Yevrosiyo kun tartibi 13- qism

Dasturimizning bugungi qismida Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyevning Albaniyaga tashrifi alohida ta’kidlanadi.

1910593
Yevrosiyo kun tartibi 13- qism

 

Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyevning Albaniyaga tashrifi 

Dasturimizning bugungi qismida Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyevning Albaniyaga tashrifi alohida ta’kidlanadi.

Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev 2022-yil 15-noyabr kuni Albaniyaga ilk rasmiy tashrifini amalga oshirdi. Albaniya Prezidenti Bajram Begaj Ozarbayjonlik hamkasbini Brigada saroyida marosim bilan kutib oldi. Ikki tomonlama va delegatsiyalararo uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi. Muzokaralardan so‘ng ikki davlat prezidentlari ommaviy axborot vositalari vakillari uchun matbuot anjumani o‘tkazdi.

Matbuot anjumanida Prezidentlar energetika, turizm, iqtisodiyot va savdo kabi sohalarda hamkorlik qilish imkoniyatlarini bildirdi. Prezident Ilhom Aliyev, Albaniya energetika infratuzilmasini rivojlantirishga sarmoya kiritishga tayyor ekanliklarini va mamlakatni tabiiy gaz tarmog‘i bilan jihozlay olishlarini bildirdi. Bundan tashqari, ikki davlat kelasi yildan boshlab Oliy hamkorlik kengashi yig‘ilishini o‘tkazishga qaror qildi.

Kelishilgan yana bir muhim qaror, Ozarbayjonning Tiranada elchixonasini ochishi. Ma'lumki, Ozarbayjonning Afinadagi elchisi Tiran elchisi vazifasini birgalikda yurutib kelmoqda.

Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev tashrifi doirasida Albaniya Bosh vaziri Edi Rama bilan alohida uchrashdi. O‘tgan aprel oyida Albaniya Bosh vaziri Rama Ozarbayjonga rasmiy tashrifi doirasida Bokuda Prezident Aliyev bilan uchrashgan edi.

Voqealar rivojidan ko'rinib turibdiki, Ozarbayjon-Albaniya munosabatlari rivojlanib bormoqda. Tomonlar birinchi navbatda energetika sohasidagi hamkorlikni rivojlantirmoqda. Ikki davlat uzoq yillardan buyon Transadriatik gaz quvuri loyihasi ustida hamkorlik qilib kelmoqda. Ozarbayjon o'tgan iyul oyida Yevropa Ittifoqi bilan imzolagan tabiiy gaz miqdorini ikki baravar oshirish bo'yicha kelishuvni amalga oshirgan bo'lsa, Albaniya ham xaridor, ham tranzit mamlakat sifatida ajralib turadi. Shu nuqtai nazardan, dekabr oyida Turkmanistonda bo'lib o'tadigan Ozarbayjon-Turkiya-Turkmaniston uch tomonlama sammiti katta ahamiyatga ega. Energetika sohasidagi bu o'zgarishlarga nazar tashlaydigan bo'lsak, Ozarbayjon-Albaniya munosabatlari bundan buyon yanada rivojlanadi, deb aytishimiz mumkin. Rossiya-G'arb inqirozi davom etar ekan, Ozarbayjon Yevropaning energiya xavfsizligi uchun ko'proq mas'uliyatni o'z zimmasiga oladi.

Ozarbayjon-Albaniya siyosiy munosabatlari ham yuqori darajada. Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev ilk bor Albaniyaga tashrif buyurgan boʻlsa-da, Albaniya rahbarlari Ozarbayjonga tez-tez tashrif buyurishadi. Masalan, Albaniyaning sobiq prezidenti Ilir Meta o‘tgan yilning iyun oyida 9-Global Boku forumida ishtirok etib, prezident Aliyev bilan uchrashgan edi. Albaniya Prezidentlari Global Boku forumida muntazam qatnashadilar. Bosh vazir Edi Rama yetti oy oldin Ozarbayjonga tashrif buyurgani haqida avvalroq aytib o‘tgandik. Tomonlar Birlashgan Millatlar Tashkiloti, Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkiloti, NATO, Qora dengiz hamkorlik tashkiloti va Islom hamkorlik tashkiloti kabi xalqaro tashkilotlarda hamkorlikni davom ettirmoqda.Boku va Tirana hukumatlari xalqaro maydonda bir-birini qo‘llab-quvvatlamoqda.

Umuman olganda, Ozarbayjonning G‘arb davlatlari bilan aloqalari ham rivojlanib bormoqda. Agar Armanistonni qo‘llab-quvvatlayotgan Fransiyani hisobga olmasak, Boku ma’muriyati Yevropaning ko‘plab davlatlari bilan aloqalarini yuqori darajada saqlab, Yevropa davlatlariga sarmoya kiritmoqda.

Xulosa qilib aytish mumkinki, Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyevning Albaniyaga tashrifi juda samarali bo‘ldi va ikki tomonlama munosabatlar yangi bosqichga ko‘tarildi.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 



Aloqador xabarlar