Bularni bilasizmi 11-qism

Bergamada chidamli qog'oz turi bo'lgan pergament ixtiro qilinganini bilasizmi?

1733226
Bularni bilasizmi 11-qism

 

Teri ustida yozuv yozish san’ati ixtiro qilingan Pergamon qirolligida papirusdan keyin yana ham foydaliroq qog'oz ixtiro qilingan va unga "Bergama qog'ozi" degan ma'noni anglatuvchi pergament deb nom berilgan.

Miloddan avvalgi II asrda Misr hukumati papirus eksportini taqiqlagan. Shundan so'ng Pergamon qirolligi ma'lumotni saqlashga va kitoblar sonini ko'paytirishga ahamiyat berib, papirusga muqobil yozuv materialini o’ylab topishni buyuradi.

O‘sha davrning adabiyotshunos olimlari Krates va Irodikos qirolga echki va uloq terisini cho‘zish va uni quritish yo‘li bilan tayyorlangan yozuv materialini olib kelishadi.

Pergamon kutubxonasi va Iskandariya kutubxonasi oʻrtasidagi eng koʻp kitobga ega boʻlish uchun olib borilgan kuchli raqobat pergament ixtirosiga zamin yaratadi.

Pergamon birinchi marta Ellinizm davrida Bergamada ixtiro qilinganligi sababli, u barcha tillarda "pergament" deb atalgan.

Pergament yozuv materiallari tarixida burilish nuqtasi bo’libgina qolmay, ayni vaqtda madaniy taraqqiyotdagi asosiy ixtirolardan biri bo'lgan.


 

 


Tanlangan kalimalar: #Pergament , #Bergama qog'ozi

Aloqador xabarlar