Yevroosiyo kun tartibi - 55

Dasturimizning bugungi sonida, Turk Respublikalari kun tartibidagi muhim voqealar haqida so‘z qilamiz.

2037308
Yevroosiyo kun tartibi - 55

2023 - yilning 4 - sentabri kuni Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdo‘g‘an Sochida Rossiya Federatsiyasi Davlat rahbari Vladimir Putin bilan uchrashdi. Unda ikki tomonlama, mintaqaviy va global muammolar muhokama qilindi. Keyinchalik Rossiya Tashqi Ishlar vazirligi, Turkiya bilan 1 million tonna don yetkazib berish boʻyicha prinsipial kelishuvga erishilganini maʼlum qildi.

2023 - yilning 5 - sentabri kuni Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev, Slovakiya Respublikasi majlisi raisi Boris Kollar boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi. Ushbu qabul chog‘ida o‘zaro munosabatlar sayridan qanchalik mamnun ekani bildirildi. Slovakiya delegatsiyasi Qorabog‘ga tashrif buyurdi.

2023 - yilning 5 - sentabri kuni Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarov, Turkiya bosh ombudsmanı Sheref Malkochni qabul qildi. Tashrif doirasida Qirg‘iziston va Turkiya Ombudsmanlik idoralari o‘rtasida hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha o‘zaro anglashuv memorandumi imzolandi.

2023 - yilning 7 - sentabri kuni Albaniya Prezidenti Bayram Begaj, Qozog‘istonga ilk rasmiy tashrifini amalga oshirdi. Bu tashrif, ayni paytda, Albaniya Prezidentining Qozog‘istonga bo‘lgan oxirgi 30 yildagi ilk tashrifi sifatida qayd etildi. Ikki davlat prezidentlarining o‘zaro va delegatsiyalararo uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi. Yakunida esa, qo‘shma deklaratsiya imzolandi.

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2023-yilning 7-sentabri kuni Birlashgan Millatlar Tashkilotining Oziq - ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) bosh direktori Syuy Dun’yuyni qabul qildi. Unda, O‘zbekistonning mazkur tashkilot bilan aloqalari, xususan, oziq - ovqat xavfsizligi masalalari muhokama qilindi. 7 - 8 sentabr kunlari Samarqand shahrida O‘zbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripov ishtirokida oziq - ovqat xavfsizligi bo‘yicha xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tdi. Anjumanda Turkiya, Qirg‘iziston va O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi vazirlari ham ishtirok etdilar. Turkiya Qishloq va oʻrmon xoʻjaligi vaziri Ibrohim Yumakli va Oʻzbekiston Qishloq xoʻjaligi vaziri Aziz Voitov, ikki mamlakat qishloq xoʻjaligi vazirliklari oʻrtasida qishloq xoʻjaligi sugʻurtasi sohasida hamkorlik qilish niyati bayonnomasini imzoladi.

2023 - yilning 7 - sentabri kuni Boku shahrida Turk Davlatlari Tashkiloti Favqulodda vaziyatlarni boshqarish tashkilotining ikkinchi vazirlar yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda, tashkilotga a’zo va kuzatuvchi davlatlarning tabiiy ofatlar va favqulodda vaziyatlar vazirlari ishtirok etdilar. Yig‘ilish yakunida Turk Davlatlari Tashkiloti Favqulodda vaziyatlarni boshqarish Ikkinchi Vazirlar yig‘ilishi deklaratsiyasi imzolandi. Vazirlar, “Boku - 2023” xalqaro o‘quv mashg‘ulotlarini tomosha qildilar. Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev, yig‘ilishda ishtirok etgan vazirlarni qabul qildi.

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2023 - yil 8 - sentabr kuni Butunjahon etnosport konfederatsiyasi raisi Bilol Erdo‘g‘anni qabul qildi. 8 - 10 sentabr kunlari Xiva shahrida dunyoning 63 davlatdan 930 nafar vakil ishtirokida Xalqaro etnosport festivali bo‘lib o‘tdi.

O‘tgan hafta Qozog‘iston va Qirg‘izistonda kabinetlar yangilandi. Yangi vazirliklar tashkil etilib, ayrim vazirlar almashtirildi. Bundan tashqari, 2023 - yilning 6 - sentabrida Qrim - tatar turklaridan Rustem Umarov, Ukraina Mudofaa vaziri etib tayinlandi.

Voqealardan ham ko‘rinib turganidek, o‘tgan haftada Turk Respublikalarida muhim yig‘ilish va anjumanlar bo‘lib o‘tdi. Tashriflar, Turk Respublikalarining xalqaro maydondagi o‘rni qanchalik ortib borayotganidan dalolat bermoqda.



Aloqador xabarlar