Yevrosiyo kun tartibi-14

Dasturimizning bugungi sonida Armanistonda bo'lib o'tgan Kollektiv Xavfsizlik Shartnomasi Tashkilotining sammiti va tashkilotning kelajagi muhokama qilindi.

1913256
Yevrosiyo kun tartibi-14

 

2022-yil 24-noyabr kuni Armaniston poytaxti Yerevan shahrida Kollektiv Xavfsizlik Shartnomasi Tashkilotining Sammiti boʻlib oʻtdi. Sammitda Belarus, Armaniston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Rossiya va Tojikiston rahbarlari ishtirok etdi. Sammitda dolzarb mintaqaviy va xalqaro muammolar, tashkilot kun tartibidagi muammolar va hamkorlik imkoniyatlari muhokama qilindi. Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan sammit yakunlari boʻyicha hujjatda Ozarbayjonning tajovuzkor davlat sifatida ifodalanishini talab qildi. Boshqa davlatlar buni qabul qilmagani uchun Pashinyan bu hujjatni imzolamay norozilik bildirdi. Ommaviy axborot vositalarida Armanistonning tashkilotdan chiqishi haqida xabarlar paydo bo‘ldi. Bu tashkilotning kelajagi qanday shakllanishi masalasini ko‘taradi.

Armanistondagi ba'zi guruhlar, tashkilot Ozarbayjon-Armaniston urushida Yerevanga yordam bermaganligi sababli Armanistonning Kollektiv Xavfsizlik Shartnomasi Tashkilotidan chiqishini talab qilmoqda. Sammit kuni Yerevan ko‘chalarida Rossiya va tashkilotga qarshi norozilik namoyishlari bo‘lib o‘tdi. Hozirgi sharoitda Armanistonning tashkilotdan chiqishi mumkin emas. Chunki Armaniston Rossiya tinchlikparvar kuchlariga muhtoj. Bosh vazir Pashinyanning Sammitdagi noroziligini ichki siyosat nuqtai nazaridan ham mulohaza qilish kerak.

Sammitdan soʻng, Qozogʻiston prezidentlik saytida sobiq bosh vazir Imangali Tasmagambetov 2023-yil 1-yanvardan boshlab tashkilot bosh kotibi etib tayinlanishi haqida maʼlumot tarqatildi. Bu holat Armanistonning tashkilotdan o'zi xohlaganchalik yordam ololmasligini, tashkilotning Qorabog' muammosiga nisbatan hozirgi munosabatining davom etishini ko'rsatmoqda. Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev Sammit oldidan bayonot berib, Kollektiv Xavfsizlik Shartnomasi Tashkilotida Ozarbayjonning Armanistondan ko'ra ko'proq do'stlari borligini e'lon qildi. Rossiya oʻzini Armanistonning himoyachisidek koʻrsatsa-da, Qorabogʻ masalasida Ozarbayjon va Turkiyaga qarshi turolmasligi aniq.

Hurmatli tinglovchilar, Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko Sammitdagi nutqida tashkilot taqdiri Rossiyaning Ukrainadagi maxsus operatsiyasining muvaffaqiyatiga bog‘liqligini, agar Rossiya mag‘lub bo‘lsa, tashkilot barbod bo‘lishini aytdi. Mintaqaviy xavfsizlikni ta’minlash maqsadida Rossiya yetakchiligida tashkil etilgan tashkilotning kelajagi haqiqatdan ham bevosita Rossiyaning vaziyatiga bog‘liq.

Qolgan 30 yil davomida Kollektiv Xavfsizlik Shartnomasi Tashkiloti sezilarli muvaffaqiyatlarga erisha olmadi. Qirg‘iziston-Tojikiston, Qirg‘iziston-O‘zbekiston, Ozarbayjon-Armaniston chegara masalalarida tashkilot o‘z og‘irligini qo‘yib, muammolarning yechimiga hissa qo‘sha olmadi.

A'zo davlatlar soni boshida to'qqizta bo'lgan bo'lsa, vaqt o'tishi bilan oltitaga kamaydi. Hozirgi sharoitda tashkilotning kengayishi haqida gap bo'lishi mumkin emas.

Ukraina-Rossiya urushida Belarusdan tashqari tashkilotga a’zo davlatlar Rossiyaning Ukrainadagi “harbiy amaliyoti”ni qo‘llab-quvvatlovchi bayonotlar bermadi.

O‘tgan yanvar oyida Qozog‘istonda sodir bo‘lgan voqealarda tashkilot tinchlikparvar kuchlari Qozog‘istondagi vaziyatni barqarorlashtirishga hissa qo‘shgan. Bu tashkilot tarixidagi eng muhim voqea hisoblanadi. Ammo bu muvaffaqiyat ham tashkilotning NATO modelidagi xalqaro xavfsizlik tashkilotiga aylanmasdan, balki mintaqaviy politsiya kuchlari mavqeida ekanini ko'rsatadi.



Aloqador xabarlar