Yevroosiyo kun tartibi 34 - qism

Dasturimizning bugungi sonida Belarusda bo‘lib o‘tgan prezidentlik saylovi haqida so‘z qilamiz.

1476229
Yevroosiyo kun tartibi 34 - qism

2020 – yilning 9 - avgusti kuni Belarusda prezidentlik saylovi bolib otdi. Unda 5 nomzod kuch sinashdi, 5 million 818 ming 955 saylovchi ovoz bergan saylovda saylovchilarning 84 foizi ishtirok etdi. Belarus Respublikasi Markaziy Saylov komissiyasining yakuniy qaroriga kora Aleksandr Lukashenko 80 foizlik ovoz bilan takror Prezident bolib saylandi. Komissiya ma’lumotiga kora muxolafat guruh nomzodi Svetlana Tikhanovskaya ovozlarning atigi 10 foizini olgan.

Muxolafat saylov natijalarini qabul qilmasliklarini eslatib o‘tgan holda saylovdan beri har kuni mamlakatda ruxsatsiz norozichilik namoyishi uyushtirib kelmoqda. Namoyishlarda rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra 6700 kishi nazorat ostiga olingan. Ommaviy axborot vositalarida tarqagan ma’lumotlarga ko‘ra 2 kishi vafot etgan. Muxolafat guruh nomzodi Svetlana Tikhanovskaya o‘z xavfsizligi uchun Litvanyaga qochgan. Xavfsizlik kuchlarining namoyishchilarga qopol monelik qilishi xalq e’tiroziga yo‘l ochib bu namoyishlarning davlat fabrikalari, kasalxonalar va teatrlar kabi muassasalarda ish tashlash shaklida davom etishiga yo‘l ochgan. Aslida olib qaraganda, bu prezidentlik saylovining avvalgi saylovlarga o‘xshamasligi boshidan ma’lum edi. 

Nomzodlik jarayonida muxolafatga qarashli kuchli nomzodlarning hukmron partiya tomonidan saylovda ishtirok etishiga to‘siqlik qilinishi ularning yana – da birdam bo‘lishiga sabab bo‘ldi. O‘lkada saylov haqida so‘rovnoma o‘tkazilishi man etildi. Mustaqil Davlatlar jamiyatidan tashqari hech qaysi xalqaro tashkilotdan saylovda kuzatuvchi qabul qilinmadi. Belarusdagi muxolafat guruhning “kim bo‘lishidan qat’iy nazar amaldagi prezident saylanmasa bo‘ldi” degan nuqtaga kelishi oxirgi vaqtlardagi vaziyatlardan anglashilayotgan edi.

Belarusdagi prezidentlik saylov jarayonida va oxirgi kunlardagi namoyishlarda ayollarning oldingi qatorda o‘rin olishi e’tiborlarni jalb etmoqda. Shunday ekan belarus ayollari bu jarayonning qanday natija berishi borasida hal qiluvchi rol o‘ynashi mumkin

Saylov oldidan Rossiyaning xususiy harbiy “Vagner” kompaniyasiga a’zo 33 kishining Belarusda nazorat ostiga olinishi Belarus – Rossiya munosabatlariga sovuqlik kiritdi. Nazorat ostiga olingan kishilar saylovdan keyin Rossiyaga qaytarib berildi. “Vagner voqeasi shu bilan hal bo‘ldimi yoki yo‘q” degan savolning javobini vaqt ko‘rsatadi. Chunki Lukashenko oxirgi yillarda va ayniqsa oxirgi saylov jarayonida Kremlni tanqid ostiga olgan bir qator so‘zlar sarf etgandi. Faqat, g‘arbga qarshi kurashda Minsk va Moskva yetakchiligi bir – biriga muhtojdir. Shu bois ham Aleksandr Lukashenko bilan Vladimir Putin, 15 – avgust kuni telefon orqali muloqat qilib, Rossiyaning har doim Belarusning yonida ekanligini tasdiqlab olgandilar.

Prezidentlik saylovi natijalarini umumiy olib qaraganda Belarusning sharqida o‘rin olgan bir necha davlat tan olar ekan g‘arblik davlatlar saylovlarning takror o‘tkazilishini talab qilmoqdalar. Yevropa ittifoqi amaldagi Belarus yetakchiligiga qarshi sanksiya kiritish haqida qaror qabul qilganligini ma’lum qildi. Lukashenkoning muxolafat bilan til topishish tashabbuslari hali hanuz natija bermadi. Shu bois ham Lukashenko Ukraina, Polsha kabi davlatlardan kimlarningdir Belarus tinchligini buzish niyatida ekanligini iddio etmoqda. Ovozlarning takror sanalishini xohlagan muxolafat esa Lukashenkoning iste’fosini talab qilmoqda. Tomonlar o‘rtasida muammo hal qilinmagudek bo‘lsa unda Belarusning yangi Rossiya – G‘arb tortishuv sohasiga aylanishi amri mahol. Mavjud shartlarda turli tsenariylarning yuzaga kelish ehtimoli bor.  



Aloqador xabarlar