Yevrosiyo kun tartibi - 17

Dasturimizning bugungi sonida oʻtgan hafta Yevrosiyo geografiyasida kun tartibiga chiqqan muhim voqealar haqida soʻz qilamiz.

1925231
Yevrosiyo kun tartibi - 17

Oʻtgan haftada Turk Respublikalarining kelajagi uchun muhim voqealar yuz berdi. Qozog‘iston va O‘zbekiston ittifoq shartnomasi imzoladilar. 2022-yilning 21-22-dekabri kunlari Qozog‘iston Prezidenti Qasim - Jomart Toqayev davlat tashrifi bilan O‘zbekistonda bo‘ldi. Aeroportda Qasim - Jomart Toqayevni shaxsan O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev kutib oldi. Muzokaralar yakunida O‘zbekiston-Qozog‘iston ittifoqi va O‘zbekiston-Qozog‘iston davlat chegarasini chizish to‘g‘risida bitim imzolandi. Toshkentda ikki davlat oʻrtasida 17 ta shartnomaga qoʻl qoʻyildi. Prezidentlar qo‘shma loyihalarni birgalikda boshlatdilar. Ikki davlat o‘rtasida hukumatlar va parlamentlararo qo‘mitalar tashkil etish to‘g‘risida qaror qabul qilindi. Tashrif doirasida 21-dekabr kuni O‘zbekiston-Qozog‘iston hududlararo biznes-forumi uyushtirildi. Sharqda O‘zbekiston va Qozog‘iston, G‘arbda Ozarbayjon va Türkiye o‘zaro yaqin hamkorlik namunasini ko‘rsatmoqda. Bu holat ayniqsa Turk Davlatlari tashkiloti va umuman Turk dunyosi kuchiga katta kuch qoʻshadi.

Joriy yilning 20-dekabr kuni Qozog‘iston Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev, Turk Davlatlari Tashkiloti Bosh kotibi Kubanicbek Oʻmuraliyevni qabul qildi. Qabul chogʻida tashkilot faoliyatlari muhokama qilindi. Turk Davlatlari Tashkilotining navbatdagi 10-sammiti 2023-yili Qozog‘istonda o‘tkaziladi.

Türkiye va Qirgʻiziston Prezidentlari 18 - dekabr kuni Butunjahon Futbol turniri final uchrashuvi uchun borgan Qatarda uchrashdilar. Unda, oʻzaro munosabatlarga doir turli masalalar qoʻlga olindi.

Turk davlatlarining kuchayishi ayrim davlatlarni xavotirga solmoqda. Kreml maʼmuriyati oʻtgan yili Tatariston Prezidentining “Prezident” unvonidan foydalanishni taqiqlagan edi. Shundan so‘ng, Tatariston Respublikasi majlisi “Prezident", rus tilida “Glava” ya’ni “Boshliq” unvonidan foydalanishni rad etib, “Boshliq - Rais” unvonini qo‘llashni taklif qildi. “Rais”, arab davlatlarida “Davlat rahbari” uchun ishlatiladi.

Yevrosiyo geografiyasida oʻtgan hafta sodir boʻlgan voqealar orasida Saudiya Arabistoni bilan bogʻliq voqealar ham diqqatlarni oʻziga tortdi. Jumladan, 2022-yilning 18-dekabr kuni Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev Ozarbayjon-Saudiya Arabistoni hukumatlararo qo‘shma komissiyasi hamraisi, Saudiya Arabistoni investitsiyalar vaziri Xalil bin Abdulaziz boshchiligidagi Saudiya Arabistoni delegatsiyasini qabul qildi. Unda, ikki tomonlama munosabatlarga doir turli masalalar muhokama qilindi.

Oʻtgan yilning 19-dekabr kuni Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov poytaxt Ashxobodda mamlakatga amaliy tashrif bilan kelgan Saudiya Arabistoni Tashqi ishlar vaziri Faysal bin Farhonni qabul qildi. Qabul chogʻida ikki tomonlama munosabatlarga doir turli masalalar qoʻlga olindi. Tashqi ishlar vaziri Faysal bin Farhon, turkmanistonlik hamkasbi Rashid Meredov bilan maslahat mazmunida uchrashuv oʻtkazib, Saudiya Arabistoni elchixonasining yangi binosini ochib berdi. 

2022-yil 21-dekabr kuni Gruziya Bosh vaziri Irakliy Gariboshvili, Saudiya Arabistoniga tashrif uyushtirdi. Bosh vazir Gariboshvili poytaxt Riyodda valiahd shahzoda Muhammad bin Salmon bilan uchrashdi. Uchrashuvda iqtisodiyot, turizm, transport va sarmoyaviy sohalardagi ikki tomonlama munosabatlarning holati muhokama qilindi.

Yuqorida qayd etilgan voqealardan koʻrinib turibdiki, oʻtgan hafta Turk Respublikalari uchun ancha samarali oʻtdi. Qozog‘iston va O‘zbekiston tarixiy ittifoq shartnomasini imzoladilar.



Aloqador xabarlar