Bularni bilasizmi 20-qism

Kumushdan yasalgan filigran 3000 yillik tarixga ega ekanligini bilasizmi?

1763482
Bularni bilasizmi 20-qism

 

Kumush simdan kashta tikish san'ati degan ma'noni anglatuvchi "filigran" ingichka simga quyilgan kumushni burish natijasida yaratilgan mayda naqshlarning kombinatsiyasi sifatida ta'riflanadi. Ushbu san'at asosan zargarlik buyumlari va aksessuarlarda qo'llaniladi.

Arxeologik qazishmalardan olingan topilmalarga ko'ra, filigran texnikasi miloddan avvalgi davrga to'g'ri keladi. Miloddan avvalgi 3000 yildan beri Mesopotamiyada, miloddan avvalgi 2500 yildan beri Anadoluda ishlatilgani aytiladi.

Turkiyada ushbu san’at “Telkari” deb ataladi. Uning asosiy markazi 12-asrda Musul bo'lganligi va bu san'at Musuldan Suriyaga, u yerdan Anadoluga o'tganligi taxmin qilinadi. Ma’lumki, filigran yasash 15-asrdan beri turklar orasida, ayniqsa Janubi-Sharqiy Anadoluda keng tarqalgan.

Bugungi kunda Turkiyaning Mardin viloyati Midyat tumanida filigran sanʼatining eng goʻzal namunalarini koʻrish mumkin. Bundan tashqari, Anqaraning Beypazari tumani va Trabzon shahri ushbu san'atni saqlab qolgan markazlar hisoblanadi. Asrlar davomida mavjud bo'lgan bu san'at, yangi zargarlarning yetishib chiqmagani sababli afsuski, kunimizda unutilish xavfi ostida.


Tanlangan kalimalar: #Turkiya

Aloqador xabarlar