Turkiyada turizm 12- qism

Diyarbakir, Turkiyaning sharqiy Onado’li qisimida   joylashgan bir  shahar. Geografik joylashuvi tufayli tarix bo’yicha ko'plab  sivilizatsiyalar yashab o’tgan Diyarbakirdan….

1165876
Turkiyada turizm 12- qism

Diyarbakir, Turkiyaning sharqiy Onado’li qisimida   joylashgan bir  shahar. Geografik joylashuvi tufayli tarix bo’yicha ko'plab  sivilizatsiyalar yashab o’tgan Diyarbakirdan….

Barcha ushbu madaniyatlarning izlari bugunki kungacha davom etib  ko’chalarimizda, xiyobonlarimizda, jome- masjidlarimizda  cherkovlarimizda, ko’priklarimizda  o’zini his ettirmoqda. O’tmishi yo’q bo’lmagan Diyarbakirda  buning ta’siri shaharning havo va suviga   ham singan.

Hurriyalardan  Ossuriyaliklar,Forslardan Rimliklarga, Vizantiyaliklardan Abbosiylargacha 33 farqli madaniyatga “ Vatan” bo’lgan bir shahar Diyarbakir.

Osiyoning Mesopotamiyaga ochilgan eshigi sifatida, tarix bo’yicha hamisha bir muhim bir savdo  markazi va madaniyat ko’prigi bo’lgan.

Ipak yo’li ustida bo’lgani uchun, sharqning eng obidaviy karvon saroylari,  bir- biridan go’zal ko’priklari bu yerda insho etilgan. Diyarbakir qal’asi va Hevsel bog’lari va  shahar ega bo’lgan eng muhim tarix va madaniyat asarlari qatorida joy olmoqda...

Diyarbakir qala’sida tarixda barcha yashab o’tgan madaniyatlarning izi mavjud. Zamon ichida mintaqadagi madaniyatlar va davrning ehtiyojlari jihatida shaklangan qala’, 7000 yillik bir o’tmishga ega .

Besh yarim kilometr masofadagi qala’ning eshiklarda, kitob xonalar, bezaklar, ko’rkamli qala’ada  o’nlab madaniyatning izini jonli ravishda ko’rish mumkin. Ikkita qator holida, to’rt asosiy eshik bilan  tashqariga ochilgan qala’, Xitoy saddidan keyin dunyodagi eng uzun qal’alari sifatida bilinadi.

Hevsel bog’lari, Diyarbakir qala’alari bilan Dajla daryosi orasida o’rin olgan bir hududdir.

Minglab yildir qishloq xo’jalik maydoni sifatida foydalanmoqda, Mesopotamiya belki eng qadimgi omborxona deb hisoblanadi.

Dajla daryosi va  daryo oqimi kamayishi bilan  maydonga chiqqan ushbu unumdor tuproqda. Antik davrlarda ekilgan don- g’allalarning ortidan, yirikligini   kaptar go'ngiga minnatdor ekanini aytgan dunyoga mashhur Diyarbakir tarvuzlari bilan bir qatorda har turli sabzavot esa  yetishmoqda.

Hevsel bog’lari, Janub sharq Ondo’li hududining eng katta qush jannati.

180dan ziyod qush turi bilan bir qatorda suv samuri, tulki , olmaxon va kirpi kabi ko’plab hayvonning joyi hisoblanadi.   Hudud ko'zni qamashtiradigan  manzarasi bilan  ko’rinish  ziyofat taqdim etadi.

Ushbu muhtasham qala’ va bog’lar, organik hamjihatlikda  birgalikda baholanib, Turkiya jahon ro’yxatidagi 14- meros maydonini tashkil etmoqda.

2015 yilida YuNESKOning Butunjahon merosi ro'yxatiga kiritilgan

Diyarbakırga  sayohat qilishni istasangiz Havsel bog’lari bir qatorda, tarixiy Sipohilar bozoriga bormasdan, Hasan Pasha  karvonsaroyi,  bog’, jome- masjid,  Maryam Ona cherkovi Karvonsaroy,  qadimiy  Diyarbakir uylarini, muzeylarini ko’rmasdan qaytmang.

Mahalliy lazzatlar; Bulg'ur, qiyma va ziravorlar bilan tayyorlangan baqlajon  "anor oshi", qo'zi, qovoq  baqlajon bilan yasalgan  meftune,

echki qovurg'alaridan  yasalgan qovurg’a do’lmasidan  tatib ko’rishingizni tavsiya qilamiz.

 

 

 

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #Turkiyada Turizm

Aloqador xabarlar