Yevroosiyo kun tartibi - 35

Dasturimizning bugungi sonida Janubiy Kavkaz Respublikalari kun tartibidagi voqealar haqida so‘z qilamiz.

1980079
Yevroosiyo kun tartibi - 35

O‘tgan haftada Yevroosiyo respublikalarida muhim tashriflar va tadbirlar bo‘lib o‘tdi.

Xitoy Xalq Respublikasi Mudofaa vaziri Li Shanfu ilk xorij tashrifini 2023-yilning 16-18-apreli kunlari Rossiya Federatsiyasiga amalga oshirdi. 17-aprel kuni Rossiya Davlat rahbari Vladimir Putin Xitoy mudofaa vazirini qabul qildi. Li Shanfu ertasi kuni Rossiya Mudofaa vaziri Sergey Shoygu bilan uchrashdi. Uchrashuvda ikki davlat oʻrtasidagi mudofaa sohasidagi hamkorlikning ahamiyati taʼkidlandi. Eslatib o‘tamiz, AQSh Li Shanfuga nisbatan sanksiya kiritgandi.

2023-yilning 17-aprelida Tatariston Respublikasi raisi Rustam Minnixanovning Moldovaga kirishiga ruxsat berilmadi. Gagauziyada uyushtirilgan xalqaro xalq diplomatiyasi kongressida ishtirok etish uchun Moldovaga borgan Minnixanov, G‘arb tomonidan sanktsiya kiritilganlar ro‘yxatida bo‘lgani uchun aeroportdan qaytishga majbur bo‘ldi. Yaqinda Gagauziya prezidentligiga nomzod Viktor Petrov Tataristonga tashrif buyurib, Rustam Minnixonovni o‘z yurtiga taklif qilgandi.

Isroil Tashqi ishlar vaziri Eli Koen 2023-yil 19-20 apreli kunlari Ozarbayjon bilan Turkmanistonga diplomatik tusda tashrif uyushtirdi. Eli Koen Bokuda Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev tomonidan qabul qilindi. Ozarbayjon Tashqi ishlar vaziri Jayhun Bayramov bilan Eli Koen uchrashuvida, ikki davlat munosabatlariga oid turli masalalar muhokama qilindi.

Isroil Tashqi ishlar vaziri Koen 2023-yilning 20-apreli kuni Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov bilan uchrashdi va shu kuni turkmanistonlik hamkasbi Rashid Meredov bilan ikki tomonlama va mintaqaviy masalalar yuzasidan keng ko‘lamli uchrashuv o‘tkazdi. Ikkala vazir keyinchalik Isroilning Ashxoboddagi elchixonasining yangi binosini ochdi. Eli Koen so‘nggi 29 yil ichida Turkmanistonga tashrif uyushtirgan birinchi Isroil tashqi ishlar vaziri bo‘ldi. Ozarbayjondan keyin Turkmaniston ham Isroilda elchixona ochishni rejalashtirmoqda.

AQSh Davlat kotibi Entoni Blinken fevral oyining oxiri mart oyining boshida Qozog‘iston bilan O‘zbekistonga tashrif uyushtirgandi. AQShning Rossiya doirasidagi Yevroosiyo davlatlari bilan bo‘lgan munosabatlariga alohida e’tibor berayotgani oxirgi vaqtlarda tez-tez amalga oshirilayotgan uchrashuvlaridan ham ma’lum. Jumladan, 5-aprel kuni Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov yurtidagi amerikalik ishbilarmonlar hay’atini qabul qildi. 7-aprel kuni AQSh Davlat kotibining Janubiy va Markaziy Osiyo faoliyatlaridan mas’ul yordamchisi Donald Lu, Qirg‘iziston Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Aybek Moldog‘aziyev bilan Vashingtonda uchrashdi.

Donald Lu 22-27 aprel kunlari Qirg‘iziston bilan Tojikistonga tashrif uyushtirmoqda. AQSh Davlat kotibi o‘rinbosari Viktoriya Nuland 2023-yilning 19-20 apreli kunlari Mo‘g‘ulistonga tashrif uyushtirdi. Viktoriya Nuland poytaxt Ulanbatorda, Mo‘g‘uliston Bosh vaziri Luvsannamsrain Oyun-Erdene va Mo‘g‘uliston Tashqi ishlar vaziri Batmunh Batseseg bilan alohida-alohida uchrashdi. 19-aprel kuni Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev AQSh Davlat kotibining Yevropa va Yevroosiyo masalalari byurosi maslahatchisi o‘rinbosari Erika Olson bilan uchrashdi. Erika Olson huddi shu kuni Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyan bilan ham uchrashdi.

5-aprel kuni AQSh hukumati 3 nafar gruziyalik sudyaga sanksiya kiritganini ma’lum qildi.

 

 



Aloqador xabarlar