Yevrosiyo kun tartibi 52- qism

Turkiya Ovozi radiosida “Yevrosiyo kun tartibi” dasturimizning bugungi qismida O‘zbekiston Prezidentining Saudiya Arabistoniga tashrifi ustida  to’xtalamiz.

1872427
Yevrosiyo kun tartibi 52- qism

 

O’zbekiston Prezidentining Saudiya Arabiston tashrifi

 Turkiya Ovozi radiosida “Yevrosiyo kun tartibi” dasturimizning bugungi qismida O‘zbekiston Prezidentining Saudiya Arabistoniga tashrifi ustida  to’xtalamiz.

Hurmatli tinglovchilar, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qirol Salmon bin Abdulazizning taklifiga binoan 2022-yil 17-18-avgust kunlari davlat tashrifi bilan Saudiya Arabistonida bo‘ldi. Prezident Mirziyoyev 17 avgust kuni Madinani ziyorat etdi.

Shu kuni Prezident Mirziyoyev Jidda shahriga bordi. Valiahd shahzoda Muhammad bin Salmon Prezident Mirziyoyevni rasmiy marosim bilan kutib oldi. Keyin ikki tomonlama uchrashuv boʻlib oʻtdi. Uchrashuv yakunida ikki davlat oʻrtasida energetika, bojxona, aviatsiya, qishloq xoʻjaligi va sogʻliqni saqlash kabi sohalarni qamrab olgan 15 ta shartnoma imzolandi. Oʻzbekiston bilan Saudiya Arabistoni oʻrtasida har tomonlama hamkorlikni rivojlantirish toʻgʻrisida Qoʻshma  deklaratsiya qabul qilindi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev 18-avgust kuni Islom hamkorlik tashkiloti Bosh kotibi Husayn Ibrohim Tohani qabul qildi. Uchrashuvda tashkilotning O‘zbekiston bilan hamkorligi, Afg‘onistondagi vaziyat kabi masalalar muhokama qilindi. Eslatib oʻtamiz, Xiva shahri oʻtgan oy Islom hamkorlik tashkiloti tomonidan “2024-yilda Islom olamining madaniy poytaxti” etib tanlangan edi.

O‘zbekiston Prezidenti Mirziyoyev Islom taraqqiyot banki Boshqaruvchilar kengashi raisi Muhammad bin Sulaymon al-Jasir bilan ham uchrashdi. O‘zbekistonda Islom taraqqiyot banki tomonidan umumiy qiymati 1,2 milliard dollarlik loyihalar amalga oshirilmoqda.

Prezident Mirziyoyev Jidda shahrida Saudiya Arabistonining taniqli tadbirkorlari bilan ham uchrashdi. Uchrashuvda Saudiya Arabistoni sarmoya vaziri Xolid al-Falih ham ishtirok etdi. Uchrashuvda ikki tomonlama iqtisodiy aloqalar va O‘zbekistonning sarmoyaviy imkoniyatlari tanishtirildi. Mirziyoyevning tashrifi arafasida boʻlib oʻtgan Oʻzbekiston-Saudiya Arabistoni ishbilarmonlar kengashida umumiy qiymati 14 milliard dollarlik loyihalar kelishib olindi.

O‘zbekiston Prezidenti Saudiya Arabistonidagi muqaddas qadamjolarni ziyorat qildi.

Prezident Mirziyoyevning 2022-yil 15-avgustda imzolagan qarori bilan Imom Buxoriy nomidagi yangi oliy davlat mukofoti ta’sis etildi. Bu mukofot ilk bor Saudiya Arabistoni qiroli Salmon bin Abdulazizga berildi. Imom Buhoriy mukofoti Islom olami merosini tadqiq qilib, ta’lim va ilm-fan sohasiga hissa qo‘shganlarga beriladi.

Hurmatli tinglovchilar, 2023-yil 1-yanvardan boshlab O‘zbekiston Saudiya Arabiston fuqarolariga bir oy muddatga vizasiz kirish huquqini beradi. O‘zbekiston arablar tomonidan islom sivilizatsiyasi beshiklaridan biri sifatida tanilgani bois, bu yerlarni ziyorat qilishni istaganlar ko‘p bo‘ladi.

Saudiya Arabistonining ACWA Power kompaniyasi O‘zbekistonda shamol energiyasi ishlab chiqarish quvvatlarini qurmoqda. Kompaniyaning bu sohaga kiritgan sarmoyasi 2 milliard 600 million dollarga yetdi. O‘zbekiston Energetika vazirligi ushbu sohadagi hamkorlikni kengaytirish maqsadida 12 milliard dollarlik uchta yangi shartnoma imzolangani haqida ma’lum qildi. O‘zbekiston Respublikasi 2030 yilgacha qayta tiklanadigan energiyadan foydalaniladigan energiyaning 25 foizini ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda.

Saudiya Arabistonining O‘zbekistonga kiritgan to‘g‘ridan-to‘g‘ri sarmoyasi hozirgacha jami 1,5 milliard dollardan oshdi. Bu sarmoyaning yarmidan ko‘pi so‘nggi besh yilda amalga oshirilgan. Prezident Mirziyoyevning Saudiya Arabistoniga ilk samarali tashrifidan so‘ng ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlar yanada rivojlanib, O‘zbekistonga arab sarmoyalari ko‘payadi.

 


Tanlangan kalimalar: #Tashrif , #Saudiya Arabiston , #O'zbekiston

Aloqador xabarlar