UNESCO 2021 yilni “Yunus Emre yili” deb e’lon qilganligini bilarmidingiz?

Bularni bilasizmi 64-qism

1601262
UNESCO 2021 yilni “Yunus Emre yili” deb e’lon qilganligini bilarmidingiz?

 

UNESCO 2021 yilni Yunus Emre vafotining 700 yilligi munosabati bilan butun dunyoda “Yunus Emre yili” deb e’lon qildi. 1991 yilda Yunus Emre tavalludining 750 yilligi ham UNESCO tomonidan amalga oshirilgan xotira tadbirlarida o’rin olgandi.

Yunus Emre 13 asrning oxiri, 14 asrning boshlarida yashab ijod qilgan turk xalq shoiri, mutasavvuf edi. Turk tasavvuf adabiyotida o’ziga xos o’rin egallagan Yunus Emre o’z asarlarida inson va tabiatga bo’lgan sevgi, qardoshlik va tinchlik tuyg’ularini tarannum etgan holda tili, dini va irqi qanday bo’lishidan qat’iy nazar butun insoniyatga hitob qilgan.

“Yetmish ikki millatga bir ko’z bilan qarash” shiori va olamshumul insoniy qadriyatlar poydevoriga insho etgan falsafasi bilan jahon gumanizmiga katta hissa qo’shib, insonlarni mushtarak qadriyatlar atrofida birlashtirib, o’z davrining eng yetuk shoirlaridan biri bo’lgan.

Uning she’rlari ko’plab tillarga tarjima qilinib, kuy bastalangan bo’lib, xatto xorijliklarning ham e’tiborini jalb qilgan. Shoirning “Haqdan kelgan sharbat” nomli she’ri Grammy mukofoti sovrindori Kristofer Tin tomonidan 2013 yili bastalangan bo’lib, ushbu asar prezident sinfoniya orkestri va Amerikaning Jonatan Griffit xor ansambli hamkorligida turkcha ijro etilgan.


Tanlangan kalimalar: #Yunus Emre

Aloqador xabarlar