Yevroosiyo kun tartibi - 54

Dasturimizning bugungi sonida Yevroosiyo respublikalari kun tartibidagi muhim voqealar haqida so‘z qilamiz.

2034279
Yevroosiyo  kun tartibi - 54

Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev 2023-yilning 27-avgusti kuni Turkiya Respublikasi Milliy Mudofaa vaziri Yashar Gulerni, 28-avgust kuni esa Turkiya Bosh shtab boshlig‘i Metin Gurakni qabul qildi. Qabul chog‘ida Ozarbayjon va Turkiya o‘rtasidagi harbiy aloqalarni yanada rivojlantirish masalasi qo‘lga olindi.

Turkiya Respublikasi Tashqi Ishlar vaziri Hakan Fidan 2023-yilning 31-avgust va 1-sentabr kunlari rasmiy tashrif bilan Rossiya Federatsiyasida bo‘lib qaytdi. Turkiya Respublikasi Tashqi Ishlar vaziri Fidan ushbu tashrifi chog‘ida Rossiya Federatsiyasi Tashqi Ishlar vaziri Sergey Lavrov va Mudofaa vaziri Sergey Shoygu bilan alohida - alohida uchrashdi. Unda ikki tomonlama, mintaqaviy va global muammolar yuzasidan fikr almashildi. Tashqi Ishlar vaziri Hakan Fidan, joriy yilning 26-avgusti kuni rasmiy tashrif bilan Ukrainaga bordi.

Rim katolik cherkovi rahbari Fransisk, 2023-yilning 31-avgustidan 4-sentabriga qadar davlat tashrifi bilan Mo‘g‘ulistonda bo‘ldi. Rim papasi Fransisk Ulanbatorda Mo‘g‘uliston Prezidenti Uhnaagiyn Hurelsuh va Bosh vazir Luvsannamsrain Oyun - Erdene bilan uchrashdi. Bu tashrif, katoliklar diniy yetakchisining Osiyo davlatiga uyushtirgan birinchi tashrifi sifatida tarix sahifalaridan o‘rin oldi.

2023-yilning 1-sentabri kuni Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarov bilan Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin onlayn tarzda uchrashdi. Unda, Rossiya tomonidan Qirg‘izistonda quriladigan 9 ta maktab qurilishiga poydevor qo‘yildi. Rossiya bu maktablarni qurish uchun 500 million dollar ajratdi. Rossiya ta’limga kiritgan ushbu sarmoyalari orqali Qirg‘izistondagi ta’sirini davom ettirmoqchi.

2023-yilning 1-sentabrida Gruziyaning hukmron “Gruziya ro‘yosi” partiyasi, Prezident Salome Zurabishviliga qarshi impichment jarayonini boshlatishlarini ma’lum qildi. Hukmron partiyaning bunday bayonot bilan chiqishiga Prezident Zurabishvilining hukumat irodasiga qarshi bo‘lgan xorijiy tashriflari sabab bo‘lgan. Prezident Zurabishvili 2023-yil 31-avgust va 1-sentabr kunlari Berlin va Bryusselga tashrif uyushtirgandi.

2023-yilning 1-sentabridan e’tiboran Qirg‘iziston bilan O‘zbekiston fuqarolari pasportsiz, o‘zaro shaxsiy guvohnomalari bilan sayohat qilishni boshladilar. Bundan tashqari, ikki davlat chegarasida joylashgan Begobod va Qorabag‘ish chegara darvozalari uzoq vaqtdan so‘ng qayta xalq xizmatiga ochildi. 31-avgust kuni Qirg‘iziston, 1-sentabr kuni esa O‘zbekiston Mustaqillik kunini keng nishonladilar.

Kollektiv Xavfsizlik Shartnomasi Tashkiloti Belarusda 2,5 mingdan ortiq askar ishtirokida harbiy mashg‘ulotlar tashkil etishni boshladi. To‘rt bosqichdan iborat bo‘ladigan harbiy mashg‘ulotlarning bir qismi Qirg‘izistonda o‘tkaziladi. Kollektiv Xavfsizlik Shartnomasi Tashkiloti birlashgan shtabi rahbari general - polkovnik Anatoliy Sidorov, tashkilotni kengaytirishga tayyorlanayotganini ma’lum qildi.

Voqealardan ham ko‘rinib turganidek, o‘tgan hafta Yevroosiyo geografiyasining kelajagini belgilab beradigan muhim tashriflar qayd etildi. Yevroosiyo mamlakatlari oʻrtasidagi ikki tomonlama munosabatlar ham rivojlanishni davom etmoqda.

 


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #O‘zbekiston , #Qirg‘iziston , #Rossiya

Aloqador xabarlar