Istanbulda zamonaviy san’atlar muzeyi borligini bilarmidingiz?

Bularni bilasizmi 26-qism

1224776
Istanbulda zamonaviy san’atlar muzeyi borligini bilarmidingiz?

Istanbuldagi zamonaviy san’atlar muzeyini tashkil etish fikri 1987-yili birinchi xalqaro zamonaviy san’at ko’rgazmasi bugungi nomi bilan Xalqaro Istanbul Bienali chog’ida tug’ildi. Lekin mazkur loyihaga bo’lgan qiziqishlar 2003-yili sakkizinchi Istanbul Bienalida o’z aksini topdi. Mimar Sinan nomidagi tasviriy san’at akademiyasi yonida o’rin olgan bojxona ombori ana shu vaqtlarda eng asosiy bienalin makoni sifatida foydalanilgandi. O’sha davrning Bosh vaziri Rajap Tayyip Erdo’g’an ombordan doimiy ravishda foydalanishiga ruxsat berdi va 8000 kvadrat metrlik bojxona omborxonasi, zamonaviy muzeyga aylantirildi.  

Turkiyaning birinchi zamonaviy san’at muzeyi sifatida 14 yil davomida o’z faoliyatlarini mana shu binoda davom ettirgan mazkur muzey, 2018-yilning may oyidan e’tiboran Beyo’g’lidagi makoniga vaqtinchalik ko’chib o’tdi. Hozircha muzey, madaniyat va san’atning qalbi hisoblangan Beyo’g’lida o’rin olgan. U yerda yangi bino tamomlangunga qadar barcha faoliyatlarini kamchiliksiz davom ettirish imkoniga ega.

Istanbuldagi zamonaviy san’atlar muzeyi, zamonaviy san’at tarmog’idagi turli eksponatlar, ta’lim va ijtimoiy mazmundagi dasturlar, kutubxona, kino, kafe va do’konlari bilan san’at shaydolariga xizmat bermoqda. Undan tashqari dunyoning muhim muzeylarida o’tkazgan ko’rgazmalari natijasida ham Turkiyaning tanitilishi va madaniyat turizmining boyishiga ijobiy hissa qo’shmoqda.

 

 



Aloqador xabarlar