Yevroosiyo kun tartibi-9

Dasturimizning bugungi sonida Afgʻoniston masalasidagi oxirgi vaziyat haqida soʻz qilamiz.

1726231
Yevroosiyo kun tartibi-9

Afg‘oniston bo‘yicha Moskva formatidagi yigʻilish 2021-yilning 20-oktabri kuni Moskvada bo‘lib o‘tdi. Unda mintaqadagi oʻn davlat shu jumladan Rossiya, Xitoy, Pokiston, Hindiston, Eron, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston, Turkmaniston va Oʻzbekiston vakili va Bosh vazir oʻrinbosari Abdul Salom Hanafiy boshchiligidagi Tolibon hay’ati ishtirok etdi. Tomonlar bir necha masalada bir-biri bilan maslahatlashdi.

Rossiya Davlat rahbarining Afg‘oniston masalasi bo‘yicha maxsus vakili Zamir Kabulov yigʻilishda Tolibonning tan olinishi masalasi qoʻlga olinganini qayd etdi. Kabulov, xalqaro hamjamiyatning Afgʻonistonda yaqinlashayotgan insoniy falokatning oldini olish kerakligi masalasida kelishib olinganini ham bildirdi va shuningdek, AQShning Afg‘oniston bo‘yicha yangi maxsus vakili Tomas Uestning noyabr oyida Moskvaga tashrif buyurishini ma’lum qildi.

Tolibon hay’ati Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov bilan ham uchrashdi. Lavrov unda Afg‘onistondagi barcha siyosiy kuchlarni o‘z ichiga olgan keng koʻlamli hukumat tuzilishi kerakligi haqidagi chaqiruvini takrorlagan.

Huddi shu kuni Dushanbeda Eron, Qozogʻiston, Xitoy, Pokiston, Rossiya, Tojikiston va Oʻzbekiston razvedka tashkiloti vakillarining Afgʻonistondagi vaziyat boʻyicha yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Yigʻilishda terrorizmga qarshi kurash va mintaqaviy xavfsizlik masalalari muhokama qilindi. Shunga oʻxshash yigʻilishning yaqin kunlarda Eronda ham o‘tkazilishi bildirildi.

Rossiya Davlat rahbari Vladimir Putin 2021-yilning 21-oktabri kuni Valday klubi forumida Tolibonning xalqaro terror tashkilotlari ro‘yxatidan chiqarilishi ehtimoli borligini ifoda etdi. Putin kechagina, sentabr oyida Shanxay hamkorlik tashkiloti-Afg‘oniston aloqa guruhi faoliyatini jonlantirishni taklif qilgandi. Xuddi shu kunlarda Tolibon Rossiyadan xalqaro sanksiyalarning bekor qilinishi uchun yordam soʻragandi.

Tojikistonda 2021-yilning 22-23 oktabri kunlari Kollektiv Xavfsizlik shartnomasi tashkilotiga aʼzo davlatlarning qoʻshma harbiy mashgʻulotlari boʻlib oʻtdi. Eslatib o‘tamiz, Prezident Emomali Rahmon sentabr oyi oxirida Afg‘oniston bilan chegaradosh Tog‘li Badaxshon muxtor viloyatiga borib, harbiy parad o‘tkazgan edi. 25-sentabr kuni Tolibon Tojikiston chegarasiga o‘z qo‘shinlarini jo‘natganliklarini ma’lum qilgandi.

15-avgust kuni Islom Amirligi tashkil etganini e’lon qilgan Tolibon, xalqaro miqyosda tan olinishi uchun o‘z sa’y-harakatlarini kuchaytirmoqda. Ammo hozircha dunyoning hech qaysi davlati Tolibonni rasman tan olmadi. Shu nuqtai nazardan, Tolibonning Yevroosiyo davlatlari bilan aloqalari alohida o‘ringa ega.

Mintaqa davlatlaridan Turkmaniston va Oʻzbekiston Afgʻoniston bilan bo‘lgan chegaralarini ochib elektr energiyasi, neft va boshqa mahsulotlarni eksport qilishga ruxsat berdi. O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri va Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik kengashi raisi o‘rinbosari Kobulga borib, Tolibon vakillari bilan uchrashdi. Turkmaniston hukumati Tolibon hay’atini bugungacha bir necha bor Ashxobodda qabul qilgandi. Qozog‘iston Prezidenti Afg‘onistonga xalqaro yordam yig‘ish markazi uchun alohida joy ajratishga tayyorligini bildirdi.

Putinning Tolibonni xalqaro terror tashkilotlari roʻyxatidan chiqarish imkoniyatini tilga olishi Rossiya bosh bo‘lish bilan birga dunyoning bir necha davlati Tolibonning yaqinda tan olinishi ehtimolidan dalolat bermoqda. Rossiya Tolibon ustidan siyosiy kuch yig‘moqda. Markaziy Osiyo davlatlari ham Afg‘onistondagi vaziyat yomonlashmasligi uchun choralar ko‘rishga harakat qilmoqda.


Tanlangan kalimalar: #Afg‘oniston , #Tolibon

Aloqador xabarlar