Bularni bilasizmi 23-qism

Ebru sanʼati turklarning anʼanaviy sanʼat turlaridan biri ekanligini bilasizmi?

1774081
Bularni bilasizmi 23-qism

 

Abru yoki turkcha aytganda, ebru san’ati suv yuzasidagi bo‘yoqlar yordamida turli shakllar yasash orqali qog‘ozda gulsifat bezaklarni aks ettirish demakdir. 

Ushbu bezak san'ati bilan uylar va ish joylari uchun ajoyib bezak buyumlari yaratiladi.

Ebru san’ati ba’zi manbalarda Oʻrta Osiyo sanʼati ham deyiladi. Ushbu manbalarda Turkiya hududiga buxorolik yoki samarqandlik ustalar tomonidan olib kelingani qayd etilgan.

Lekin, qogʻoz bezak sanʼatining eng muhim turlaridan biri boʻlgan ebru sanʼati qachondan beri maʼlum boʻlganini aytish amri mahol.

Abru so‘zi forschadan olingan bo‘lib, abr – bulut, abri – bulutsimon degan ma’noni bildiradi. Abri keyinchalik abruga aylanib ketgan. Ebru Turkistonda paydo bo‘lgan deyishadi, chunki qog‘oz ishlab chiqarish o‘sha hududda rivojlangan. Ebru san’ati Samarqanddan Eron orqali Anado‘liga kelgan deb hisoblanadi. 

Birinchi hujjatlashtirilgan ebru san'ati 16-asrga tegishli. Usmoniylar davrida muhim ish yo'nalishi bo'lgan ebru san'ati haqidagi eng qadimgi turk asari 1615 yildan keyin yozilgan. G'arbda marmar qog'ozi va turk qog'ozi kabi nomlar ebru san'ati uchun ishlatilardi.

Ebru kitob sahifalarida, qoʻlyozmalarning chetida, muqovalarida, yozuv joylarida xattotlik bilan birga qoʻllanilsa-da, bugungi kunda u oʻziga xos sanʼat asari sifatida baholanib, namoyish etilmoqda. Ilgari ko‘pchilik shu san’at bilan kun kechirgan bo‘lsa, bugungi kunda ebru faqat havasmand sifatida shug’ullanadigan san’atga aylangan.

Ebru 2014-yilda YUNESKOning nomoddiy madaniy meros ro‘yxatiga kiritilgan. Hozirgi kunda u butun dunyoda turk san’ati sifatida tanitiladi va targ‘ib qilinadi.


Tanlangan kalimalar: #Abru , #Ebru san'ati

Aloqador xabarlar