Turk lokumining yuzlab yillik tarixi borligini bilasizmi?

Bularni bilasizmi-01

1878121
Turk lokumining yuzlab yillik tarixi borligini bilasizmi?


Usmoniylar davrida saroy oshxonasining voz kechilmas shirinligi bo'lgan lokum, yuzlab yillik tarixga ega.

Miloddan avvalgi 226-652 yillar orasida Fors imperiyasida hukmronlik qilgan Sosoniylar tomonidan ko'p iste'mol qilingan "abhisa" shirinligi turk lokumining kelib chiqishiga sabab bo'lgan.
Anadolu geografiyasida ehtimol 15-asrda qayta kashf etilgan lokum 17-asrda juda mashhur ta'mga aylandi. 18-asrda u Yevropada sayohatchilar orqali tan olindi va u yetib borgan har bir mamlakatda mashhur bo'ldi.

Talabning ortishi bilan 1777 yilda Usmoniy imperiyasida ommaviy ishlab chiqarish boshlandi. Dastlab asal, meva siropi va unni aralashtirish orqali ishlab chiqarilgan lokum kraxmal va shakar ixtiro qilinishi bilan ta'mi o'zgargan.
Turk lokumi odatda turk qahvasi bilan birga tortiq qilinadi. So'nggi paytlarda choy soatlarida shakar o'rnida iste'mol qilingan lokum to'yimli shirinlik sifatida iste'mol qilinadi.

Bugungi kunda yong'oq, findiq, pista, dolchin, atirgul va mevalar bilan ishlab chiqarilgan lokum turk oshxonasining eng shirin shirinligi sifatida iste'mol qilinadi.

 


Tanlangan kalimalar: #lokum , #Turkiya

Aloqador xabarlar