Qaysi davlatlar Oyga bordi va yaqin kelajakda nimalar bo‘lishi mumkin?

Qiziqarli ma'lumotlar - 54

2038357
Qaysi davlatlar Oyga bordi va yaqin kelajakda nimalar bo‘lishi mumkin?

Missiyamiz Oy: Bugungacha dunyoning qaysi davlatlari bordi va yaqin kelajakda nimalar bo‘lishi mumkin?

Millionlab yorug‘lik yili uzoqlikdagi galaktikalarni tasvirlay olsak - da, eng yaqin qo‘shnimiz Oy, hamon sirlarga to‘la. Ushbu sirlarni ochish va sun’iy yo‘ldoshimizda yashash maydoni yaratish uchun Oyga insonli va insonsiz missiyalar davom etmoqda. Xo‘sh, Oyga bugungacha dunyoning qaysi davlatlari bordi, nimalar qildi? Eng muhimi yaqin kelajakda nimalar bo‘lishi mumkin?

Oy bizning eng yaqin samoviy qo‘shnimiz bo‘lgani bois, u dunyoning bir qancha mamlakatlari tomonidan amalga oshirilgan ko‘plab kosmik missiyalarning asosiy maqsadi bo‘lib kelgan.

Insoniyat keyingi o‘n yil ichida Oyda mustamlaka qura boshlashi mumkin.

Buning uchun mamlakatlar sohadagi resurslari, texnologiyalari va tajribalarini almashish asosida yaqin xalqaro hamkorlik qilishi kerak.

Bugungi kunga qadar dunyoning 11 davlati bilan tashkiloti Oyga kosmik apparatlar yuborishga muvaffaq bo‘ldi.

Bu mamlakatlar; sobiq Sovet ittifoqi/ bugungi Rossiya Federatsiyasi, Amerika Qo‘shma Shtatlari, Yaponiya, Xitoy, Hindiston, Isroil, Italiya, Lyuksemburg, Janubiy Koreya, Birlashgan Arab Amirliklari va Yevropa kosmik agentligi nomidan Yevropa ittifoqidir.

Biroq, bularning hammasi Oy yuzasiga transport vositasini qo‘ndirish yoki to‘g‘ridan - to‘g‘ri unga oyoq bosish degan ma’noni anglatmaydi.

Oyga qo‘nishlar, transport vositasining qanchalik tez tushishiga (va qo‘nganidan keyin ishlashi kerakligi yoki kerak emasligiga) qarab qattiq yoki yumshoq deb tasniflanmoqda.

Yumshoq qo‘nishlar, kema xavfsiz va sekin tezlikda yerga tushganida sodir bo‘lmoqda va ekipajli missiyalarda yoki kema qo‘nganidan keyin ilmiy o‘lchovlarning olinishi yoki sinovdan o‘tkazilishi kutilayotgan paytlarda ehtiyoj tug‘ilmoqda.

Hozirgacha bor - yo‘g‘i uch davlat Oyga kosmik apparatlar yordamida yumshoq qo‘nishni amalga oshirishga muvaffaq bo‘ldi va ular AQSh, Rossiya va Xitoydir.

2030 - yilgacha Oyga yetib borishni rejalashtirayotgan davlatlar:

Ko‘plab qo‘shimcha mamlakatlar yo faol kosmik dasturlarga ega yoki xususiy moliyalashtirilgan kosmik dasturlarga mezbonlik qilmoqda va shuning uchun 2030 - yilgacha Oyga insonli yoki nisonsiz yumshoq qo‘nishni yakunlashlari mumkin.

Bu davlatlardan biri Turkiya.

Turkiya yaqin 10 yil ichida Oyga qattiq va yumshoq qo‘nishni amalga oshiradi.

Raketa uch kunlik safari davomida ma’lumotlar to‘plab, dunyoga yetkazib beradi. 2028 - yili ham yumshoq qo‘nishi bilan Turkiya, Oyda ilmiy faoliyat olib bora oladigan sanoqli davlatlar qatoridan o‘rin oladi.



Aloqador xabarlar