Yevrosiyo kun tartibi - 08

Dasturimizning bugungi qismida Qozog‘istondagi sammit va tashriflar muhokama qilinadi.

1895085
Yevrosiyo kun tartibi - 08

2022-yilning 12-15-oktabri kunlari Qozog‘iston poytaxti Ostona, o‘nlab davlatdan kelgan hay’atga mezbonlik qildi. 13-14 oktabr kunlari Ostona shahrida muhim xalqaro uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi. 13-oktabr kuni Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari bo‘yicha kengashning navbatdagi sammiti oʻtkazildi. Unda Ozarbayjon, Belarus, Xitoy Xalq Respublikasi, Vetnam, Falastin, Iroq, Eron, Qatar, Qirg‘iziston, Qozog‘iston, O‘zbekiston, Rossiya, Tojikiston va Türkiye prezidentlari yoki vitse-prezidentlari, Armaniston va Pokiston Bosh vazirlari, vazirlar, elchilar, jumladan, dunyoning 50 ta davlati vakillari va 5 ta xalqaro tashkilot bosh kotiblari ishtirok etdi. Sammit yakunida 7 moddadan iborat Ostona deklaratsiyasi qabul qilindi. Aytishimiz mumkinki, ushbu bayonotdagi eng muhim qaror, Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari bo‘yicha kengashning to‘laqonli xalqaro tashkilotga o‘tish jarayonini boshlash to‘g‘risidagi qaroridir. Sammitda shuningdek, Quvayt, tashkilotning yigirma sakkizinchi a’zo davlati sifatida qabul qilindi va Turkmaniston tashkilotga kuzatuvchi sifatida tanlab olindi.

14-oktabr kuni Ostona shahrida Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Davlat rahbarlarining sammiti uyushtirildi. Ushbu sammitda Moldova va Ukrainadan tashqari MDH tarkibidagi davlatlarining rahbarlari ishtirok etdi. Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev, MDH yigʻilishidagi nutqida, Minsk guruhi 28 yildan beri hech qanday natija bermaganini taʼkidladi. Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi Davlat rahbarlarining navbatdagi sammiti Qirgʻizistonda boʻlib oʻtishi maʼlum qilindi.

Huddi shu kuni Markaziy Osiyo davlatlari – Rossiya Federatsiyasining birinchi sammiti bo‘lib o‘tdi. Markaziy Osiyoning beshta respublikasi o‘zaro integratsiyani jadallashtirish, xalqaro maydonda hamkorlikda harakat qilish maqsadida dunyoning yetakchi davlatlari bilan muntazam ravishda 5+1 formatida uchrashuvlar o‘tkazib kelmoqda.

Ostona shahrida ham ko‘plab muhim o‘zaro va uch tomonlama uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi. Qirg‘iziston, Rossiya va Tojikiston prezidentlari oʻrtasida chegara muammolarini hal qilish maqsadida o‘tkazilgan uchrashuv, hech qanday natija bermadi.

Ostona shahrida o‘tkazilgan muhim xalqaro uchrashuvlar doirasida uchta davlat tashrifi ham amalga oshirildi. Qatar, Türkiye va Turkmaniston rahbarlari davlat tashrifi bilan Qozog‘istonda bo‘ldi. Türkiye va Qatar rahbarlarini aeroportdan Qozog‘iston Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev shaxsan kutib oldi. Liderlar oʻrtasidagi uchrashuvlardan soʻng Qozogʻiston va Qatar oʻrtasida 12 ta, Qozogʻiston bilan Türkiye oʻrtasida 6 ta, Qozogʻiston bilan Turkmaniston oʻrtasida 14 ta shartnoma imzolandi.

Ikki kun ichida 3 ta davlat tashrifi va 3 ta xalqaro uchrashuvga mezbonlik qilgan Qozog‘iston uchun bu tadbirlar katta ahamiyatga ega. Uni, muvaffaqiyatli oʻtkazgan Qozogʻiston, xalqaro maydonda muhim oʻringa ega ekanini yana bir bor yaqqol namoyon etdi.

Dunyo siyosatida Osiyoning ahamiyati kun oʻtgan sayin ortib bormoqda. Birinchi marotaba 1992-yili o‘tkazilgan Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari bo‘yicha kengashning ahamiyati bundan buyon yanada ortadi. Chunki Osiyoning 90 foizini birlashtirgan ushbu tashkilot, Ostonadagi sammitdan so‘ng jiddiy xalqaro platformaga aylandi.


Tanlangan kalimalar: #Markaziy Osiyo , #Qozogʻiston , #Ostona

Aloqador xabarlar