Turkiya bugundan boshlab to‘rt kun Qurbon hayitini nishonlaydi

Qurbonlik qilish ibodati – islom dinidagi o‘zaro yordamlashishning eng go‘zal namunalaridan biridir.

1851795
Turkiya bugundan boshlab to‘rt kun Qurbon hayitini nishonlaydi

Bugun butun Musulmon olami Qurbon hayitini nishonlamoqda. Qurbon hayiti mo‘min musulmonlarning eng ulug‘, eng aziz bayramlaridan biri hisoblanadi. Ushbu bayram ya’ni Qurbonlik qilish ibodati Hazrati Ibrohim alayxissalomga, o‘g‘illarini qurbon qilmasligi uchun Ollox tomonidan yuborilgan qo‘yning qurbon qilinishi bilan insoniyat tarixidan o‘rin oldi. Bizlar uchun Ollox ro‘zichiligini qozonish niyatida qurbonlik qilish an’anasi alohida ahamiyat kasb etadi. Halol pul bilan xarid qilib olingan qurbonlik, bugun gunohlarning afv etilishi umidi bilan ado etiladi. Istaganlar hayitning boshqa kunlari ham qurbonlik qilishlari mumkun. Qurbon go‘shtining bir bo‘lagi uy egalari, bir bo‘lagi kam ta’minlangan insonlar, bir bo‘lagi esa uyga kelgan mehmonlar bilan bo‘lishiladi. Kattalarga hurmat, kichiklarga izzat ko‘rsatiladi. Butun dunyoda bizlarni qayg‘uga solgan to‘qnashuvlar, qatliomlar va nafratlarning Qurbon hayiti munosabati bilan yakun topishi tilagi bilan hayitingiz muborak bo‘lsin azizlar!



Aloqador xabarlar