Turkiyada turizm 5- qism

Turkiyaning  Sharqiy Qora dengiz  hududida Qoratog’ yonbog’irida tik qoyalik ustida muhtasham bir monastir qad  ko'targan Sumela Monastiri

1134562
Turkiyada turizm 5- qism

Turkiyaning  Sharqiy Qora dengiz  hududida,  Qora  tog’   yon bog’irida tik qoyalik ustida  muhtasham bir monastir qad  ko'targandir : Sumela Monastiri ...

1700 yillik o’tmishga ega  bir monastir  bo’lib dunyoning eng keksa va eng tarixiy monastirlaridan  biridir.

Afsonaga ko'ra, Sumela Monastiri, 3- asrda ya’ni Vizantiya davri Afinasidan kelgan ikki  nafar rohib  tomonidan qurilgan. 

yillar davomida e'tibor tobora oshdi, qo'shilgan bo'limlari bilan boyitilgan . va ayniqsa  13-asrda kengaytirilib yangi bo’limlar qo’shilgan. 

Sharqiy Qora dengiz sohili Turk hukmronligiga kirgandan  keyin, Usmonli sultonlari Ko’plab monastirda bo’lganidek

 Sümelaning  ham  huquqini  himoya qilib  ba'zi imtiyozlar bergandir .

XVIII asrda Monastirning  aksariyat qismlari restavratsiya qilingan, ayrim devorlari freskalar bilan bezatilgan. XIX asrda katta binolarning  qo'shilishi bilan, monastir ajoyib  bir ko'rinishga ega bo'ladi; eng boy va eng yorqin davrini  o’tkazgan. Monastir 1916-yilda boshlangan va ikki yil davom etgan Rossiya ishg'oli paytida  monastiriga qo’lga qo’yilgan. 1923- yildan keyin butunlay evakuatsiya qilingan.

Sumela monastiri asrlar davomida muhim  bir diniy markaz bo'lib kelgan. Shu bilan birga, u monaxlar  yetishtirgan joyi sifatida davom etadi.

Sümela Monastirining asosiy qismlari esa qoya tosh cherkovi, bir necha shapel , oshxona, o'quvchi xonalari, mehmon uyi, kutubxona va muqaddas  muqaddas  buloqdan iborat. Freskalarda ishlangan  yozuvlar , Injildan olingan sahnalar, Hz. Iso va Maryam onaning hayoti tasvirlangan

Xalq Maryam ona deb atagan Sumela monastiri, Trabzonning Machka tumani chegaralari ichida  Vodiydan 300 metr balandlikda qad ko’tarmoqda. Monastirda 2010- yilida Fener Rum Patriarxi  boshqargan bir diniy marosim uyushtirdi.

Xristianlar tomonidan muqaddas deb  hisoblangan Sumela Monastirini   har yil minglab kishi ziyorat etmoqda.

Yuzlab yilning izi  bo’lgan ushbu  Monastirni ko’rish uchun mintaqaga  borsangiz yana ayni viloyatda joy olgan tabiiy go’zalliklari bilan  mashhur Uzun ko’lni, Tranbzon Ayasofya muzeyini, Otaturk ko’shkini ko’rishingizni tavsiya qilamiz. Akchaabat kotlet, sariq  moy, ala baliq,  makka  jo'xori  uni va mahalliy pishloqdan  tayyorlangan  Kuymak taomidan  tatib  ko’ring.


Tanlangan kalimalar: #Sumela , #Trbazon

Aloqador xabarlar