Yevroosiyo kun tartibi - 56

Dasturimizning bugungi sonida Yevroosiyo respublikalari kun tartibidagi muhim voqealar haqida so‘z qilamiz.

2040432
Yevroosiyo kun tartibi - 56

2023 - yilning 11 - sentabri kuni Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qasim - Jo‘mart Toqayev Turkiya Respublikasi Tashqi Ishlar vaziri Hakan Fidanni qabul qildi. Ushbu qabul chog‘ida Qozog‘iston - Turkiya munosabatlari va Turk Davlatlari Tashkiloti sammiti tayyorgarliklari qo‘lga olindi.

2023 - yilning 11 – 14 - sentabri kunlari Ozarbayjon Milliy majlis raisi Sohiba Gafarova, Bolgariya va Vengriyaga tashrif uyushtirdi. Bolgariya Prezidenti Rumen Radev, Vengriya Prezidenti Katalin Novak bilan uchrashgan Sohiba Gafarova, V Budapesht Demografiya sammitida ishtirok etdi.

2023 - yilning 11- sentabri kuni Mo‘g‘uliston majlis raisi Gombodjav Zandanshatar, Janubiy Koreyaga tashrif uyushtirdi. Janubiy Koreya parlamentarisi bilan uchrashgan majlis raisi Zandanshatar, Barqaror rivojlanish bo‘yicha xalqaro Trans - Tinch okeani muloqot konferensiyasida ishtirok etdi.

Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In, 2023 - yilning 12 – 17 - sentabri kunlari Rossiyaga tashrif uyushtirdi. Kim Chen In 13 - sentyabr kuni Rossiya Davlat rahbari Vladimir Putin bilan uchrashdi. Uchrashuv ortidan Vladimir Putin, Kim Chen Inning Shimoliy Koreyaga taklifini mamnuniyat bilan qabul qilgani bildirildi.

2023 - yilning 14 - sentabri kuni Dushanbe shahrida Markaziy Osiyo davlatlari davlat rahbarlarining V maslahat uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Oʻzbekiston, Tojikiston, Turkmaniston va Ozarbayjon prezidentlari ishtirok etdilar. Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev bilan Turkman xalqining milliy yetakchisi, Turkmaniston Xalq Maslahati raisi Gurbanguli Berdimuhamedov faxriy mehmon sifatida ishtirok etdilar. Gurbanguli Berdimuhamedovga “Shon-sharaf” ordeni topshirildi. Uchrashuv yakunida 3 ta shartnoma imzolandi. Prezidentlar shu kuni “EXPO Markaziy Osiyo – 2023” yarmarkasiga tashrif buyurdilar. Tashrif doirasida ikki tomonlama uchrashuvlar ham bo‘lib o‘tdi.

2023-yil 14-sentabr kuni Xitoy Xalq Respublikasining Kobuldagi elchisi Chjao Shen, Tolibon hukumatining Bosh vazir vakili Muhammad Hasan Ahundga ishonch maktubi nusxasini topshirdi. Shu tariqa Xitoy, Tolibon ma’muriyatini rasman tan olgan dunyodagi birinchi davlatga aylandi.

2023-yilning 15-sentabri kuni Dushanbe shahrida Orolni qayta tiklash xalqaro jamg‘armasi asoschilari yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda Qozogʻiston, Oʻzbekiston, Tojikiston va Turkmaniston prezidentlari hamda Qirgʻiziston Bosh vaziri oʻrinbosari ishtirok etdi. Yig‘ilish yakunida 4 ta shartnoma imzolandi.

Sochida, 2023 - yilning 15 - sentabri kuni Rossiya Davlat rahbari Vladimir Putin, Belarus Prezidenti Aleksandr Lukashenko bilan uchrashdi.

2023 - yilning 9 - sentabri kuni Qorabogʻda boʻlib oʻtgan tirnoq ichidagi prezidentlik saylovi, Yevroosiyo davlatlari tomonidan qoralandi va nomi tilga olingan davlatlar Ozarbayjonning hududiy yaxlitligini qoʻllab-quvvatlashlarini eʼlon qildilar.

2023-yilning 11-sentabri kuni Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyan, Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdo‘g‘an bilan telefon orqali muloqot qildi. Prezident Erdo‘g‘an Pashinyanga, to‘rt tomonli sammit (Putin, Erdo‘g‘an, Aliyev va Pashinyan) taklif qilganini ma’lum qildi. Bosh vazir Pashinyan “Politico” nashriga bergan bayonotida, Ukrainadagi urush tufayli bundan buyon Armaniston xavfsizlik kafolati sifatida Rossiyaga ishonmasligini bildirdi. Armanistonning Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti harbiy mashg‘ulotlarida ishtirok eta olmasligi va AQSh bilan qo‘shma harbiy mashg‘ulotlari uyushtirishi, “Rossiya Armanistonda to‘ntarish uyushtiradi” degan mish - mishlarni keltirib chiqardi.

Voqealardan ko‘rinib turganidek, o‘tgan haftada Yevroosiyo geografiyasida mintaqaviy integratsiyani mustahkamlash uchun muhim tashriflar va uchrashuvlar qayd etildi. Qorabog‘ bilan bog‘liq Janubiy Kavkazdagi muammo kun tartibidagi o‘rnini saqlab qolmoqda.



Aloqador xabarlar