Yevroosiyo kun tartibi -12

Dasturimizning bugungi sonida Turk kengashi tarkibidagi davlatlarning Prezidentlari oʻrtasida Istanbulda boʻlib oʻtgan sakkizichi sammit haqida soʻz qilamiz.

1735535
Yevroosiyo kun tartibi -12

Turk kengashining 8-sammiti Prezident Rejep Tayyip Erdo‘g‘an mezbonligida joriy yilning 12-noyabri kuni Istanbulda bo‘lib o‘tdi. Sammit oldidan Ozarbayjon, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, O‘zbekiston, Turkiya va Turkmaniston Prezidentlari bilan Vengriya Bosh vaziri viloyatning Fatih tumanida joylashgan Turk kengashi kotibiyatining yangi binosini birgalikda ochib berdi. Unda tantanali ravishda yuqorida nomi tilga olingan mamlakatlar va tashkilotning bayroqlari ko‘tarildi. Liderlar ushbu ochilish ortidan Turk kengashning 8-sammiti oʻtkaziladigan Demokratiya va erkinliklar oroliga yoʻl oldi.

“Raqamli asrda yashil texnologiyalar va aqlli shaharlar” mavzusida uyushtirilgan sammitda liderlar birma-bir ma’ruza qildi. Qozog‘iston Respublikasining Birinchi Prezidenti va Turk kengashi faxriy rahbari Nursulton Nazarboyev sammitga videomurojaat yo‘llab, ishtirokchilarga xitob etdi.

Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdo‘g‘anning taklifiga binoan Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyevga, Ozarbayjon Respublikasi tuproqlarining qutqarilishi va hududiy yaxlitligini qayta tiklagan g‘alaba va bu orqali Turk birligi bilan mintaqada butunlay tinchlik va barqarorlikning o‘rnatilishiga qo‘shgan hissasi uchun Davlat rahbarlari kengashi tomonidan, “Turk dunyosi oliy nishoni” taqdim etildi.

Sammitda liderlar Turk tillida so‘zlashuvchi davlatlar hamkorlik kengashi ya’ni Turk kengashi nomini, “Turk Davlatlari Tashkiloti” deb o‘zgartirish haqida qaror qabul qildi. Bu qaror, Istanbuldagi sammitda qabul qilingan eng muhim qarorlardan biri bo‘ldi.

Sammitda tashkilotning rahbari sifatidagi, “Turk dunyosi nigohi-2040” hujjati tasdiqlandi. Turk Davlatlari Tashkilotining bundan keyin tashlaydigan qadamlari, yuqorida nomi tilga olingan hujjat asosida amalga oshiriladi. Shuningdek, sammitda Turk sarmoya fondini tashkil etish masalasi ham qarorga bog‘landi.

Yig‘ilish yakunida 121 moddadan iborat Istanbul deklaratsiyasi imzolandi va Turk Davlatlari Tashkiloti raisligi Turkiyaga topshirildi. Roppa-rosa 121 moddadan iborat Istanbul deklaratsiyasi Turk kengashi kotibligi va tashkilotga aʼzo davlatlarning muvaffaqiyatli faoliyatlarining sarhisobi hisoblanadi desak mubolag‘a bo‘lmaydi.

O‘zgarishlardan ko‘rinib turibdiki, Turk kengashi 8-sammitida Turk dunyosining kelajagini shakllantiruvchi muhim qarorlar qabul qildi.

Sammitda Turkmaniston, tashkilotga kuzatuvchi a’zo sifatida qabul qilindi. Eslatib o‘tamiz, Turkmanistonning Turk Davlatlari Tashkilotiga to‘laqonli a’zo bo‘lish haqqi bor. Shimoliy Kipr Turk Respublikasining tashkilot faoliyatida ishtirok etishi esa alohida o‘ringa ega.

Bu galgi sammitda tashkilotning uchinchi tomonlar bilan hamkorlik qilish usullari aniq belgilab olindi. Bundan buyon Turk Davlatlari Tashkilotining xalqaro maydondagi faoliyatini a’zo davlatlarning manfaatlariga mos ravishda jadallashtirish va obro‘sini oshirishini aytishimiz mumkin. Kelgusi yillarda dunyodagi bir necha davlat Turk Davlatlari Tashkiloti bilan yaqin hamkorlik qilishni xohlaydi. Turk Davlatlari Tashkiloti va Vishegrad guruhining mushtarak Davlat rahbarlari sammitini chaqirish taklifini, buning birinchi konkret misoli deyish mumkin. Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarovning, “Markaziy Osiyo-Janubiy Kavkaz” platformasini tashkil etish taklifi diqqatga sazovordir.

Turk Davlatlari Tashkilotining yangilangan holda, kuchli ravishda o‘z faoliyatini davom ettirishi, Turk Respublikalarini xalqaro maydonda munosib o‘ringa ko‘taradi.

 

 



Aloqador xabarlar