NASA nima uchun kosmik loyihasini "Artemida" deb nomladi?

AQShning Aeronavtika va kosmik tadqiqotlar milliy boshqarmasi - NASA so'nggi 10 yil davomida ishlab kelayotgan kosmik missiyasini yakunladi. U Artemis 1 Oy missiyasini ishga tushirishni kamida noyabrgacha kechiktirdi.

1887030
NASA nima uchun kosmik loyihasini "Artemida" deb nomladi?

 

Qadimgi Yunonistondan kosmik texnologiyaga: Artemida

AQShning Aeronavtika va kosmik tadqiqotlar milliy boshqarmasi - NASA so'nggi 10 yil davomida ishlab kelayotgan kosmik missiyasini yakunladi. U Artemis 1 Oy missiyasini ishga tushirishni kamida noyabrgacha kechiktirdi.

AQShning Aeronavtika va kosmik tadqiqotlar milliy boshqarmasi - NASA 50 yil o'tib Oyga qadam qo'yishga tayyorgarlik ko'rmoqda, bu safar Artemis nomli kosmik kema bilan. Yoqilg'i oqishi sababli 29 avgust kuni belgilangan sanada amalga oshirilmagan NASAning kosmik missiyasi haqidagi har bir tafsilot butun dunyoda qiziqish uyg'otmoqda. Ushbu loyihaning nomi: Artemida.

Bundan 53 yil muqaddam insoniyat birinchi marta Oyga qadam qo'yishi Apollon 11 nomi bilan tarix sahifalaridan joy oldi. NASA oxirgi marta Apollon missiyasini 1972 yilda amalga oshirgandi. Ushbu missiya bu safar “Artemida” nomi bilan amalga oshirilmoqda.

Xo'sh, loyihalarga bu nomlarni qo'yishning sababi nimada?

Artemida kim?

Artemida yunon mifologiyasida Leto va Zevsning qizi va Apollonning egizaki sifatida tanilgan. Artemida - yunon orollarida joylashgan Mikonos yonidagi kichik orollardan biri Delosda tug'ilgan mifologik tangricha.

Har bir jamiyat ushbu tangrichaga turli nomlar berdi va Artemida ming yillar davomida butun O'rta yer dengizi havzasidagi deyarli barcha jamiyatlarda (Mesopotamiya, Suriya, Misr, Girit va boshqa O'rta yer dengizi orollari, Gretsiya, Italiya, Galya) mavjud edi.

 

NASA nima uchun kosmik loyihasini "Artemida" deb nomladi?

NASAning ushbu loyihasi bilan ayol astronavt birinchi marta Oyga qadam qo'yadi. Dasturning nomi mifologiyadagi tangrichalar orasidan tanlangan. Artemida yunon mifologiyasida Apollonning egizak singlisi sifatida tanilgan. Artemida mifologiyada cho'l, ov, kamondan otish va oy ma'budasi sifatida o'rin olgan.

 

Artemida ibodatxonasi

Kunimizda Izmirning Selchuk tumanidagi Efes qadimiy shahrida yunon mifologiyasida muhim o'rin tutgan Artemidaga bag'ishlab qurilgan eng ko’rkamli ma'bad qad rostlab turadi. Marmardan qurilgan ma'bad miloddan avvalgi 550 yilda qurib bitkazilgan. Qurilishi Lidiya qiroli Kroisos tomonidan boshlangan ma'bad 120 yillik o’tmishga ega.

Kunimizda dunyoning yetti mo‘jizasidan biri hisoblangan ushbu ibodatxonadan bir necha marmar parchalari qolgan xalos.

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #Artemida , #NASA

Aloqador xabarlar