Yevrosiyo kun tartibi - 09

Dasturimizning bugungi sonida Prezident Rejep Tayyip Erdo‘g‘anning Ozarbayjonga uyushtirgan tashrifi haqida so‘z qilamiz.

1898489
Yevrosiyo kun tartibi - 09

Türkiye Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdo‘g‘an 2022-yil 20-oktabr kuni Prezident Ilhom Aliyevning taklifiga binoan Ozarbayjonda bo‘lib qaytdi. Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev turkiyalik hamkasbini Jabroil shahrida rasmiy marosim bilan kutib oldi. Rasmiy marosimdan so‘ng prezidentlarning o‘zaro uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv yakunida Prezident Aliyev bilan Prezident Erdo‘g‘an mushtarak matbuot anjumani uyushtirdi.

Shundan so‘ng ikki davlat liderlari bir qancha ochilish marosimida ishtirok etdi. Shular qatorida, “Zangilon” xalqaro aeroportini ham ochib berdilar. Bir soatda 200 yoʻlovchiga xizmat koʻrsatish imkoniga ega bo‘lgan ushbu aeroport, Qorabogʻni xalqaro transport markaziga aylantiradigan muhim sarmoyaviy loyihalardan biridir. Turk pudratchilari tomonidan qurilgan aeroportning qurilishi, bir yarim yil davom etdi. Mintaqadagi uchinchi aeroportning Lochinda qurilishi ma’lum qilindi.

Ilham Aliyev bilan Rejep Tayyip Erdo‘g‘an, Zangilon tumanidagi Do‘st Agropark aqlli qishloq xo‘jaligi loyihasining birinchi bosqichini xizmatga ochdi. Bu yerda “Qorabog‘da ishlab chiqarilgan” degan etiket bilan dehqonchilik va chorvachilik mahsulotlari chiqarila boshladi.

Prezident Aliyev bilan Prezident Erdo‘g‘an, Goradiz-Agbend temir yo‘lidagi “Qumloq” poyezd stansiyasining poydevor qo‘yish marosimida ishtirok etdi. Temir yo‘li qurilishining, 2023 - yilning oxirigacha yakunlanishi kutilmoqda.

Prezidentlar, Jabroyil tumanidagi Ozarbayjon - Türkiye Xalqaro o‘rmon ta’lim markazi, Aqlli ko‘chatlar va do‘stlik o‘rmon kompleksining poydevor qo‘yish marosimida ham ishtirok etdilar. Tashrif yakunida Prezident Erdo‘g‘anni, Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev shaxsan kuzatib qo‘ydi.

Prezident Rejep Tayyip Erdo‘g‘anning Ozarbayjonga uyushtirgan tashrifi ikki davlat prezidentlari ishtirokidagi poydevor qo‘yish va ochilish marosimlari, Xalqaro Zangazur yo‘lagining ochilishiga tayyorgarlik ko‘rishdan iborat edi desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Nomi tilga olingan transport yo‘lagi ochilganida Türkiye bilan Ozarbayjon o‘rtasidagi quriqlik yo‘li 400 kilometrga qisqaradi. Bu orqali, Naxchivon Muxtor Respublikasi Ozarbayjonga qisqa yo‘l orqali bog‘lanadi.

Mintaqaga kiritilgan bunday yirik investitsiyalar ishg‘oldan qutqarilgan tumanlarning qisqa vaqtda rivojlanishiga yordam beradi. Investitsiya va qayta tiklash faoliyatlari ozarbayjonliklarning Qorabog‘ga qaytishini ham tezlashtiradi.

Oxirgi vaqtlarda muxolifatning tazyiklariga qaramay, Armaniston yetakchiligida ham Ozarbayjon va Türkiye munosabatlarini yaxshilash, tinchlik bitimini imzolash va Ozarbayjon-Armaniston chegarasini belgilab olish istagi borligi kuzatilmoqda. Armaniston homiyligini o‘z zimmasiga olgan Rossiya ham Janubiy Kavkazda tinchlik va barqarorlik hukm surishini xohlaydi. Ozarbayjon chegarasida ketma-ket harbiy mashg‘ulotlar uyushtirgan Eron Islom Respublikasi ham yangi transport yo‘lidan foydalanishi mumkin. G‘alaba qozonish tamoyiliga asoslangan hamkorlik, Janubiy Kavkazni xalqaro transport markaziga aylantirish ehtimoli bor.

Rossiya-G‘arb urushdan keyin Xalqaro Zangazur yo‘lagining ochilishining ahamiyati bir necha barobar ortdi. Yuqorida tilga olingan yo‘lakning ochilishi ham Sharqdan G‘arbga, ham da Janubdan Shimolga yuk tashish uchun yangi imkoniyatlar beradi. Quriladigan quriqlik va temir yo‘li mavjud masofalarni sezilarli darajada qisqartiradi. Ozarbayjon va Türkiye taklif qilgan “3+3” modelini hayotga tatbiq etish vaqti keldi.



Aloqador xabarlar