Yevrosiyo kun tartibi - 28

Dasturimizning bugungi sonida Janubiy Kavkaz davlatlarining kun tartibidagi voqealar haqida soʻz qilamiz.

1956935
Yevrosiyo kun tartibi - 28

 Oʻtgan hafta Janubiy Kavkaz respublikalarida muhim sammit va e’tiborga molik tashriflar boʻlib oʻtdi.

Shu doirada Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev 2023-yilning 27-fevrali kuni Rossiya Federatsiyasi Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrovni qabul qildi. Qabul chogʻida, oʻzaro munosabatlarni qiziqtirgan, mintaqaviy hamkorlik va muammolarga doir turli masalalar muhokama qilindi. Sergey Lavrov Bokudagi ikki kunlik tashrifi doirasida ozarbayjonlik hamkasbi Jayhun Bayramov bilan ham keng koʻlamli uchrashuvlar oʻtkazdi.

Rossiya va Armaniston Tashqi ishlar vazirlari 2023-yil 3-mart kuni Hindistonda uchrashdilar. Ararat Mirzoyan va Sergey Lavrov o‘rtasidagi uchrashuvda Ozarbayjon-Armaniston tinchlik jarayoni muhokama qilindi. E’tiborlisi, Armaniston so‘nggi paytlarda Hindiston bilan yanada yaqinroq hamkorlik qilmoqda.

2023-yil 2-mart kuni Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyan Germaniyaga amaliy tashrif uyushtirdi. Nikol Pashinyan Berlinda Germaniya kansleri Olaf Shols bilan uchrashdi. Bosh vazirlar uchrashuvidan keyin mushtarak matbuot anjumani uyushtirdi. Bosh vazir Nikol Pashinyan 3-mart kuni Germaniya Prezidenti Frank-Valter Shtaynmayer bilan uchrashdi. Armaniston Bosh vaziri shuningdek, Germaniya parlamentida deputatlar oldida chiqish qildi. Pashinyan Germaniyadagi bayonotlarida Turkiya bilan munosabatlarni yaxshilashni xohlayotganliklarini takrorladi.

Rossiya fuqaroligidan chiqib, Qorabogʻga kelgan Ruben Vardanyan mahalliy hukumat bosh vaziri boʻldi ammo Ozarbayjon bosimi natijasida oʻz lavozimidan majburan voz kechdi.  Umuman olganda, Qorabogʻdagi vaziyat Rossiya va Gʻarb oʻrtasidagi bahs mavzusi boʻlishni davom etmoqda. Rossiya Yevropa ittifoqi tomonidan Qorabogʻga yuborilgan kuzatuvchilardan bezovta. Dekabr oyida boʻlib oʻtishi rejalashtirilgan uch tomonli (Rossiya-Ozarbayjon-Armaniston) uchrashuvning Armaniston tomonidan bekor qilinishi, Bosh vazir Pashinyanning Kollektiv Xavfsizlik shartnomasi tashkiloti sammitining yakuniy deklaratsiyasini imzolamagani, tashkilot tomonidan 2023-yili oʻtkaziladigan harbiy mashgʻulotlarni bekor qilishi kabi oʻzgarishlar, Rossiya va Armaniston munosabatlarining oxirgi vaqtlarda istalgan saviyada emasligidan dalolat bermoqda.

2023-yil 2-mart kuni Boku shahrida Qo‘shilmaslik harakatining Covid-19 ga qarshi kurash bo‘yicha Aloqa guruhi sammiti bo‘lib o‘tdi. Sammitda Bosniya va Gertsegovina, Iroq, Liviya, O‘zbekiston va Turkmaniston Prezidenti, Kuba, Gabon, Tanzaniya vitse-prezidenti, Jazoir va Keniya Bosh vaziri, Birlashgan Millatlar Tashkiloti, Turk davlatlari tashkiloti kabi xalqaro tashkilotlarning yetakchilari jami 70 davlatdan vakillar ishtirok etdi. Sammit yakunida Boku deklaratsiyasi qabul qilindi. Sammit doirasida Prezident Ilhom Aliyev davlat rahbarlari bilan ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazdi.

Ozarbayjon, Qoʻshilmaslik Harakatining muddatli raisligini a’lo darajda yuritdi. Covid-19 davrida Ozarbayjon 80 dan ortiq davlatga yordam koʻrsatdi. Qoʻshilmaslik harakati sammiti va muddatli raisligi Ozarbayjonning xalqaro maydondagi salmogʻini oshirdi.

Armanistonning Ozarbayjon bilan muammolari haqida boshqalarga shikoyat qilishi, Tehron maʼmuriyatining ayrim provokatsion harakatlari Ozarbayjonning yuksalishiga toʻsqinlik qila olmaydi. Rossiya bilan rivojlanayotgan strategik hamkorlik, ham Sharq-G‘arb, ham da Janub-Shimol transport yo‘laklarida Ozarbayjonning asosiy davlatga aylanishi buning ochiq-oydin koʻrsatkichidir.



Aloqador xabarlar