Istanbuldagi Galata minorasining tarixini bilasizmi?

Bularni bilasizmi-03

1881606
Istanbuldagi Galata minorasining tarixini bilasizmi?

 

Istanbuldagi Galata minorasi dunyodagi eng qadimiy minoralardan biri ekanligini bilasizmi?

YuNESKOning Butunjahon merosi ro'yxatiga kiritilgan va dunyodagi eng qadimiy minoralar qatorida sanalgan Galata minorasi Istanbulning ramziy obidalaridan biridir. Ushbu ko’rkamli minora Istanbulning Yevropa tomonidagi Beyog'lu dahasida joylashgan bo’lib, u Bosforga qaragan holatda qad rostlagan.

Galata minorasi birinchi marta milodiy 508 yilda Vizantiya imperatori Yustinian tomonidan qurilgan. Ko'plab urushlarga guvoh bo'lgan minora 1349 yilda genuyaliklar tomonidan qayta tiklangan. 1500-yillarda zilziladan zarar ko'rgach, qayta ta'mirlangan minoraning yuqori qavatiga III. Selim davrida oyna qo'shilgan. 1831 yilda minora yana yong'inga uchragan va yana qayta ta'mirlangan. II. Mahmut davrida minoraga yana ikki qavat ilova qilinadi va minoraning tepasi mashhur konus shaklidagi tom bilan o’raladi. 1967 yilda ta'mirlangan minora oxirgi marta 2020 yilga kelib restavratsiya qilingan.

Asrlar davomida Istanbulni bezab turgan Galata minorasi fonar sifatida qurilgan boʻlsa-da, tarix davomida zindon, rasadxona, otash minorasi kabi turli maqsadlarda foydalanilgan. Jami 11 qavatdan iborat bo'lgan minoraning balandligi 69 metr, maydoni esa 208 kvadrat metrni tashkil etadi. Ushbu tarixiy minora oddiy dizaynga ega bo'lsa-da, bu juda ajoyib tuzilishga ega.

Istanbulda ziyorat qilinadigan joylar deganda birinchi bo’lib, aqlga keladigan joylardan biri bo'lgan Galata minorasi bugungi kunda muzey sifatida foydalanilmoqda va mahalliy hamda xorijiy sayyohlar tomonidan sevib tomosha qilinmoqda.


Tanlangan kalimalar: #Galata minorasi , #Istanbul

Aloqador xabarlar