Bularni bilasizmi 26-qism

Turkiyalik mashhur soprano Leyla Genjer ovozidan foydalanish texnikasi jahon opera terminologiyasiga “Genjerate” tushunchasi sifatida kiritilganini bilasizmi?

1787634
Bularni bilasizmi 26-qism

 

20-asrning eng muhim sopranolaridan biri sifatida koʻrsatilgan va nomi opera tarixiga oltin harflar bilan yozilgan Leyla Genjer 1950-yilda Anqarada “Cavalleria Rusticana” operasida Santuazza roli bilan o’z faoliyatini boshlangan. Turkiya bilan Italiya o’rtasida imzolangan Madaniyat shartnomasi asosida 1953-yilda konsert berish uchun birinchi marta Rimga bordi.

Ushbu kontsertdagi muvaffaqiyati tufayli u Italiyadagi operalardan bosh rol uchun takliflar oldi va shu tariqa Genjer xalqaro karyerasiga qadam bosdi. U Verdining mashhur “Traviata” operasi bilan Yevropaning koʻplab mamlakatlarida, Rossiya va AQShda chiqish qilgan. Leyla Genjer 1957 yilda eng katta maqsadiga erishdi va dunyoga mashhur “La Skala” teatrida sahnaga chiqdi.

1985-yilda sahna bilan xayrlashgan san’atkor 2008-yilda vafot etguniga qadar yuqori lavozimlarni egallab, “La Skala” teatrida ma’ruzalar o‘qidi. O'zining izlanuvchanligi bilan unutilgan ko'plab asarlarni takror jonlantirgan Leyla Genjer ovozidagi o’tkir ohangdan foydalangan holda jahon opera terminologiyasiga "Genjerate" degan tushunchani olib kirishga muvaffaq bo’lgan.


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #Leyla Genjer

Aloqador xabarlar