Kelajakda sun’iy intellektni nazorat ostida tutish imkoni bormi yoki yo‘q?

“Kelajakda sun’iy intellektni nazorat ostida tutish imkoni bormi yoki yo‘q?” - degan savolning javobi haligacha noma’lum. (Qiziqarli ma'lumotlar dasturi-38)

1988894
Kelajakda sun’iy intellektni nazorat ostida tutish imkoni bormi yoki yo‘q?

Bir o‘yin orqali insonlar hayotiga kirgan, yana ana shu insonlar tomonidan algoritmlar asosida boshqarilgan sun’iy intellektni kelajakda nazorat ostida tutish imkoni bormi degan savolga javob qidirilmoqda. Insonlar o‘rniga qaror bergan sun’iy intellekt texnologiyalari, axloqiy qadriyatlardan tashqari to‘g‘ridan-to‘g‘ri tahdid tashkil etib-etmasligi esa noma’lum. 

***

Insonlar kundalik hayotda suhbat robotlari, avtonom transportlar va ovozli buyruq bilan ishlagan raqamli yordamchilari bilan aslida faqatgina tor va zaif sun’iy intellektdan foydalanmoqdalar.

Algoritmlarning yillar davomida “super intellekt” darajasiga erishishi bilan kelajakda insonni taqlid qilishdan nariga o‘tib-o‘tmasligi esa mubohasali masala.

Sun’iy intellektning vaqt o‘tishi bilan inson aqlidan ustun kelishi, ba’zi mutaxassislarga ko‘ra insoniyat uchun ijobiy natija berar ekan ba’zi mutaxassislarga ko‘ra esa bir falokatning boshlanishi sifatida ko‘rilmoqda.

Tesla rahbari Ilon Mask ham, “Sun’iy intellekt insoniyat uchun falokat bo‘lishi mumkin” degan fikrda, hozircha faoliyatlarning to‘xtatilishini talab qilmoqda.

“Yagonalik” deb atalmish taxminga ko‘ra, sun’iy intellekt bir kun kelib inson aqlini taqlid qilishdan nariga ham o‘tadi. Ushbu tahmin bilan, o‘zini insondan ustun ko‘rish iddiosidagi sun’iy intellektning bu nuqtaga kelib-kelmasligi esa spekulyatsiyaga ochiq nazariyadir. Ba’zi ekspertlarning fikriga ko‘ra, sun’iy intellektning g‘ayritabiiy evolyutsiyasi oddiy bir fitna nazariyasidir. Chunki mutaxassislar sun’iy intellektning algoritmlari ham, pastki kodlari ham vijdon va his-tuyg‘u kabi xususiyatlarga ega insonlar tomonidan yozilishini unutmaslik lozimligini ta’kidlamoqda.

Istanbuldagi Medipol universiteti Huquq fakulteti o‘qituvchisi professor doktor Ahmet Ulvi Turkbag‘ning ta’kidlashicha, kompyuter texnologiyalari bir kun kelib super aql darajasiga yetganida, dunyoni boshidan oxirigacha qayta dizayn qilishni istashi mumkinligini ifoda etmoqda.

Sun’iy intellekt va kelajak avlod

Germaniyada sun’iy intellektning jamiyatga ta’siri borasida tadqiqot ishlari olib borgan va raqamli transformatsiya sohasida Gamburg universitetida ma’ruzalar o‘qigan doktor Vilgelm Bielertning ta’kidlashicha, sun’iy intellekt texnologiyasi jamiyat va kelajak avlodga murakkab va ko‘p qirrali ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

“Sun’iy intellektning jamiyat va kelajak avlod ustidagi ta’siri uning qanday ishlab chiqilishi, qabul qilinishi va tartibga solinishiga bog‘liq bo‘ladi”,-degan Bielert, “Jamiyatning potentsial ta’sirlarni faol ravishda qo‘lga olishi, sun’iy intellektning mas’ul va axloqiy jihatdan ishlab chiqilishi va qo‘llanilishini ta’minlash juda muhimdir”.-dedi.

Nemis faylasufi Vinsent K. Myuller, texnologiya bilan rivojlangan sun’iy intellekt yoshlar va yosh bolalar hayotini tubdan o‘zgartirganini ta’kidladi.

Myuller bu o‘zgarish nafaqat salbiy, balki ijobiy holatlarga ham eshik ochayotganini ifoda etib, “Mahsuldorlikda katta yutuqlarga erisha olamiz, menimcha bu eng muhimi, bu o‘zimizga bog‘liq. Ushbu texnologiyadan qanday foydalanishni bizlar, biz insonlar hal qilamiz”.-deya gapirdi.

 



Aloqador xabarlar