Turkiyada turizm 3- qism

Anado’li tuproqlarida ko’plab antik shahar mavjud. Bu antik shaharning eng muhimlaridan biri Efesdir....

1125157
Turkiyada turizm 3- qism

 Tarix davomida  turli madaniyatlarga mezbonlik qilgan

Anado’li tuproqlarida ko’plab antik shahar mavjud. Bu antik shaharning eng muhimlaridan biri Efesdir....

Turkiyaning Egey hududida, Izmir viloyati chegarasi ichida joy olgan Efes, ilk

Asrlardan boshlab Helenistik, Rim, Shariqy Rim, Bekliklar va Usmoniy davrlari davomida  taxminan 9000 yil uzluksiz turar- joy bo’lib kelgan. Bundan tashqari tarix davomida juda muhim bir port shahri, madaniy va savod markazi bo’lgandir.

 

Efes antik shaharning qurilishi eramizdan oldin 6000 yillarida, Neolitik davr deb atalagan jiloli tosh davriga qadar bormoqda... so’ngi yillarda olib borilgan tadqiqotlarda Xetlarga oid turar- joylar aniqlandi. Rim imperiyasi davrida ko’rkamli bir davr o’tkazgan Efes, Osiyo shtatining eng yirik porti edi.

1330- yilida Turklar bu yeri  oldi va Turk bekliklarining markazi holiga keldi.

Vaqt o’tib muhim port shahar bo’lish xususiyatini yo’qotib yana ham kichraydi.

Bugungi kunda Selchuk tumani chegarasida qolgandir. Har yil minglab sayyohni  jalb etgan bir antik shahar vaziyatida...

Efesning  tarix bo’yicha ko’plab marotaba joyi o’zgargani  sabali, qoldiqlari keng bir sohaga  tarqalgandir...

Taxminan 8 kilometr kvadratli bir maydonga  tarqalgan ushbu qoldiqlar ichida yillar davom etgan qazuv- restavratsiya  va tartiblash faoliyatlarini boshidan o’tkazgandir.

 

Efes shahri turli davrlarga mansub ustun shaharlashish, me’morlik va  ishonch tarixini yoritgan ramzlar mavjud bo’lgan. Bulardan eng muhimi  jahonning  yettita mo‘jizasidan biri deb qabul qilingan Artemis ma'badidir...  

Masihiylarning ya’ni  Hz. İsoning havoriylaridan birovi bo’lgan St. John,  Yahyo Injilni Efesda yozganini va Maryam onaning bu turoqlarda vafot etganiga ishonishlari, Efesni muhim qilgan xususiyatlardan biridir.  Bugunki kunda Xristianlar tomonidan haj makoni deb qabul qilingan Maryam onaning uyi, St. Yuhannoning  qabri ustiga qurilgan Bazilika va Maryam cherkovi eng muhim asari hisoblandi... Antik shaharga shu bois Xristian olami katta qiziqish ko’rsatib ziyorat etib kelmoqda.  

Antik olamga sayohat qilib va minglab yil oldinga  va hayotlarga guvohlik qilmoqchi bo’lsangiz Efes sizni kutib turmoqda. Muhtaram tinglovchilar,

Kelgusi dastur turkumida uchrashish tilagi bilan.

 


 


Tanlangan kalimalar: #Turk , #Turizm , #Efes

Aloqador xabarlar