15-IYUL DEMOKRATIYA VA MILLIY BIRLIK KUNI

Bundan yetti yil muqaddam bugun, 2016-yil 15-iyul kuni Turkiya xoin davlat to‘ntarish  urinishiga  yuzma-yuz keldi.

2011626
15-IYUL DEMOKRATIYA VA MILLIY BIRLIK KUNI

 

15-IYUL DEMOKRATIYA VA MILLIY BIRLIK KUNI                                                              

Bundan yetti yil muqaddam bugun, 2016-yil 15-iyul kuni Turkiya xoin davlat to‘ntarish  urinishiga  yuzma-yuz keldi. FETO terror tashkiloti Turk Qurolli Kuchlariga sizdirgan unsurlardan foydalanib, davlatimiz  tomonidan namoyandalk  qilgan  qadriyatlarimizga qarshi xoin hujum uyushtirishga urindi.

Prezidentlik majmuasi, Turkiya Buyuk Millat Majlisi bombalandi; Turk radio va televideniye korporatsiyasi bilan bir qatorda, ko'plab davlat muassasalarini qo'lga olish uchun harakat qilindi.

Bizni Anqara va Istanbul osmonida jangovar samolyotlar, ko‘chalarda esa tanklar bilan tahdid qilishdi.

Albatta, bu holatga xalqimiz befarq qolmadi...

Prezidentimiz  chaqirigʻi bilan minglab fuqarolarimiz davlat toʻntarishiga urinishning oldini olish uchun shahar maydonlari va koʻchalariga chiqishdi; o'z hayotini tanklar oldiga qo'ydi;  vertolyotlarning oloviga qarshi turdi. O’xshashi  ko’rilmagan qarshilik ko‘rsatib, vatanini, davlatini, demokratiyasini himoya qildi.

Xalqning azmu shijoati tufayli  davlat to‘ntarishiga qarshi  urinishning oldi olindi. Shu maqsadda 251 nafar shahid  berildi, yuzlab xalqimiz faxriy bo‘ldi.

15 iyul  demokratiya g'alabasining ramziga aylandi; “Demokratiya va milliy birlik kuni” deb e’lon qilindi.

Biz shahidlarimiz va faxriylarimizni minnatdorchilik va hurmat bilan yodga olamiz.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 



Aloqador xabarlar