davridagi oqilona munosabati, buning eng yirik namunasidir. Yana Shvetsiya bilan Finlandiyaning NATO a’zoligiga nisbatan tutgan pozitsiyasi, Turkiyaning o‘z manfaatlarini ko‘zlagan mustaqil bir kuch ekanini yaqqol namoyon etmoqda.

Saudiya Arabistoni bilan Hindiston ham shunday davlatlardandir.

Saudiya Arabistonining BRIKS tarkibiga kirishi esa, an’anaviy ittifoqchisi bo‘lgan AQSh bilan borgan sari yana – da ko‘proq manfaatlar to‘qnashuvi kuchayib borayotganiga misoldir.

Ma’lumki, Saudiya Arabistonining neft yetkazib berishni o‘zgartirish haqidagi qarorlari ham ikki davlat o‘rtasida keskinlikni keltirib chiqargan.

Saudiya Arabistoni Xitoyga yondashuv orqali AQShga qarshi manevr maydonini kengaytirish uchun Xitoy bilan yaqinlashish yo‘lini tanlamoqda.

Aytmasak ham BRIKS aʼzosi boʻlgan Hindiston esa, Xitoy gegemonligi ostiga tushib qolishdan chekinmoqda.

Hindiston Bosh vaziri Narendra Modining Vashington va Parijdagi aloqalari har qanday sharoitda Xitoy tomoniga o‘tmasligidan dalolat beradi.

Hindistonning, BRIKSning dollar hukmronligiga barham berish uchun taqdim etgan umumiy valyuta taklifini rad etishi ham muhim misoldir.

Qit’a Yevropasiga Germaniya alternativi

Germaniya ham ikkala qutbga qo‘shilmagan holda o‘zining mintaqaviy qutbini shakllantirishga nomzod davlatlardan biridir. Qit’a Yevropasining anglo – sakson davlatlarning manfaatlaridan farqli rejalarining borligi, buning eng yirik sabablaridandir.

AQSh o‘qidan uzoqlashib, o‘z manfaatlarini ko‘zlagan Yevropa ittifoqi, yangi mintaqaviy qutb yaratish imkoniyatiga ega. Bunga erishishning yo‘li Germaniya boshchiligida mintaqaviy qutb tashkil etishdan iboratdir.

 



Aloqador xabarlar