Oxirgi vaqtlardagi Rossiya - G‘arb davlatlari munosabati

Yevroosiyo kun tartibi - 70

1631095
Oxirgi vaqtlardagi Rossiya - G‘arb davlatlari munosabati

2021 - yilning 21 - apreli kuni Rossiya Davlat rahbari Vladimir Putin, Federal majlisda so‘zlagan nutqida, “Rossiyaga dushmanlardek yaqinlashganlarni” ogohlantirgan holda, “Ko‘priklarni buzishni xohlamaymiz. Istagimiz hamma bilan yaxshi munosabatda bo‘lish. Shunga qaramay niyatimiz zaiflik deb hisoblangudek bo‘lsa unda ular Rossiya javobining og‘ir bo‘lishini bilib qo‘ysin”. - dedi. Vladimir Putin bu so‘zlarni tilga olar ekan eng avvalo G‘arb davlatlarini nazarda tutdi.

Oxirgi vaqtlarda G‘arb bilan Rossiya o‘rtasida bir - birining diplomatlarini deportatsiya qilish ishlari avj oldi. Shunday ekan keling, avvalom bor shu voqealarni ko‘rib chiqaylik.

2021 - yilning 15 - apreli kuni Rossiyaga nisbatan sanksiya yo‘lga qo‘ygan AQSh, 10 nafar rus diplomatning o‘z hududidan chiqarishini e’lon qildi. Ko‘p o‘tmay, 21 - aprel kuni Rossiya ham 10 nafar amerikalik diplomatdan 30 kun ichida mamlakatni tark etishini talab qildi. 22 - aprel kuni esa AQShning Moskvadagi elchisi John Sallivan, muzokara uchun Vashingtonga jo‘nab ketdi.

Huddi ana shu kuni Polsha 3 nafar rus diplomatni mamlakatdan chiqarishini ma’lum qildi. Bunga qarshi 16 - aprel kuni Rossiya 5 nafar polshalik diplomatning deportatsiya qilinishi haqida ma’lumot tarqatdi.

2021 - yilning 17 - apreli kuni Chexiya Bosh vaziri Andrey Babish 2014 - yili  Pragadagi o‘q - dori omborxonalaridan birida yuz bergan portlashda, yashirin rus xizmatining aloqasi borligidan shubha qilganliklari, shu bois ham 18 nafar rus diplomatni deportatsiya qilish haqida qaror qabul qilganini bildirdi.

O‘z xavfsizligi uchun Rossiyaning G‘arb chegarasiga harbiylarini joylashtirishi, tomonlar bir - birini jossulikda ayblagan bir davrda yo‘lga qo‘yilgan diplomatlarni deportatsiya qilish harakatlari yana davo etadigandek. Hozircha Sharqiy Yevropa bilan Rossiya o‘rtasida qayd etilgan ushbu voqealar Yevropaning g‘arbida joylashgan davlatlar bilan Rossiya o‘rtasida ham kuzatilishi mumkin. Undan tashqari kuz mavsumida bo‘lib o‘tadigan Duma saylovlarigacha G‘arb qo‘llab - quvvatlagan rus muxoliflar, 21 - aprelda qilganlaridek namoyishlarini davom ettiradi. Unda muxoliflarga yordam bergan Rossiyadagi chet ellik diplomatlar deportatsiya qilinishi va bunga g‘arb davlatlarining qarshi javob berishi ehtimol.

Usiz ham Rossiya bilan G‘arb davlatlari o‘rtasida razvedka masalasi ustidan borayotgan urush avj oldi desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Rossiya o‘zini NATO tomonidan qurshab olingandek his qilar ekan G‘arb davlatlari Rossiyaning kengayish siyosati yo‘lga qo‘yayotganini ilgari surmoqda. Nima bo‘lishidan qat’iy nazar bu tortishuvlarning mintaqa davlatlariga salbiy ta’sir ko‘rsatishi tabiiydir.     

 

 



Aloqador xabarlar