Yevrosiyo kun tartibi-44

Dasturimizning bugungi sonida Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyevning Oʻzbekiston Respublikasiga uyushtirgan rasmiy tashrifi haqida so‘z qilamiz..

1849937
Yevrosiyo kun tartibi-44

Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev 2022-yilning 21-22-iyuni kunlari O‘zbekistonga ikki kunlik rasmiy tashrif uyushtirdi. Islom Karimov nomidagi xalqaro aeroportda Ozarbayjon Prezidentini O‘zbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripov kutib oldi. Bu tashrif Prezident Ilhom Aliyevning pandemiyadan keyingi chet elga boʻlgan birinchi rasmiy tashrifi sifatida qayd etildi.

Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyevning O‘zbekistonga bo‘lgan tashrifi Toshkentdagi “Haydar Aliyev” nomidagi maydonining ochilishi bilan boshladi. “Haydar Aliyev” maydonini ikki davlat prezidentlari birgalikda ochdilar. Eslatib o‘tamiz, “Haydar Aliyev” nomidagi Ozarbayjon madaniyat markazi Toshkentda 2010-yildan buyon faoliyat ko‘rsatib kelmoqda va nomi tilga olingan shaharda “Haydar Aliyev” nomidagi ko‘cha ham mavjud.

Huddi shu kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ozarbayjonlik hamkasbini Ko‘ksaroyda tantanali marosim bilan kutib oldi. O‘zaro va hay’atlararo uchrashuvlar o‘tkazildi. Prezidentlar qo‘shma investitsiya jamg‘armasini tashkil etish bo‘yicha kelishib oldilar. Muzokaralar yakunida ikki davlat oʻrtasida 18 ta hujjat imzolandi. Ikki davlat prezidentlari strategik hamkorlikni chuqurlashtirish va barcha sohalarda hamkorlikni rivojlantirish deklaratsiyasini imzoladilar.

Matbuot vakillari uchun uyushtirilgan yigʻilishda Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev o‘zaro munosabatlarning yangi bosqichga koʻtarilishi va qabul qilingan qarorlarning yo‘lga qo‘yilishi uchuni ikki davlatning qoʻshma komissiyasi hamraislarining har oyda uchrashib turishini, amalga oshirilgan va amalga oshiriluvchi faoliyatlar ustidan muzokaralar olib borishlarini bildirdi. Prezident Mirziyoyev shuningdek, noyabr oyida Prezident Ilhom Aliyevning Samarqandga kelishini va bu vaqt mobaynida ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirish yoʻlida qanday masofa qayd etilganini birgalikda hisob-kitob qilishlarini o‘z so‘ziga ilova etdi.  Prezidentlar ushbu tashrifni tarixiy deb baholar ekan, ikki tomonlama munosabatlarni chuqurlashtirish uchun siyosiy kuch mavjudligini ta’kidladilar.

Tashrifning ikkinchi kuni yani 2022-yilning 22-iyun kuni O‘zbekiston bilan Ozarbayjon Prezidentlari birgalikda Xiva va Urganch shaharlarida bo‘ldilar. Ilhom Aliyev sharafiga xalq san’atkorlari tomonidan konsert berildi. Prezidentlar ular bilan bo‘lgan uchrashuv chogʻida ikki xalqning qadriyatlari mushtarak ekanini alohida taʼkidlab, birodarlik tuygʻusini izhor etdilar.

2021-yili O‘zbekiston-Ozarbayjon qo‘shma savdo hajmi 118,9 million dollarni tashkil etdi. Prezident Ilhom Aliyevning O‘zbekistonga bo‘lgan tashrifi arafasida o‘tkazilgan O‘zbekiston-Ozarbayjon biznes forumida 500 million dollarlik shartnoma imzolandi. Aytishimiz mumkinki, ikki davlatning iqtisodiyot va savdo sohasidagi bugungi salohiyatidan to‘liq foydalanilmayapti. Qo‘shma sarmoya jamg‘armasining tashkil etilishi, transport sohasida hamkorlikni faollashtirish va byurokratik to‘siqlarni bartaraf etish O‘zbekiston-Ozarbayjon iqtisodiy munosabatlarini yangi bosqichga ko‘taradi. O‘zbekistonda Ozarbayjon sarmoyasi ishtirokida 243 ta shirkat faoliyat yuritmoqda.

Ozarbayjon O‘zbekiston uchun G‘arbga kirish darvozasi hisoblansa, O‘zbekiston Ozarbayjon uchun Janubiy Osiyoga qisqa yo‘ldan kirishni taklif qiladi. Ikki davlat quruqlik, dengiz, havo va temir yo‘li transporti ustidan hamkorlik qilish uchun katta salohiyatga ega.

Uchrashuvlardan ko‘rinib turibdiki Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyevning O‘zbekistonga uyushtirgan tashrifi ikki tomonlama munosabatlar, Turk dunyosi va xalqaro turk tashkilotlari munosabatlarini mustahkamlash nuqtai nazaridan juda samarali bo‘ldi desak mubolag‘a bo‘lmaydi.

 

 



Aloqador xabarlar