Metadan yangi va koʻp tilli sun’iy intellekt: SeamlessM4T

Meta, nutq va matn tarjimalari uchun ko‘p tilli sun’iy intellekt modeli SeamlessM4Tni e’lon qildi.

2032703
Metadan yangi va koʻp tilli sun’iy intellekt: SeamlessM4T

Ham matn ham da ovoz ustidan ishlay oluvchi SeamlessM4T dasturi yuzga yaqin tilda yozmacha matndan ogʻzaki nutqqa, ogʻzaki nutqdan yozmacha matnga; ogʻzaki nutqdan ogʻzaki nutqqa va matndan matnga tarjima qila oladi.

Metaning ta’kidlashicha, ushbu sun’iy intellektni ishlab chiqarishdan maqsad turli tillarda soʻzlashuvchi insonlarga bir - biri bilan yanada samarali muloqot qilishda yordam berishdir.

SeamlessM4T e’lonida Meta, Duglas Adamsning klassik ilmiy - fantastik seriyasidagi “Avtostopchining Galaktika qoʻllanmasi”dagi Babel Fishga ishora qildi. Chunki u, quloqqa joylashtirilganida qaysidir tilni ana shu ondayoq tarjima qilish qobiliyatiga ega.

Xuddi Babel Fish singari, SeamlessM4T ham insonlar oʻrtasidagi til muammosini bartaraf etishni koʻzda tutgan.

Babel Fish kabi universal til tarjimonini yaratish qiyin, chunki mavjud ogʻzaki nutqdan ogʻzaki nutqqa va undan matnga oʻtish tizimlari dunyo tillarining faqat kichik qismini oʻz ichiga olmoqda.

Meta, oʻz sohasidagi ilk sun’iy intellekt emasdir.

Google Translate 2006 - yildan beri mashinalashgan ta’lim usullaridan foydalanmoqda va GPT - 4 kabi asosiy til modellari, tillar o‘rtasida tarjima qilish qobiliyati bilan mashhur.

Ammo so‘nggi paytlarda texnologiya, ovozni qayta ishlash jabhasiga yo‘naldi.

Sentabr oyida OpenAI, ovozdagi nutqni taniy olgan va buni yuqori darajada to‘g‘ri tarjima qila olgan, Whisper deb nomlangan ochiq manbali nutqdan matnga tarjima qilish modelini chiqardi.

SeamlessM4T, multimodal tarjimani yanada ko‘proq tilda amalga oshirish orqali bu trenddan yo‘lga chiqmoqda.

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #multimodal tarjima , #Meta , #SeamlessM4T

Aloqador xabarlar