Yer osti suvlaridan ortiqcha foydalanish yer o‘qining qo‘shimcha 4 sm siljishiga olib keladi

Dasturimizning bugungi sonida, yer osti suvlaridan ortiqcha foydalanish qanday oqibatlar tug‘dirishi mumkinligi haqida so‘z qilamiz.

2020984
Yer osti suvlaridan ortiqcha foydalanish yer o‘qining qo‘shimcha 4 sm siljishiga olib keladi

Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, yer o‘qining qo‘shimcha siljishning oqibatlari iqlim o‘zgarishiga olib kelmaydi ammo iqlim o‘zgarishi yuzasidan yer osti suvlaridan ortiqcha foydalanish, siljishga bilvosita ta’sir qilishi mumkin. 

***

Qayd etilishicha, yer osti suvlaridan ortiqcha foydalanish yer o‘qining qo‘shimcha 4 sm siljishiga olib keladi, bu siljishning oqibatlari esa iqlim o‘zgarishiga hech qanday ta’sir ko‘rsatmaydi.

Yer osti suvlaridan ortiqcha foydalanish yer o‘qining qo‘shimcha 4 santimetrga siljishiga olib kelishini aniqlagan tadqiqot yetakchisi Seul Milliy Universiteti, Yer fanlari bo‘limi o‘qituvchisi professor doktor Ki-Von Seo, “Ushbu siljishning oqibatlari iqlim o‘zgarishiga ta’sir qilmaydi biroq iqlim o‘zgarishi sababli yer osti suvlaridan ortiqcha foydalanish siljishga bilvosita ta’sir qilishi mumkin”,-dedi.

Janubiy Koreya, Avstraliya, Xitoy va Amerika Qo‘shma Shtatlarining (AQSh) bir qancha universitetlari akademiklari, 1993 yildan 2010 yilgacha qutb harakati haqida olib borilgan iqlim modellaridan olingan manbaalarni tahlil qildilar.

Bu yillar orasida yer ostidan jami 2,15 gigaton suv tortib olingani aniqlandi va buning dengiz sathining 6,24 millimetrga ko‘tarilishiga tengligi ifoda etildi.

Tadqiqotchilar dunyodagi suv taqsimotiga taʼsir etuvchi qutb va togʻ muzliklarining erishi kabi mashhur omillar bilan bir qatorda, yer osti suvlaridagi kamayishning ham qutb harakatida inson omili sifatida yuzaga kelganini taʼkidladilar.

Tadqiqotga yetakchilik qilgan akademik, AA agentligi muxbiriga bergan bayonotida, tilga olingan oʻzgarish koʻproq maʼlum boʻlgan geografik qutblar bilan bogʻliq emas, balki, yerning aylanish oʻqining “qutb harakati” bilan bogʻliq bo‘lishi mumkinligiga e’tibor qaratdi.

“Iqlim o‘zgarishining bilvosita ta’siri”

Bu harakatning juda kichik holat ekani va iqlim o‘zgarishiga ta’sir eta oladigan darajada kuchli emasligini ifoda etgan yetakchi, “Gap, 20 yil ichida deyarli 1 metrlik o‘zgarish haqida ketmoqda, bu juda kichik ta’sir”.-dedi.

Suvning yer ostidan bunchalik ko‘p kamayishi sabablaridan biri, iqlim o‘zgarishi yuzasidan suv resurslarida qayd etilgan kamayish natijasida insonlarning yer osti suvlariga e’tibor berishi ortgani bilan bog‘liq ekanini ta’kidlagan Seo, bu nuqtai nazardan iqlim o‘zgarishi qutb harakatlariga bilvosita ta’sir qilishi mumkinligini bildirdi. 

 

 



Aloqador xabarlar