Navro’z eng qadimiy turk an'analaridan biri ekanligini bilasizmi?

Bularni bilasizmi 66-qism

1610248
Navro’z eng qadimiy turk an'analaridan biri ekanligini bilasizmi?

 

Navro’z kunimizgacha yetib kelgan eng qadimiy turk an'analaridan biri ekanligini bilarmidingiz?

Navro’z tarix davomida har bir davrda turli shakllarda nishonlangan bo’lsa-da, turkiylarning eng qadimiy bayrami hisoblanadi. Turk madaniyatida Navro’z tug’ilish, jonlanish demakdir. Navro‘z qachon, qanday vujudga kelganidan qat'iy nazar, u har tomonlama ilmiy asoslanib, koinot va tabiat qonunlari hisobga olingan holda joriy etilgan. Shuningdek, quyoshning hamal burjiga kirishi, kunduzning uzaya boshlashi, yorug‘likning kuchayishi, tabiatning jonlanishi – Navro‘z deb qabul olingan. Navro‘z – “yangi kun” degan ma'noni bildiradi. 

Navro’z O’rta Osiyoda O’rxun atrofidan Oltoylargacha, u yerdan Xun turklarining Yevropaga yurishi bilan Vengriya va Bolqonlargacha tarqalgan. Navro’z 9-asrda Kaspiy dengizi janubidan Anadoluga va u yerdan Mezopotomiyagacha yetib kelib bepoyon mintaqada nishonlana boshlagan. Turkiylar tarix davomida turli mintaqalarda yashagan bo’lsa-da, turli dinlarga e’tiqod qilgan bo’lsa-da, doimo Navro’zni nishonlab kelishgan.

Barchaga ma’lum bo’lganidek, Turkiy Respublikalarda Navro’z o’zgacha ruhda o’tkaziladi. Hozirda Navro'z bayrami turkiy mamlakatlarda yashayotgan millati, tili, dinidan qat'i nazar, barchaning orziqib kutadigan umumxalq bayramiga aylangan desak mubolag’a bo’lmaydi. Ushbu qadimiy bayram turk dunyosining mushtarak qadriyati sifatida abadiy barxayot bo’ladi.


Tanlangan kalimalar: #Navro'z bayrami

Aloqador xabarlar