Yevrosiyo kun tartibi 23- qism

Dasturimizning bugungi qismida Xitoy Xalq Respublikasi va Hindistonning Markaziy Osiyo respublikalari bilan onlayn sammitlari haqida to‘xtalamiz.

1772643
Yevrosiyo kun tartibi 23- qism

 

Dasturimizning bugungi qismida Xitoy Xalq Respublikasi va Hindistonning Markaziy Osiyo respublikalari bilan onlayn sammitlari haqida to‘xtalamiz.

Hurmatli tinglovchilar, yanvar oyi oxirida Markaziy Osiyo davlatlari uchun muhim bo‘lgan ikki sammit birin-ketin bo‘lib o‘tdi. 2022-yil 25-yanvar kuni “Markaziy Osiyo-Xitoy” sammiti onlayn tarzda boʻlib oʻtdi. Diplomatik munosabatlar o‘rnatilganining 30 yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan sammitda Xitoy, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, O‘zbekiston, Tojikiston va Turkmaniston prezidentlari ishtirok etdi. Sammitda soʻzga chiqqan Xitoy rahbari Si Tszinpin oʻz mamlakati yaqin uch yil ichida Markaziy Osiyo davlatlariga 500 million dollar yordam berishini maʼlum qildi. Pekin 2030 yilga borib mintaqa davlatlari bilan qoʻshma savdo hajmini 70 milliard dollarga yetkazishni rejalashtirmoqda. Xitoyning Markaziy Osiyo davlatlari bilan iqtisodiy aloqalarini mustahkamlaydigan mega loyihalar mavjud. Yangi tabiiy gaz va neft quvurlari, avtomobil va temir yo‘l inshootlari eng muhimlaridandir. Xitoy, shuningdek, Markaziy Osiyo davlatlaridan 5 ming mutaxassisni oʻqitish imkoniyatini taqdim etishini va 50 million doza vaksina yuborishini maʼlum qildi.

2022-yil 27-yanvarda birinchi Markaziy Osiyo – Hindiston sammiti onlayn tarzda boʻlib oʻtdi. Sammitda Hindiston Bosh vaziri, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Oʻzbekiston, Tojikiston va Turkmaniston prezidentlari ishtirok etdi. Sammitda “Markaziy Osiyo – Hindiston” parlamentlararo forumini o‘tkazish, “Markaziy Osiyo – Hindiston” sammiti Bosh kotibiyatini tashkil etish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.

Sammitda xavfsizlik, mudofaa, iqtisodiyot, transport, ta’lim va madaniyat masalalari muhokama qilindi. Bosh vazir Narendra Modi yig‘ilishda vazirlar darajasidagi tijorat-iqtisodiy platforma tashkil etishni taklif qildi. Bu Hindiston mintaqa davlatlari bilan munosabatlarida iqtisodga e’tibor qaratmoqchi ekanligidan dalolat beradi.

“Markaziy Osiyo – Hindiston” sammitida Afgʻoniston boʻyicha qoʻshma  faoliyat  guruh tuzishga qaror qilindi. Aslida Hindiston Markaziy Osiyo davlatlari bilan xavfsizlik va mudofaa sohasida mustahkam hamkorligi mavjud. Bundan tashqari, Hindiston mintaqa davlatlaridan uran kabi ba'zi strategik mahsulotlarni ham sotib olmoqda.

Hurmatli tinglovchilar, Xitoy ham, Hindiston ham Markaziy Osiyo davlatlari aʼzo boʻlgan Shanxay hamkorlik tashkilotining doimiy aʼzolaridir. Mintaqa davlatlari bilan aloqalar ham mazkur tashkilot orqali rivojlanmoqda.

Ayniqsa, Xitoyning mintaqa mamlakatlaridagi iqtisodiy salmog'i ma'lum. Hindiston global kuch bo‘lish da’vosi bilan Markaziy Osiyoda ham muhim o‘yinchi bo‘lishni xohlaydi. 2021-yil dekabr oyida Markaziy Osiyo-Hindiston tashqi ishlar vazirlarining uchrashuvi boʻlib oʻtdi. Hindiston mintaqadagi tashabbusni Xitoy yoki Pokistonga boy bermoqchi emas. Xitoy va Pokistonning Markaziy Osiyoni okean bilan bog‘laydigan transport loyihalari mavjud. Hindiston ham Eron bilan Janub-Shimol koridorini rivojlantirish ustida ishlamoqda. TAPI, CASA-1000 loyihalari Hindistonni mintaqa davlatlari bilan yaqinlashtiradigan yirik loyihalardir. Hindiston Rossiya bilan o‘tmishdan kelib chiqqan holda yaxshi munosabatlarga ega.

Xulosa qilib aytganda, Hindiston uzoq muddatda Markaziy Osiyo uchun Xitoy bilan raqobatlashishi mumkin. Hozircha raqamlar Xitoy foydasiga ko'rinadi. Mintaqa davlatlari esa Xitoy va Hindiston sarmoyalaridan unumli foydalanib, mintaqani rivojlantiruvchi yirik iqtisodiy loyihalarni amalga oshirish imkonini bera oladi.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #Sammit , #Onlayn , #Hindiston , #Xitoy , #Markaziy Osiyo

Aloqador xabarlar