Yevrosiyo kun tartibi-41

Dasturimizning bugungi sonida Turkiy Respublikalar kun tartibidagi voqealar bilan tanishtiramiz.

1996537
Yevrosiyo kun tartibi-41

 

Barchangizga ma’lumki, o'tgan hafta Turkiy Respublikalarda muhim voqealar bo'lib o'tdi.

Shu yilning 29-may kuni Xalqaro Turk Akademiyasi tomonidan Ostona shahrida Turk dunyosi qo‘shma alifbo komissiyasining birinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. To‘rt sessiyadan iborat bo‘lgan yig‘ilishda Turkiy Respublikalarning tegishli idoralari rahbarlari va ekspertlar ishtirok etdi.

30-may kuni esa, Qirg‘iziston tashqi ishlar vaziri Jeenbek Kulubayev Mo‘g‘uliston Prezidenti Uhnaagiyn Hurelsuh tomonidan qabul qilindi. Uchrashuvda ikki davlat munosabatlarini yangi bosqichga ko‘tarish masalasi muhokama qilindi. Tashrif yakunida vazir Kulubayev iyul oyida Qirgʻiziston prezidenti Sadir Japarovning Moʻgʻulistonga tashrifi va Ulanbatorda Qirgʻiziston elchixonasi ochilishiga doir rejalarni maʼlum qildi.

Shu yilning 30-31-may kunlari Turkmanistonning sobiq Prezidenti, ayni vaqtda Xalq kengashi rahbari bo’lgan Gurbanguli Berdimuhamedov amaliy tashrif bilan Eron Islom Respublikasida bo‘ldi. Berdimuhamedov prezident Ibrohim Raisiy, diniy yetakchi Ali Xameney, parlament spikeri Muhammad Bager Ghalibaf bilan alohida uchrashuvlar o‘tkazdi. Muzokaralar natijasida ikki davlat oʻrtasida 5 ta shartnoma imzolandi. So’ngra, Prezident Ibrohim Raisiy va Gurbanguli Berdimuhamedov qo‘shma bayonotni imzoladilar.

Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkiloti Bosh kotibi Helga Mariya Shmid 31-maydan 8-iyunga qadar rasmiy tashrif bilan Turkmaniston, Qirg‘iziston va Qozog‘iston Respublikalarida bo‘ladi.

Oliy martabali mehmon Turkmanistonga tashrifi doirasida mamlakat prezidenti, Xalq kengashi raisi, parlament spikeri, Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari va Turkmaniston Ombudsmanı bilan uchrashuvlar o‘tkazdi. Helga Mariya Shmid, shuningdek, Turkmanistonda Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkilotining yangi ofisini ochdi. Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkiloti Bosh kotibi o‘tgan yili O‘zbekiston va Tojikistonga ham tashrif buyurgan edi.

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev shu yilning 1-iyun kuni Janubiy Koreya Respublikasi tashqi ishlar vaziri Pak Jinni qabul qildi. Suhbat chog‘ida O‘zbekiston-Janubiy Koreya munosabatlariga oid turli masalalar muhokama qilindi.

2-iyun kuni Qirg‘izistonning Cho‘lpon ota shahrida “Markaziy Osiyo-Yevropa Ittifoqi” 2-sammiti bo‘lib o‘tdi. Sammitda Yevropa Ittifoqi prezidenti, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, O‘zbekiston va Tojikiston prezidentlari, Turkmaniston Bosh vaziri o‘rinbosari ishtirok etdi. Sammit yakunida qoʻshma bayonot eʼlon qilindi.

2023-yil 18-19-may kunlari Olma-ota shahrida 2-Markaziy Osiyo – Yevropa Ittifoqi iqtisodiy forumi bo‘lib o‘tdi.

Yevropa Ittifoqi prezidenti Sharl Mishel Qirg‘izistonga tashrifi doirasida ertasi kuni rasmiy muloqotlar o‘tkazdi. Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov va Yevropa Ittifoqi prezidenti Mishel ikki tomonlama munosabatlar va mintaqaviy masalalarni muhokama qildi.

Hurmatli tinglovchilar, Turkiy Respublikalar Prezidentlari va Vengriya Bosh vaziri 2023-yil 3-iyun kuni uchinchi marta Turkiya Respublikasi Prezidenti etib saylangan Rajap Tayyip Erdo‘g‘anning innaguratsiya marosimida ishtirok etdi. Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyanning ham ushbu tadbirda ishtirok etishi Janubiy Kavkazning rivojlanishi uchun kelgusi davrda ijobiy o'zgarishlar bo'lishiga ishora qilmoqda.

Hurmatli tinglovchilar, dasturimiz o’z nihoyasiga yetdi. Kelgusi dasturimizda uchrashguncha xayr, salomat bo'ling.


Tanlangan kalimalar: #Yevrosiyo

Aloqador xabarlar