Yevroosiyo kun tartibi 36 - qism

Dasturimizning bugungi sonida Ukraina Bosh vaziri o‘rinbosari Oleg Uruskiy yetakchiligidagi hay’atning Turkiyaga bo‘lgan tashrifi va ikkala mamlakat munosabatining bugungi kundagi yo‘nalishi haqida so‘z qilamiz.

1484121
Yevroosiyo kun tartibi 36 - qism

2020 – yilning 26 – avgusti kuni Ukraina Respublikasi Bosh vazir o‘rinbosari va strategik industriyalaridan mas’ul vaziri Oleg Uruskiy amaliy tashrif bilan Turkiyada bo‘lib qaytdi. Oleg Uruskiy, poytaxt Anqarada Turkiya Mudofaa sanoati raisi Ismail Demir bilan uchrashib, tomonlar o‘rtasida hamkorlik memorandumiga qo‘l qo‘yildi. Uruskiy ortidan Turkiya Respublikasi Milliy Mudofaa vaziri Hulusiy Akar, Sanoat va texnologiya vaziri Mustafa Varank bilan alohida – alohida uchrashuv o‘tkazdi. Ushbu uchrashuvlarda mudofaa, aviatsiya, kosmik, kema qurilishi, mudofaa sanoati kabi strategik tarmoqlardagi hamkorliklar qo‘lga olindi. 2020 – yilning 27 – avgusti kuni Ukraina Bosh vazir o‘rimbosari Uruskiy Prezident Rajap Tayyip Erdo‘g‘an tomonidan qabul qilindi. Prezident Erdo‘g‘an 2020 – yilning 23 – avgusti kuni Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan o‘zaro munosabatlarning kun tartibidagi masalalarni telefon orqali gaplashgandi.  

Turkiya Sanoat va texnologiya vaziri Mustafa Varank Uruskiy bilan bo‘lgan uchrashuvda, Turk Qurolli uchuvchisiz havo vositalari (SİHA) ni Ukrainaga yetkazib berilishini ma’lum qildi. Eslatib o‘tamiz Turkiya o‘tgan yili Ukrainaga uchuvchisiz havo vositasi ham topshirgan. Bu tarmoqda ikkala mamlakat hamkorligi oliy darajada davom etmoqda. Ukraina hay’atining tashrifi doirasida 2020 – yilning 29 – avgusti kuni Istanbuldagi Mudofaa aviatsiyasi va kosmik klasterlar assotsiatsiyasi SAHA bilan Ukraina aviatsiya klasteri UKRAVIAPROM o‘rtasida hamkorlik shartnomasiga ham qo‘l qo‘yildi.

Ukraina hay’ati Turk aviatsiya va kosmik sanoat kompaniyasi, Aselsan, Roketsan bosh bo‘lish bilan birga shu tarmoqlarda faoliyat olib borgan Turk firmalarining faoliyatlari bilan birma – bir yaqindan tanishib chiqdi. Mazkur tashrif bo‘yicha ommaviy axborot vositasida chop etilgan xabarlarda Turkiya va Ukrainaning Antonov uchog‘ini birgalikda ishlab chiqarish masalasida texnik uchrashuvlarning boshlagani ma’lum qilindi.

Uruskiyning Turkiyaga bo‘lgan tashrifi oldidan Ukraina Prezidenti Zelenskiy Turkiya Tashqi Ishlar vaziri Mevlut Chavusho‘g‘lu, Prezidentlik apparati Matbuot xizmati kotibi Ibrahim Kalin va Turk Mudofaa va aviatsiya firmasi Baykar Mudofaaning Bosh direktori Haluk Bayraktarga Ukrainaning davlat medalini berish to‘g‘risidagi qonunga qo‘l qo‘ydi.

Pandemiya jarayonida paydo bo‘lgan to‘siqlikka qaramay Turkiya – Ukraina munosabatlari mustahkam tus olmoqda. Turkiya Covid – 19 yuzasidan vaqtinchalik bekitilgan chegara darvozalarini eng avvalo ukrainalik sayyohlarga ochdi va bugungacha 200 mingdan ortiq ukrainalik Turkiyada dam oldi. 2020 – yilning ilk yarmida ikka o‘lka savdo hajmi o‘tgan yilning huddi shu davriga nisbatan 1.7 foizga ortgan holda 2.27 milliard AQSh dollarini tashkil etdi. 2020 – yilning 21 – avgusti kuni ikkala mamlakatning iqtisodiyot vazirliklari o‘rtasida online tarzda bo‘lib o‘tgan yig‘ilishlarda aytib o‘tilganidek Turkiya – Ukraina erkin savdo shartnomasiga eng qisqa vaqt ichida qo‘l qo‘yilgudek bo‘lsa unda ikkala o‘lka savdo hajmi ko‘zlangan 10 milliard AQSh dollariga bir necha yil ichida chiqa oladi.

Strategik jihatdan ahamiyatli deb qayd etilgan Turkiya – Ukraina munosabatlari har jihatdan rivojlanib bormoqda. Ukraina Tashqi Ishlar vaziri o‘rinbosari Emine Jabbar, 2020 – yilning 23 – avgusti kuni o‘lkasining Turk kengashiga kuzatuvchi davlat sifatida a’zo bo‘lish haqidagi istagini ma’lum qildi. Turkiya bu istakni tashkilot kun tartibiga olib chiqadi. Uruskiyning Turkiyaga bo‘lgan tashrifi sanoat tarmog‘ida ikkala mamlakat munosabatlarini yangi saviyaga olib chiqadi.

 



Aloqador xabarlar