Turk oshxonasi 1-qism

“Yoğurt” so’zining dunyoning bir necha tiliga turk tilidan kirib borganligini bilasizmi?

1116868
Turk oshxonasi 1-qism

Bu yil Turkiya Milliy teleradiokompaniyasining Tashqi xizmati qoshidagi Turkiya ovozi radiosining yangi dasturi orqali yana siz azizlar xonadonida mehmondamiz. Yangi dasturimizning nomi, “Turk oshxonasi” deb nomlanadi. Mazkur dastur orqali sizlarni, dunyoning sanoqli oshxonalaridan biri hisoblangan mashhur “Turk oshxonasi” bilan yaqindan tanishtirib, Turk oshxonasiga xos shirin taomlarning o’ziga xos retseptlari haqida ma’lumot berib boramiz.

“Yoğurt” yani qatiq. U sutni achitish yo’li bilan olinadi. Mevali, oddiy va muz qaymoqdek bo’lgan turlari bilan dunyoning bir necha nuqtasida sevib iste’mol qilinadigan foydali ichimlikdir. Xo’sh, bu ajoyib sut mahsulotining dunyoga turklar orqali yoyilganligini, hatto “yoğurt” so’zining dunyoning bir necha tiliga turk tilidan kirib borganligini bilasizmi? Dunyoda XIX asrdan e’tiboran yoyila boshlagan “yoğurt”, turk oshxonasida o’z o’rnini yuz yillar oldindan egallab bo’lgan edi desak adashmagan bo’lamiz. Ushbu ichimlik turk oshxonasida quruq o’zi yoki shirinliklar bilan aralashtirilgan holda iste’mol qilingani kabi, taomlarning ustida sous sifatida, undan tashqari suv yoki sho’rva bilan aralashtirib ham ichiladi. Shunday ekan keling dasturimizning bugungi sonida, sizni turk oshxonasining ajoyib taomlaridan biri, “yoğurtlu çorba” yani “qatig’li sho’rva” bilan tanishtirib o’taylik.      

Turkiyada “yayla çorbasi” degan nom bilan ham mashur bo’lgan “yoğurtlu çorba” yani “qatig’li sho’rva” quyidagi retsept orqali tayyorlanadi.

  • 6 stakan suv yoki go’sht suvi
  • 3 osh qoshiq guruch
  • 2 osh qoshiq un
  • 1 ta tuxumning sarig’i
  • 2 stakan “yoğurt” yani “qatiq”
  • 2 choy qoshiq tuz va quritilgan yalpiz
  • 2 osh qoshiq sariyog’

Tayyorlash uchun eng avvalo kastryulga suv quyib uni qaynatib oling. Qaynagan suvning ichiga tuz qo’shgach oldindan yuvib qo’yilgan guruchni ilova etib, u yumshagunga qadar pishirishni davom ettiring. Boshqa idishchada tuxumning sarig’i, un va “yoğurt”ni yani “qatiq”ni yaxshilab aralashtiring. Bir stakan suv ilova etib, aralashtirishni davom ettirishingiz lozim. Pishgan guruchning issiq suvidan bir necha cho'michni asta-sekin qatig’li aralashmaga ilova etib, issig’ini sal ko’taring. Ortidan qatig’li aralashmani asta-sekin guruchga ilova etib, aralashtirishni yana davom ettiring. Qaynay boshlaganidan keyin yana 10 daqiqa pishiring va o’choqning tagini o’chiring. Kichik tovada sariyog’ni qizitib, ustiga quritilgan palvizlarni sepishingiz mumkin. Atigi 30 soniya pishirgach, sho’rvaga qo’shishingiz mumkin. Yoqimli ishtaha.

 



Aloqador xabarlar