O'zbekistonga sayohat-2

O’zbekiston XV-XVI asrlarda ilm-fan va madaniyatda rivojlangan, ilg’or davlatlardan biri bo’lgan. Lekin bu taraqqiyot nima uchun keyinchalik davom etmadi?

1197649
O'zbekistonga sayohat-2

“O’zbekiston XV-XVI asrlarda ilm-fan va madaniyatda rivojlangan, ilg’or davlatlardan biri bo’lgan. Lekin bu taraqqiyot nima uchun keyinchalik davom etmadi? Nima uchun keyingi asrlarda turk va islom dunyosining ilm-fan yo’nalishiga bo’lgan ishtiyoq va e’tibori sustlashib ketdi?  

Poytaxt Anqaradagi Yildirim Beyazit nomidagi universitetning Siyosiy fanlar fakulteti dekani professor doktor Kudret Bulbulning mavzu haqidagi mulohazasi bilan yaqindagina O’zbekistonga bo’lgan sayohati ta’surotlarini e’tiboringizga havola qilamiz.

Ilm-fan, tarix, siyosat yoki siyosiy barqarorlikning ahamiyati… O’zbek millati tarixida Amir Timur alohida o’ringa ega. Shuning uchun ham O’zbekistonni “Timur yurti” ham deyishimiz mumkin. Amir Timur o’z hukmronligi davrida yurtiga ko’plab olimni taklif qilgan ekan. Bugungi kunda Buxorodagi, Samarqanddagi ko’plab tarixiy asarga ham Timur davrida asos solinganligi hammaga ma’lum. Balkim shuning uchundir O’zbekiston Respublikasining tung’uch Prezidenti Islom Abdug’aniyevich Karimov o’z davrida shaxsini emas, Timur va Timur davrida yaratilgan asarlarni oldingi qatorga chiqarishni afzal topdi.

Amir Timur davrida davlat chegarasi Izmirdan boshlab Hindistongacha bo’lgan masofani o’z ichiga olgan. Timur, Usmoniy davlati kuchining ma’lum muddatgacha zaiflashiga yo’l ochar ekan Oltin O’rda davlatini butunlay yo’q qildi. Lekin bunchalik keng hududni boshqara oladigan davlat mexanizmi yo’qligi bois 1405-yildagi o’limi ortidan, u qurgan davlat asta sekin tarqab ketdi. Ko’p o’tmay Usmoniy davlati qayta tiklanib, o’z yo’lini davom ettirar ekan Oltin O’rda davlatida paydo bo’lgan boshlikni ruslar to’ldira boshladi. Yani, Timur qo’li bilan yaratilgan boshlik tufayli Rus imperatorligi paydo bo’ldi desak mubolag’a bo’lmaydi.

Timur davrida yirik asarlar yaratildi. Keyinchalik bu yo’nalishga bo’lgan ishtiyoq va e’tiborning sustlashganini sezish qiyin emas. Buning sababi siyosiy barqarorsizlik degan fikrdamiz. Chunki ilm-fan, san’at va madaniyat siyosiy barqarorlik sharoitidagina yashashni davom ettiradi. Buning eng yorqin dalilini Timurning nevarasi Mirzo Ulug’bekning hikoyasida ko’rishimiz mumkin. Mazkur hikoyaga ko’ra Ulug’bek davlat rahbari, o’z davrining taniqli mutafakkiri va yetakchi ostronom olimi bo’lishiga qaramay o’z og’li tomonidan shahidlik darajasiga yetkazilgan. Bir necha oy ortidan og’lining ham askarlari tomonidan o’ldirilganligi tarix sahifalaridan bizga ma’lum.  

Shunchalik ishonchsizlik bor ekan hech qachon, hech narsa o’z o’rnini doimiy ravihda topolmaydi. Dasturimiz boshida biz qidirgan savolning javobi albatta siyosiy barqarorsizlikdir. Musulmon olimlarning siyosiy barqarorlikka qanchalik e’tibor berishini O’zbekistondagi misollardan tushunsak bo’ladi. Yani davlat bo’lmasa, kelajak uchun hech narsa qolmaydi. Usmoniy davlati va unga qarashli tashkilotlarning uzoq yillar davom etishining eng muhim sabablaridan biri ham siyosiy barqarorlikdir.  

Fetullahchi terror tashkiloti… Fetullahchi terror tashkilotining yirik xavfdan iborat ekanligini O’zbekiston Turkiyadan ham oldin payqagan ekan. 1999-yili FETO tomonidan mamlakatda ochilgan maktablar ham shu bois butunlay bekitilganligi, o’qituvchilari ham josuslikda ayblanib O’zbekistondan chiqarib tashlanganligi qayd etilmoqda. FETO tomonidan Turkiyada 2016-yili qo’l urilgan to’ntarish tashabbusining eng avvalo O’zbekistonda sinalganligi va muvaffaqiyatsizlik bilan yakun topilgani ham aytilmoqda. Bu orqali FETOning Turkiya va O’zbekiston munosabatiga yetkazgan ziyonini ko’rish qiyin emas.

Imom Buxoriy, Naqshibandiy va Maturidiy… Albatta O’zbekiston haqida gapirar ekanmiz Imom Boxoriy, Naqshibandiy va Maturidiy kabi buyuk ajdodlarimizni yod etmaslik imkonsiz. Islom diniga misli ko’rilmagan xizmatlar qilgan bu zotlar haqida dasturimizning boshqa sonida alohida to’xtalib o’taylik. Hozircha esa o’zbeklarning bu zotlarning maqbarasiga alohida e’tibor berishinigina aytib o’tishni lozim deb topdik.

