Yevrosiyo kun tartibi-44

Dasturimizning bugungi sonida Yevroosiyo Respublikalari kun tartibidagi muhim voqealar haqida so‘z qilamiz.

2005188
Yevrosiyo kun tartibi-44

2023-yilning 14-15-iyuni kunlari Gruziya Bosh vaziri Irakliy Garibashvili rasmiy tashrif bilan Belgiyada bo‘ldi. Poytaxt Bryusselda Irakliy Garibashvili mamlakat Bosh vaziri Aleksandr De Kroo, Yevropa kengashi rahbari Sharlz Mishel, Qo‘shnichilik va kengayish bo‘yicha Yevropa komissari Oliver Varxeli bilan uchrashdi. Bosh vazir Garibashvilining Yevropa ittifoqi qarorgohiga bo‘lgan tashrifining asosiy mavzusi Gruziyaning Yevropa ittifoqi tarkibiga kirish jarayoni edi.

2023-yilning 15-iyuni kuni Rossiya Davlat rahbari Vladimir Putin Kremlda Jazoir Prezidenti Abdulmajid Tabbun bilan uchrashdi. Uchrashuvda Abdulmajid Tabbun Rossiyadan olgan yordamlari, jumladan, qurol-yaroq bilan ta’minlanishi, mustaqilligini saqlab qolishga imkon yaratganiga e’tibor qaratdi. Uchrashuv yakunida ikki davlat o‘rtasida strategik sheriklikni chuqurlashtirish toʻgʻrisidagi deklaratsiya dohil 9 ta shartnoma imzolandi.

2023-yilning 14-17-iyuni kunlari XXIII Xalqaro Sankt-Peterburg iqtisodiy forumi bo‘lib o‘tdi. Forumning ochilishida so‘zga chiqqan Rossiya Davlat rahbari Vladimir Putin ko‘p qutbli dunyo kuchaygani, neo-mustamlakachilik tizimi yakunlanib borayotgani, Rossiyaning NATO tarkibidagi davlatlarga ko‘ra yana-da ko‘proq yadroviy quroli borligi va bosimlarga bosh egmagan bunday davlatlar bilan savdo hajmining ko‘p marta oshganini ta’kidladi. Forumda Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi, Yaqin sharq, Afrika va Osiyo davlatlari rahbarlari ishtirok etdi.

Kreml matbuot xizmati kotibi Dmitriy Peskov Sankt-Peterburg Iqtisodiy forumida “Yomon qarindoshdan yaxshi qo‘shni afzal” der ekan, Rossiya Moliya vaziri Anton Siluanov Turkiya bilan yaqin iqtisodiy hamkorlikni davom ettirishlarini ma’lum qildi. Vengriya Tashqi ishlar vaziri Peter Siyarto ham Turk oqimi tabiiy gaz quvur liniyasining Yevropaga xavfsiz ravishda tabiiy gaz yetkazib berishini ta’kidladi.

2023-yilning 16-17-iyuni kunlari Janubiy Afrika Respublikasi Siril Ramafosa boshchiligidagi ayrim Afrika Prezidentlari Ukraina va Rossiyaga tashrif buyurishdi. Afrika yetakchilari, jumladan Senegal va Zambiya Prezidentlari Rossiya va Ukraina o‘rtasida vositachi sifatida urushni to‘xtatish bo‘yicha o‘z takliflarini taqdim etadi. Eslatib o‘tamiz, Ukraina-Rossiya tinchlik muzokaralari bir yildan beri o‘tkazilmagan.

Kelgusi iyul oyida Sankt-Peterburgda bo‘lib o‘tadigan Rossiya-Afrika sammiti oldidan Rossiyaning Afrika davlatlari bilan bo‘lgan aloqalarida jonlanish kuzatilmoqda.

***

2023-yilning 12-13-iyuni kunlari Mo‘g‘uliston poytaxti Ulanbator shahrida “Trans-Oltoy barqaror muloqoti: gender tenglik va barqaror rivojlanish” mavzusidagi xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tdi. Moʻgʻuliston parlamenti Buyuk Davlat Xurali tomonidan oʻtkazilgan konferensiyada Yevroosiyo qitʼasining markaziy koridorida hamkorlikni yanada rivojlantirishga doir masalalar muhokama qilindi.

2023-yilning 15-iyuni kuni Mo‘g‘ulistonda Ulan-Bator muloqoti bo‘yicha 8-xalqaro konferensiya oʻz ishini boshladi. Moʻgʻuliston Tashqi ishlar vaziri Batseseg Batmunh tomonidan ochib berilgan anjumanda Qozogʻiston va Turkiya kabi dunyoning 20 davlatidan 60 dan ortiq vakil ishtirok etmoqda. Anjumanda Shimoliy-Sharqiy Osiyoning turli masalalari muhokama qilinadi.

Voqealardan koʻrinib turibdiki, Yevroosiyo davlatlari qutblangan dunyoda oʻz oʻrnini egallay olish uchun muhim xalqaro tadbirlarga mezbonlik qilmoqda.



Aloqador xabarlar