Yevroosiyo kun tartibi - 26

Dasturimizning bu galgi sonida, Yevroosiyo mamlakatlari kun tartibidagi muhim voqealar haqida so‘z qilamiz.

1950192
Yevroosiyo kun tartibi - 26

O‘tgan haftada Yevroosiyo mamlakatlari rahbarlari chet elga muhim tashriflar uyushtirdi. Shu doirada Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarov 2023-yilning 12-14-fevrali kunlari rasmiy tashrif bilan Vengriyada bo‘ldi. Poytaxt Budapeshtda Prezident Sadir Japarov Vengriya Prezidenti Katalin Novak tomonidan rasmiy marosim bilan kutib olindi. Sadir Japarov Budapeshtda Vengriya Prezidenti Katalin Novak, majlis raisi Vaslo Kover va Bosh vazir Viktor Orban bilan alohida-alohida uchrashuv o‘tkazdi. Prezidentlar tomonidan strategik hamkorlikni rivojlantirish boʻyicha qoʻshma deklaratsiya qabul qilindi. Vengriya va Qirg‘iziston o‘rtasida oltita shartnoma imzolandi. Prezident Japarov, tashrifi doirasida Vengriya-Qirg‘iziston biznes forumining ochilishida ishtirok etdi. Tashrif doirasida Vengriya-Qirg‘iziston rektorlarining 1-konferentsiyasi bo‘lib o‘tdi.

Turkmaniston majlisi raisi Gurbanguli Berdimuhamedov 11-12 fevral kunlari Birlashgan Arab Amirliklariga tashrif uyushtirdi. Gurbanguli Berdimuhamedov ushbu tashrifi doirasida Birlashgan Arab Amirliklari Prezidenti Muhammad bin Zoid an-Nahyon va Bosh vazir o‘rinbosari Mansur bin Zaid an-Nahyon bilan uchrashdi. Turkmaniston majlisi raisi Gurbanguli Berdimuhamedov Abu-Dabi taraqqiyot jamg‘armasi, Masdar, ADNOC va Abu-Dabi porti rahbarlari bilan ham uchrashuvlar o‘tkazdi. Unda, Turkmanistonga kiritiladigan sarmoyalar va ikki tomonlama munosabatlarga oid turli masalalar muhokama qilindi. Tashrif yuzasidan qo‘shma bayonot chop etildi va o‘zaro anglashuv memorandumi imzolandi.

Ozarbayjon Milliy majlisi raisi Sohiba Gafarova, 12-fevral kuni uch kunlik rasmiy tashrif bilan Rossiyada bo‘ldi. Gafarova 13-fevral kuni Duma spikeri Vyacheslav Volodin bilan uchrashdi. Uchrashuv yakunida ikki davlat majlislari o‘rtasida o‘zaro anglashuv memorandumi imzolandi. 14-fevral kuni Ozarbayjon Milliy majlisi raisi Sohiba Gafarova Rossiya Federatsiyasi majlisi raisi Valentina Matviyenko bilan uchrashdi.

Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev 2023-yil 17-fevral kuni Myunxen xavfsizlik konferensiyasida ishtirok etish uchun Germaniyaga yo‘l oldi. Tashrif doirasida Prezident Aliyev, Yevropa ittifoqi kengashi raisi Sharl Mishel va boshqa rasmiylar bilan uchrashdi. Uchrashuvda Janubiy Kavkaz masalalari va energiya ta’minoti mavzulari muhokama qilindi.

o‘tgan hafta Yevroosiyo davlatlarining kun tartibida 2023-yilning 6-fevrali kuni Turkiyada sodir bo‘lgan kuchli yer silkinishilari ham mutlaqo o‘rin oldi. Mazkur tabiiy ofatda 40 mingdan ortiq inson halok bo‘lar ekan, 100 mingdan ortiq inson jarohat oldi.

Yevroosiyo davlatlari bor imkonlari bilan Turkiya uchun safarbar bo‘ldilar. Turkiyadagi yer silkinishiga Yevroosiyoning barcha davlatlari befarq qolmadi va qidiruv-qutqaruv guruhlarini yubordi. Bu davlatlarda to‘plangan yordam ashyolarini haligacha samolyot va yuk tashuvchi mashinalar orqali Turkiyaga yuborish ishlari davom etmoqda. Deyarli barcha Yevroosiyo davlatlarida insonlar Turkiyadagi tabiiy ofat qurbonlari uchun pul ham yig‘moqda. Ozarbayjon, Gruziya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, O‘zbekiston va Gagauziya prezidentlari, Gruziya Bosh vaziri, Duma raisi o‘rinbosari, vazirlar Turkiya elchixonalariga borib, hamdardlik bildirdilar. Ozarbayjon, Armaniston va O‘zbekiston tashqi ishlar vazirlari, Qirg‘iziston favqulodda vaziyatlar vaziri mazkur voqea sababli Turkiyaga tashrif uyushtirdi. Yevroosiyo mamlakatlari parlamentlari ish boshlar ekan, Turkiyadagi ofatda halok bo‘lganlarni yodga oldilar.

 



Aloqador xabarlar