Turk tili va Turk dunyosi… Turk tilida so’zlashuvchi davlatlar o’rtasida aloqa o’rnatishni orttirish ishlari aslida olib qaraganda unchalik ham murakkab emasdir. Uchta asosiy yo’l orqali buni amalga oshirishimiz mumkin. Ulardan biri albatta Lotin alifbosi masalasidir. O’zbekiston bugungi kunda Lotin alifbosiga o’tgan vaziyatda. Qozog’iston bilan Ozarbayjon ham. Lekin shunga qaramay yuqorida nomi tilga olingan mamlakatlarda ba’zan Kirill alifbosidan foydalanilmoqda. Agar Lotin alifbosiga butunlay o’tilsa unda yozma matnlarni tushinib yetish yana-da qulaylashadi.

Ikkinchisi esa ko’proq yuz asr oldin foydalanilgan so’zlarni ishlatishdir. Oxirgi yillarda turkiyalik turklarning tili ingliz va fransuz tillari, qolganlari esa rus tili ta’siri ostida qoldi. Shuning o’rniga birgalashib oto-bobomiz tilidan foydalansak bir-birimizni yana-da qulayroq tushunamiz degan fikrdaman. O’zbekistonda keksalarning gapi, kiyim-kechaklari rahmatli buvam tiliga, kiyim-kechagiga shunchalik o’xshar ediki, o’zimni huddi o’z buvamni ko’rgandek his qildim.   

Uchinchisi esa adabiy til bilan xalq tili o’rtasida yana-da yaqinlik yaratishdir. Masalan Turkiya Turkchasi qanday yozilsa ana shunday o’qiladi, qanday o’qilsa ana shunday yoziladi. Bu ham bo’lsa tilda qulaylik tug’dirmoqda. Turk tilida so’zlashuvchi davlatlar ham shu usulni yo’lga qo’ysa bir-birimiz bilan aloqa o’rnatishimiz yana-da qulaylasharmidi degan fikrdaman.

Turk universitetlari tezlik bilan o’z filiallarini O’zbekistonda ochishi darkor… Bir vaqtlari ko’pchilikning “Turk universitetlari tezlik bilan o’z filiallarini O’zbekistonda ochishi darkor” degan fikriga guvoh bo’lgandim. G’arb universitetlari o’z filiallarini allaqchon O’zbekistonda ochib bo’lgan. Shunday ekan Turk universitetlarining O’zbekistonda o’z filiallarini ochishi uchun oldinda qanday to’siqlik bo’lsa zudlik bilan olib tashlanishi kerak. G’arb davlatlari bu borada ancha yo’l olgan bir davrda, yana-da kech qolmaslik shart deb o’ylayman.

Xullas, O’zbekistonda men ko’rganlarning hammasi aslida ikkinchi Turkiyadek edi. Huddi ikkinchi Turkiyani kashf etgandek xursand bo’ldim. Yoki O’zbekiston ota yurtimiz bo’lganiga qaraganda Turkiyani ikkinchi O’zbekiston desammikin. Ha albatta, huddi shunday…. Turkiya ikkinchi O’zbekistondir.

Aqli-xushi g’arbda bo’lgan Turkiya… O’zbekistonga bo’lgan safarim oldidan o’zbekistonlik talabalarim bilan fokus guruh o’tkazdik. Talabalarning qayd etishicha Turkiyada, insonlar ko’proq G’arbga e’tibor beradi, Sharqni esa hatto “yo’q” deb hisoblaydi.  

Buxoro va Samarqandning ta’sirida O’zbekistondan qaytar ekanman, talabalarimning nima demoqchi bo’lganlarini yana-da yaxshiroq tushunib yetdim. “Ommaviy axborot vositasi tomonidan Turk dunyosiga qanchalik e’tibor berilmoqda” degan savol tug’ildi. Sport, san’at, adabiyot dasturlarida Turk dunyosiga deyarli to’xtalmaydi ham… G’arb davlatlarining sport turlari-yu, sportchilari haqida ancha ma’lumotga ega ekanmiz Turk va Islom dunyosining mazkur tarmog’i haqida hech nima deyolmaymiz. Kablo TVda G’arb davlatiga oid bir necha kanalimiz bor lekin Turk dunyosidan yo’q hisob.   

Ota yurtimizga bo’lgan qiziqishimizning shu darajada zaif ekanligi achinarli. Holbuki bu holat judayam qulay. Turk va islom dunyosini ko’proq kun tartibiga olib chiqamiz holos. Turk kengashi qoshida Turk dunyosining chempion jamoalari, har yili musobaqa o’tkazishi mumkin. Huddi shu loyiha Islom Hamkorlik tashkiloti ostida ham uyushtirilsa bo’ladi. Shu va shunga o’xshash ramziy faoliyatlar ham bizda qiziqish uyg’otib, ma’lumot olib turishimizga imkon yaratadi.

Aql-xushimiz G’arbda qolmasin. Tarixidan uzoqlashish Turkiya uchun katta yo’qotish hisoblanadi. Turkiya bu holatda Yevropa ittifoqi tarkibiga kirgudek bo’lsa unda u o’zini, “oddiy G’arb davlatidan biri” degan saviyaga tushiradi. Turkiya G’arb davlatlari bilan bo’lganidek Turk va Islom davlatlari shuningdek, Afrika bilan ham aloqada bo’lishi darkor. Turkiya ana shundagina o’ziga kelib, dunyoning rivojlanishiga katta hissa qo’shadi.

Poytaxt Anqaradagi Yildirim Beyazit nomidagi universitetning Siyosiy fanlar fakulteti dekani professor doktor Kudret Bulbulning mavzu haqidagi mulohazasi bilan yaqindagina O'zbekistonga bo'lgan sayohati ta'surotlarini e’tiboringizga havola qildik.

 



Aloqador xabarlar