Türkiyening kuchi - qudrati: Geotermal energiya

Turkiya geotermal issiqxona bo‘yicha dunyoda birinchi beshlikka kiradi.

1890725
Türkiyening kuchi - qudrati: Geotermal energiya

O‘simliklarni yetishtirishda eng muhim unsurlardan biri bu issiqlikning yetarli miqdorda yetkazib berilishidir. Shu bois issiqxonalar uchun Türkiyeda ko‘proq, mamlakatning janubiy qismi tanlanmoqda. Chunki issiqxonalar yetarli issiqlik uchun yoqilg‘i va isitish tizimlariga muhtoj. Bu esa, xarajat nuqtai nazaridan issiqxonachilar sharoiti va imkonini cheklamoqda.  

Issiqxonalarni geotermal resurslardan foydalangan holda isitish, moliyaviy yukni sezilarli darajada yengillashtiradi. Hatto, yil davomida havo harorati o‘simliklar yetishtirishga mos bo‘lmagan hududlarda ham, geotermal resurs tufayli ishlab chiqarish 11 oy davom etadi.

Geotermal issiqxonadan muvaffaqiyatli foydalanish uchun eng asosiy talab bu, geotermal resursdir va Türkiye bu jihatdan boy davlat desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Energiya salohiyatini qishloq xo‘jaligiga yetkazib berish, Türkiyeni geotermal ishlab chiqarishda muvaffaqiyatli mamlakatga aylantirmoqda.

Türkiye geotermal issiqxona bo‘yicha dunyoda birinchi beshlikka kiradi

Türkiye geotermal uyushmasi tomonidan qayd etilishicha, 2022-yil holatiga ko‘ra, Türkiye geotermal issiqxona bo‘yicha dunyoda birinchi beshlikka kiradi. Hatto geotermal kuchi yo‘q davlatlar ham imkon topib, issiqxona qurishga harakat qilmoqda. Türkiyeda geotermal issiqxonani qo‘llash maydoni 5 ming 293 gektarni tashkil etadi.

Geotermal issiqxonaning yana bir afzalligi shundaki, mahsulotlarda gormonlar ishlatilmaydi. Pomidorlar Türkiyeda asosan geotermal issiqxonalarda ishlab chiqariladi va ular eksport qilinadi. Bundan tashqari qalampir, bodring, qulupnay, banan kabi mahsulotlar ham yetishtiriladi.

Türkiyening geotermal resurslari va undan foydalanish hududlari

Türkiye geotermal hudud bo‘yicha dunyoda 4-oʻrinda, Yevropada esa 2-oʻrinda.

Bugungi kunda geotermal energiya hajmi 2 ming 880 megavatt.

Geotermal resurs salohiyati 30 ming gektar issiqxona maydonini isitish imkoniyatiga ega.

Hozirda qariyb 5 ming 293 gektarlik issiqxona, geotermal energiya bilan isitilmoqda.

Mamlakatda eng ko‘p kurortlar, turar-joylar, issiqxona va mehmonxonalarda geotermal energiyadan foydalanilmoqda.

Türkiyeda geotermal energiya bilan isitilgan issiqxonalar asosan Egey dengizi, Markaziy va Janubi-Sharqiy Anadolu mintaqalarida uchraydi.

Geotermal issiqxonada yetishtirilgan mahsulotlaningr 92% sabzavot, 7% meva va 1% manzarali oʻsimliklardan iborat.

 

 



Aloqador xabarlar